10-mavzu: “Milliy istiqlol g`oyasi” fanining ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida tutgan o`rni va ahamiyati.
Reja:
Milliy istiqlol g`oyasining e`tiqodga aylanishida falsafa hamda umumgumanitar fanlarning o`rni.
Ijtimoiy siyosiy fanlarning g`oyaviy salohiyatidan to`laroq foydalanish zarurati.
Istiqlol g`oyasini o`zlashtirish monitoringi mezonlari.
Oliy ta`lim tizimida o`qitish texnologiyasi: mazmun-mohiyati, tuzilmasi va tasnifi.
«Milliy istiqlol g’oyasi» fanining ijtimoiy-siyosiy fanlar tizimida tutgan o’rni va ahamiyati
«Milliy istiqlol g’oyasi» fanini o’qitish talab daraja-sida bo’lishi uchun uning boshqa uquv fanlaridan (masalan, «Ma’naviyat asoslari», «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti», «Vatan tarixi», «Siyosatshu-noslik» va b.) farqini, o’ziga xos xususiyatlarini nazardan qochirmaslik lozim. Bunda shaxsning individualligi, unyng turmush tarzi, tili, ma’naviy darajasi hamda umuminso-niy qadriyatlarga nisbatan yondashishi, nihoyatda, muhim hisob-lanadi. Ta’kidlash joizki, fuqarolarda milliy istiqlol g’oyasi tamoyillarini o’zlashtirish silliq kechayotgan jarayon emas. Bu hol ta’limning turli bosqichlarida hisobga olini-shi kerak, ya’ni pedagog xodimlar milliy istiqlol g’oyasi-ning mohiyati, mazmuni va ahamiyatini chuqur anglashlari, uni o’qitishning zamonaviy texnologiyalarini to’la o’zlash-tirgan bo’lishlari zarur.
"Milliy istiqlol g’oyasi" fanini o’qitishda erishilgan dastlabki tajribalarni hisobga olib, bu borada eng zarur umumiy jihatlar haqida to’xtalish lozim.
Birinchidan, umumnazariy jihatdan yondashilganda bar-cha taraqqiy etgan etnoslarda milliy g’oya fenomeni umumiy qadriyat sifatida namoyon bo’lgan, birlashtiruvchi, uyushti-ruvchi vazifalarni bajargan. «Amerika g’oyasi», «rus g’oyasi», «olmon g’oyasi», «yapon g’oyasi» va hokazolar o’sha xalqlar tari-xida qanday rol o’ynaganligini bunga misol qilib kelti-rish mumkin.
Ikkinchidan, jahon xalqlari tyfakkuri g’oyashunosligida erishilgan tajribalarni ijodiy o’zlashtirish uchun milliy tafakkurda shakllangan bilimlarga tayanish kerak. Chunki mil-liy istiqlol g’oyasi istiqlolni himoya qilishi, mustahkamla-shi va rivojlantirishi hamda mamlakat sha’ni, shuhratini xalqaro hamjamiyatda munosib o’ringa ko’tarish, shuningdek, fuqarolarni birlashtirib, ezgu maqsad sari boshlab borishi lozim bo’lgan nazariyadir.
Uchinchidan, bunda Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlariga taya-nish va ularni o’rganish jarayonida ilgari surilgan g’oyalar mamlakat oldida turgan asosiy vazifalarni hal etishda das-turulamal bo’lishini nazarda tutish lozim. Ma’lumki, IA.Karimov asarlari nafaqat ijtimoiy jarayonlarning o’zbek modeli to’g’risidagi g’oyalarni, balki xalqaro munosabatlar, min-taqaviy xavfsizlik masalalarini ham yoritgani bois, ular-da ilgari surilgan qoidalar xalqaro jamoatchilik tomoni-dan e’tibor bilan kutib olinmoqda.
To’rtinchidan, kutilgan natijaga erishish uchun mamlaka-timizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy islohotlarga tayanish va ularning natijalaridan zarur dara-jada foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Beshinchidan, o’zbek xalqining qadimiy yozma va og’zaki adabiyoti namunalari (asotirlar, ertaklar, dostonlar)dan foydalanib, istiqlol g’oyasining tarixiy negizlarini o’rga-nish va asrab-avaylash, shuningdek, ulug’ o’tmishdoshlarimiz hayotidan o’rnak olishga arziydigan misollardan foydala-nish lozim.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, tarixiy haqiqatni o’rga-nish jarayonida bir tomonlama noto’g’ri tasavvur hosil bo’li-shidan saqlanish lozim. Ma’lumki, keyingi bir necha asrlar davomida yurtimiz hududida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy inqirozlar natijasida IX-XV asrlarda hamda buyuk Amir Temur bobomiz va temuriylar davrida yuksak taraqqiyot bosqichlariga ko’tarilgan madaniyat, ilm-fan rivoji tanaz-zuli yuz berdi. Milliy ma’naviyatimiz avvaliga aqidaparast-lik, xurofotchilik, keyinroq esa mustamlakachilik qurboni-ga aylandi. Uzoq yillar mobaynida o’tmishimiz soxta mafku-raviy mezonlar asosida o’rganildi.
Shu bois, mazkur holatni mushohada etishda «o’ta ilmiy yondashish» yoki haddan ortiq formal mantiqqa zo’r berish kerak emas. Bu har bir o’qituvchi, murabbiy, ma’ruzachi va amaliy mashg’ulot olib boruvchidan hayotni chuqur bilish, yutuq va kamchiliklarni teran anglash va tahlil etishni talab qiladi.
Ma’lumki, pedagogikada o’qitishni bir qolipga solib qo’ymaslik doim uqtirib kelinadi. Chunki bu ong va tafakkur rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Holbuki, yoshlarda fikr va qarashlar xilma-xilligiga erishish o’qitishdan ko’zlagan asosiy maqsadlardan biridir. Prezident I.A.Karimov ta’kid-laganidek, yoshlarda erkin va mustaqil fikrlashni shakllan-tirishda insonparvarlik, adolatparvarlik g’oyalari ruhi bilan sug’orilgan ma’naviy tamoyillarga tayanish lozim. Bu g’oyalar jamiyat rivojlanishining asosiy omili ekanligini yoshlar ongiga singdirishga erishish zarur. Buzg’unchi, vayronkor g’oyalar ta’siri kuchayishi esa barcha davrlarda ham halokatli oqibatlarga olib kelganligini alohida ta’kidlash lozimdir.
Mustaqillik buyuk ne’mat ekanligini yoshlar anglab yeti-shi, milliy g’oya ularning ezgu e’tiqodiga aylanishi uchun o’tgan vaqt davomida erishilgan yutuqlar hayotiy misollarda ko’rsatilishi o’ta muhimdir. Ayni paytda, mavjud muammo-larni ham atroflicha tahlil etish lozim. Chunki buning sa-bablarini bilish va ularni hal etish uchun to’g’ri hamda zarur xulosalar chiqarish mamlakat kelajagiga ishonch bilan qarash tuyg’usini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |