O’qitish samaradorligiga erishishning asosiy masalalari
Milliy istiqlol g’oyasining mazmun-mohiyati, tushuncha va tamoyillarini o’rganishga kirishishda, doimo shuni na-zarda tutish joizki, har qanday g’oya siyqalashtirilsa sal-biy natijalarga olib kelishi, oqibatda qadrsizlanishi ta-rixda ko’p marta isbotlangan. Shuning uchun milliy istiqlol g’oyasining hayotbaxsh jihatlarini, xalqni birlashtiradigan tarixiy rivojlanishning qonuniy hosilasi ekanligini ta-labalarga me’yoriy tarzda tushuntirish muhimdir.
O’qitish jarayonida va mashg’ulotlardan tashqari tadbir-larda mamlakatimiz mustaqilligi davri tarixidan, bundan tashqari, bevosita kundalik hayotdan, zamondoshlarimizning yaratuvchilik faoliyatidan, qo’lga kiritayotgan yutuqlaridan misollar keltirish bilan yoshlarni fanga qiziqishini ta’-minlashga erishish mumkin. Bunda ommaviy axborot vosita-lari xabarlari, joylardagi urush va mehnat faxriylari, taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar hamda o’qitishning yangi texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
«Milliy istiqlol g’oyasi» fanini o’qitish bo’yicha to’plan-gan tajribalar shundan dalolat bermoqdaki, ilgari sobiq ittifoq davrida amalda bo’lgan mafkuraviy tamoyillar, mashg’ulotlar olib borish usulidan endi butunlay voz kechish darkor. Demak, zamonaviy tafakkur metodologiyasi, ilg’or pedagogik usullardan foydalanish zarur. Prezident I.A.Ka-rimov ta’kidlaganidek, «Har bir fuqaroni yagona Vatan baxt-saodati uchun doimiy mas’uliyat sezib yashashiga chorlash aso-siy vazifalardandir».
Demak, g’oya aniq maqsadga xizmat qilishi hamda uning paydo bo’lgan joyi va vaqti, tashuvchilarining maqsad-muddalar ham o’zlashtiriladi. Shuning uchun bu sohaga oid bilim-larni aholining barcha qatlamlarini ma’rifatli qilish, birinchi navbatda, yosh avlodni tarbiyalash vazifasini ado etishga yo’naltirish zarur.
Falsafa va umumgumanitar fanlarning muhim vazifala-ridan biri respublikamiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarni, xalq turmushida ro’y berayotgan o’zgarishlarni keng, teran tahlil etish yo’li bilan yoshlarning ruhiy-ma’naviy olamida g’oyaviy bo’shliq yuzaga ke-lishiga yo’l qo’ymaslikdir. Bu fanlar yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg’ularini shakllantirishi hamda ular-ni ma’naviy barkamol, mustahkam irodali va sog’lom fikrlov-chi kishilar bo’lib kamol topishiga xizmat qilishi darkor.
Ma’lumki, har qanday g’oya insonlarning muayyan manfaa-ti va maqsadi asosida yuzaga keladi. Ayni paytda, g’oyaning mazmun-mohiyati shakllanishi va rivojlanishida falsafa aso-siy o’rin tutadi. Ya’ni, shaxs, ijtimoiy guruh yoki toifalar-ning g’oyalari jamiyat mafkurasiga aylanishi uchun u, albatta, ilmiy-nazariy va metodologik jihatdan asoslanishi zarur. Bu vazifani aynan falsafa bajaradi. G’oya va mafkurani fal-safiy asoslash deganda, inson, guruh, jamiyat yoki millat maqsad-muddaolarini ruyobga chiqarish yo’lidagi faoliyatni ij-timoiy taraqqiyot qonuniyatlariga mos yoki zid kelishi ko’rsa-tib berilishi tushuniladi. Binobarin, g’oya va mafkura falsa-fiy asoslansagina, jamiyatdagi kishilarni, turli ijtimo-iy-siyosiy guruh va toifalarni birlashtirib, ular faoliyati-ni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkin. Shuning uchun g’oya va mafkurani falsafadan ajratib bo’lmaydi.
Falsafa fanida milliy istiqlol g’oyasiniig turli ji-hatlarini dunyoqarash va metodologiyaning dolzarb muammo-lari tahlili orqali bayon etish mumkin. Bunyodkor g’oyalar, odatda qalbi pok, irodasi mustahkam, xalqning muammola-rini tushunib yetadigan, uning orzuumid va maqsadlarini ifodalagan kishilar tomonidan davr chaqirig’iga javob tari-qasida ilgari suriladi.
Gnoseologiya nuqtai nazaridan g’oya insonning o’zini ang-lash va hodisalar dunyosini bilish mohiyatlarining ichiga kirib borishini anglatadi.
Mafkuraning falsafiy tahlili shundan dalolat bera-diki, ikki xil, ya’ni faoliyatdagi g’oya sifatida uzoqqa
mo’ljallangan maqsad va vazifalar tarzida («Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz») hamda muayyan ijtimoiy guruhlar manfaatlarini himoya qilishning nazariy asosi sifatida qaraladi.
Darhaqiqat, milliy istiqlol g’oyasi dunyoni his etish, dunyoni anglash, dunyoni tushunish, hayratlanish darajala-rida ham qarab chiqilishi mumkin. Milliy tillar ahamiyati to’g’risida gapirganda ham istiqlol g’oyasi masalalarining ma’lum jihatlari qamrab olinadi.
Falsafaning boshqa muammolarga bag’ishlangan qismlarida ham milliy istiqlol g’oyasining ko’pgina qirralari ochiladi. Jumladan, fanning zamonaviy yutuqlaridan foydalanib, is-tiqlol g’oyasining milliy tamoyillari ko’rsatilishi mumkin.
Shuningdek, milliy falsafa masalalari qarab chiqil-ganda, dunyo hamjamiyatida O’zbekistonning, o’rni, mamlaka-timizda barpo etilayotgan jamiyatning o’ziga xos jihatlari, rivojlanishning o’zbek modeli mohiyati va boshqa qator ma-salalar yoritiladi.
Vatan tarixini o’rganish talabalar ongi va qalbiga mil-liy istiqlol g’oyalarini singdirishning o’rni va ahamiyati kattadir. O’qitiladigan har bir mavzu milliy istiqlol g’oyasi bilan bevosita bog’liqdir. Kirish qismidayoq ma’lum bo’ladi-ki, mustamlakachilik davrida xalqimiz tarixi soxtalashti-rilgan, begona g’oyalar asosida yoritilgan, kommunistik maf-kuraning tashviqotchisiga aylantirilgan edi. Endigi vazifa Vatanimiz tarixini xalqimiz manfaati, milliy istiqlol g’oyasi qoida va tamoyillaridan kelib chiqan holda o’rgatishni tashkil etish lozim.
O’zbekiston tarixi fanida Birinchi Prezident I. A.Karimovning «tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanini nazarda tutishimiz kerak! Xotirasiz barkamol inson bo’lmaga-ni singari, o’z tarixini bilmagan xa.lqning kelajagi ham bo’lmay-di». «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q», «Tarix saboqlari in-sonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mus-tahkamlaydi», degan nazariy qarashlari talabalarga singdiriladi.
Mustaqillik davriga qadar yaratilgan tarixiy asarlar, o’quv qo’llanmalarida «O’zbek xalqi Ulug’ Oktyabr inqilobi g’alabasi natijasida ilk bor o’zining milliy davlatchiligini ko’rish imkoniga ega bo’ldi» degan soxta gaplar yozilgan. Prezident Islom Karimov bu o’ta jiddiy masalaga e’tibor qara-tib, «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida shunday deb yozadi: «Uzbekistonda davlatchilik bo’lmagan deb, orqavarot-dan tashviqot yuritayotgan, kerak bo’lsa, shu fikrni ongimiz-ni singdirmoqchi bo’layotgan, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g’alamis-larning orasida qanday qilib bo’lsa ham bizni yana sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar yo’q deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yoritishdir»1.
Xalqimizning o’zligini anglashi, avlod-ajdodi kimligi, nasl-nasabini bilishida sovet tarixnavisligi o’zbek xalqi ta-rixini XVI asrda O’rta Osiyoni bosib olgan Dashti Kipchoq xon-lari tarixi bilan bog’lab yoritish va o’sha zamonda o’zbek nomi paydo bo’lgan deb ko’rsatishning xatoligi bugun barchaga sir emas. Shunday ekan, turkiy tilli xalqlarga mansub bo’lgan o’zbek xalqining avlod-ajdodlari qadim zamonlardayoq O’rta Osiyo hudu-dida yashaganligini, o’zbek xalqi bir necha ming yillik tarixga ega ekanligini unutmaslik lozim. Bu o’rinda Prezident Islom Karimovning «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixning tag-tomirlarigacha nazar tashlaymiz» degan so’zlarining ma’no-mazmunini talabalarga tushuntirish zarur.
1X-XI asrlarda O’rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan Uyg’onish davri, fan va madaniyat ravnaqi to’g’risida gapi-rilganda, ajdodlarimiz orasidau yetishib chiqqan al-Xoraz-miy, Imom al-Buxoriy, al-Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Mahmud Қoshqariy, Ahmad Yassaviy va boshqa allo-malarning ilmiy-ma’naviy merosini tushuntirish, yoshlarda ilm-fanga intilish hissiyotlarini shakllantirish zarur. Zero ajdodlarimiz yaratgan buyuk ilmiy-ma’naviy meros yoshlar uchun ibrat maktabidir.
Jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilganidek, Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan xalqaro maydonda Sohibqiron Amir Temur o’zining munosib o’rnini topdi, uning tarixiy xizmati qayta tan olindi. Amir Temur o’gitlari yoshlarimizni milliy o’zlikni anglashga, uning nomi va mero-si bilan faxrlanishga, buyuk o’zbek an’analarining munosib davomchilari qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Turkistonning xonliklarga bo’linib ketish sabab va oqibatlari haqida to’xtalganda, uning XUP-X1X asrlar ta-rixi misolida odamlarning urug’chilik, mahalliychilik bel-gilari orqali bo’linib ketishi, ular o’rtasidagi o’zaro ke-lishmovchilik, nizo, urushlar butun mamlakat, xalqning parchalanishiga, zaiflashishiga olib kelgani ko’rsatiladi.
O’zbekistonda qariyb 130 yil davom etgan mustamlakachi-lik davriga doir mavzularda xalqimizning mustamlakachi-lik zulmidan ozod bo’lishi Vatan hurligi uchun olib boril-gan kurash misolida talabalarda avlodlarni qadrlash hissi shakllantiriladi. O’zbekistonga begona g’oya kirib kelgani, shovinistik siyosat yuritilgani, aholiga «bolshevizm»g’oyasini singdirish borasidagi urinishlar va ularning xunuk oqibatlari tushuntiriladi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda boshlangan ma’rifatchilik harakati milliy istiqlolning tarixiy-ma’naviy ildizlari hisoblanadi. Bugun O’zbekis-tonda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy yuksalish u bilan o’zaro hamohangligi yoritiladi.
O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritilishining amalda tiklanishini yoritishda milliy mustaqillik xalqi-mizning asriy orzusi ekanligi, nihoyat, XXI asr bo’sag’asida shu muqaddas orzu ro’yobga chiqqanligi, jahon xaritasida yana bir mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi tashkil top-ganligi tushuntirilib, ularda milliy iftixor, milliy g’urur g’oyalari shakllantiriladi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda amalga oshiril-gan demokratik islohotlar, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, milliy va diniy qadriyatlarimizning hamda boy ma’naviy merosimizning tiklanishiga doir tari-xiy yutuqlarimiz aholining barcha qatlamlarida g’urur, if-tixor hissini shakllantiradi, ularni «elim deb, yurtim deb» yonib yashashga da’vat etadi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi, xal-qaro muammolarni bartaraf etish borasida sa’y-harakatla-ri, xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikning yo’lga qo’yilishi va milliy rivojlanish masalala-riga bag’ishlangan mavzularda ham yoshlar ongiga milliy is-tiqlol g’oyalari singdiriladi.
O’zbek tili va adabiyoti bo’yicha milliy istiqlol g’oyasini talabalarga singdirishda milliy g’oya tarixidan maxsus ma’-ruzalar o’tish vaqtida milliy mafkuraning tarixiy-ma’na-viy ildizlarining yuzaga kelishi jarayoniga e’tibor berish lozim. Bunda qomusiy siymolar faoliyati va merosida aks etgan milliy istiqlol g’oyasi bilan bog’liq hodisalarni alohi-da ta’kidlash zurur. Masalan, Alisher Navoiy ijodini bu-nyodkorlik g’oyalari asosida tushuntirish mumkin. Ushbu yo’na-lishda XX asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik hara-kati va uning namoyondalari tomonidan milliy istiqlol ma-salasining kun tartibiga qo’yilishi hamda uni amalga oshi-rishning dastur-yo’nalishlari ishlab chiqilganligiga ahamiyat qaratish lozim. O’tgan asrning 20-30 yillarida sho’rolar tomo-nidan milliy istiqlol tarafdorlari bo’lgan jadidchilik va boshqa taraqqiyparvar kuchlarning qatag’on qilingani hamda uning xunuk oqibatlari haqida ma’lumot berilishi kerak.
Milliy tuyg’uni xalqqa singdirmay turib, milliy is-tiqlol g’oyasini anglatib bo’lmaydi. Shunday ekan, milliy tuyg’uni shakllantirishda adabiyot va san’atning imkoniyat-laridan keng foydalanishni aslo unutmaslik zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |