0,6
V) bilmadim, menimcha, bunday spektakllarning foydasi kam
|
6,2
|
G) yo`q, diniy aqidaparastlarni faqat kuch bilan engish mumkin
|
4,4
|
D) boshqa javoblar
|
8
|
«Boshqa javoblar»ni ko`rsatganlar «bunday spektakllarni ko`proq ko`rsatish ta`sir qilishi mumkin», «qishloqdagi yoshlarga ko`rsatish lozim», «engish uchun ham kuch, ham siyosat bo`lishi kerak», «aqidaparastlarni yo`q qilib tashlash kerak», «spektakl’ insonning ruhiyatiga ta`sir qiladi», «Vatan tuyg`usini bolalikdan shakllantirish kerak», «spektaklning yordamini amalda ko`rishni istardim», «afsuski, hammada ham spektaklni ko`rish imkoniyati yo`q», «aqidaparastlar-tirik murda, ularning joyi jamiyatdan yashirin joyda», deb yozganlar.
«Nazirjonning (aqidaparastlarga qo`shilib qolgan bosh qahramon) ahvoliga tushib qolmasligingizga ishonasizmi?» degan savolga talabalar shunday javob berishgan:
Javoblar
|
Foiz
|
A) ha, ishonaman, men hech qachon Nazirjonning ahvoliga tushib qolmayman
|
8,11
|
B) yo`q, unchalik ishonmayman, Nazirjonning ahvoliga tushib qolishdan qo`rqaman
|
4
|
V) bilmayman, hamma narsa bo`lishi mumkin
|
7,6
|
G) boshqa javoblar
|
7,3
|
«Boshqa javoblar» «boshqalarni ham qaytarishga harakat qilaman», «har bir yoshning o`ziga bog`liq, o`ylab ish qilishi kerak», «Xudo yo`ldan adashtirmasin», «Xudo imon bersin», «tushib qolmaslikka astoydil harakat qilaman», «bunday tadbirlar tez-tez o`tkazilib turilsa, diniy ekstremistlar safiga yoshlarning qo`shilib qolishlarining oldi ancha olingan bo`lar edi», «bu haqda o`ylab ham ko`rmagan ekanman», «Mafkuraviy bo`shliq yoshlarni shu kuyga tushirib qo`yadi», «mening yo`lim boshqa», «ishonmayman-u lekin I-kursdagi ongim, dunyoqarashim o`zgarmay qolganida kirib qolishim mumkin edi», «men o`z yo`lim, milliy mafkuramdan qaytmayman», «bu yo`lga kirishga majburlasalar ham, o`limni afzal ko`raman», «spektaklni ko`rganimdan keyin bu ahvolga tushmasligimga amin bo`ldim», «bu holatga tushmaslik uchun, avvalo katta avlod vakillari bizni to`g`ri yo`lda tarbiyalashsin», «hayol surib yurgan aqidaparastlarni Moliya institutining Moliya fakul’teti 1-kursiga yuboring, o`zimiz adabini berib qo`yamiz» kabi javoblar yozilgan.
Spektakl’ yoshlarga kuchli ijobiy ta`sir qilganini ularning qo`shimcha tarzda anketa chetlariga yozib qo`yilgan, spektakl’ qahramonlariga bildirilgan yozma tasalli so`zlardan, spektakl’ uchun minnatdorchilik maktublaridan ham bilsa bo`ladi. Yozuvlar orasida «bugungi spektakldan xulosa shuki, biz bunday illatlarga qarshimiz», «zal to`lmaganidan hafaman», «vaqtim bekorga ketmadi, bundan mamnunman», «bu spektakl’ ayniqsa, viloyatlardan kelganlarga saboq bo`ladi», «yoshlar mustaqil O`zbekiston tinch bo`lishi uchun xizmat qilishsin» kabi so`zlarni uchratish mumkin. Quvonarlisi shundaki, ba`zi anketalarning tepasiga «Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak», «O`zbekiston-kelajagi buyuk davlat», «Ogohlik-muqaddas burch» kabi so`zlar yozilgan.
YUqoridagilardan ko`rinib turibdeki, badiiy obrazlar orqali milliy g`oyani targ`ib qilish, yot mafkuralarga qarshi kurashish samarali va ta`sirchan usul hisoblanadi. Milliy g`oyaning targ`ibotiga sarflangan mablag` qisqa vaqtda moddiy boylik keltirmasligi mumkin, lekin hozirda bu sohaga sarf-xarajatni kamaytirish, millat sifatida bizni ertangi mislsiz yo`qotishlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun biz uning doimo samaradorligini oshirish yo`llari to`g`risida o`ylashimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |