Uslubiy majmua. Toshkent: tdtu, 202, 202 bet


CAD – Computer Aided Design (avtomatlashtirilgan chizish, modellashtirish); CAM



Download 19,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/148
Sana31.12.2021
Hajmi19,16 Mb.
#263544
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   148
Bog'liq
O'UM

CAD – Computer Aided Design (avtomatlashtirilgan chizish, modellashtirish);
CAM
– Computer Aided Manufacturing (ishlab chiqarishga texnologik
tayyorlash);
PDM – Product Data Management (loyiha axborotlarini boshqarish);
ERP – Enterprise Resource Planning (rejalashtirish va korxonani boshqarish);
MRP-2 – Manufacturing (Material) Requirement Planning (ishlab chiqarishni
rejalashtirish);
MES – Manufacturing Execution System (ishlab chiqarishni bajarish tizimi);
SCM – Supply Chain Management (ta’minotlar zanjirini boshqarish);
CRM – Customer Relationship Management (buyurtmachilar bilan aloqalarni
nazorat qilish);
SCADA – Supervisory Control and Data Acquisition (ishlab chiqarish tizimlarini
yuqoridan boshqarish);
CNC – Computer Numerical Control (kompyuter orqali boshqarish);
S&SM – Sales and Service Management (savdo va xizmatni boshqarish);
CPC – Collaborative Product Commerce (birlashgan mahsulot tijorati-biznesi).
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini joriy qilish bilan loyihalashtirish
jarayonining mazmuni o‘zgarmaydi, shunga qaramay loyihalovchining faoliyati
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimining tadbiq qilinishi bilan o‘zgaradi. Sababi
ishlab chiqaralayotgan mahsulotning avtomatlashtirilgan varianti operator va
EHMning o‘zaro mos munosabatda bo‘lishi talab etiladi. Bu esa ish surati va
loyiha sifatini oshirishni ta'minlaydi. Avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonida
operatorga ijodiy funksiyalar yuklanadi. Bulardan biri asosiy yechim variantini
tanlashdir. Bu funksiyani formallashtirish qiyin. Bu yerda konstruktorning


13
malakasi va talanti asosiy rol o‘ynaydi. EHMga esa og‘ir va murakkab bo‘lgan
ishlarni bajarish topshiriladi. Ularning asosiy ko‘rinishlarini ko‘rsatib o‘tamiz:
-loyihalovchiga kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni mashina arxiviga yig‘ish va saqlash;
-ishlatuvchi talab qilganda axborot ma'lumotlarni qidirish va berish;
-muhandis yaratadigan texnikaviy, konstruktorlik hujjatlarni tahrir qilish;
-grafikaviy hujjatlarni avtomatik ravishda chizish;
-ba'zi bir xususiy algoritmlashgan misollarni yechish, bunday misollar mahsulotni
ALT yordamida loyihalashda keng qo‘llaniladi;
-berilgan parametrlar asosida prinsipial sxemaning u yoki bu qismini
modellashtirish;
-konstruktorlash bosqichida elementlarni joylashtirish va bog‘lash;
-yuritmalar va qismlarning issiqlik rejimini hisoblash va h.k.
Hozirgi kunda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida zamonaviy
CAD/CAE/CAM tizimlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Mashinalarning ish
xarakteristkalariga bo‘lgan talab yildan yilga murakkablashib bormoqda, bu esa
ularning konstruktiv o‘zgarishiga olib boradi. Tezkor prototip olish, detallarning
3D modellarini hosil qilish, ularni mustahkamlikka sinash loyihalashning asosiy
vazifasi hisoblanadi. Hozirgi kunda bu vazifalarni CAD/CAE/CAM tizimlarisiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu tizim o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan uchta tizimdan
tashkil topgan.
CAD – inglizchadan “computer-aided design”, “computer-aided drafting
(CAD)” yoki “computer-aided design and drafting (CADD)”, ya'ni kompyuter
yordamida loyihalash, kompyuter yordamida chizish degan ma'nolarni bildiradi.


14
2.1-2.11-rasmlarda T-FLEX CAD 3D tizimida ichki yonuv dvigatelini
loyihalash (modellashtirish) bo‘yicha 3D modellari keltirilgan.
2.1-rasm. Porshenning ishchi chizmasi va uning 3D modeli
2.2-rasm. Tirsakli valning 3D modeli
2.3-rasm. Taqsimlash valining 3D
modeli


15
2.4-rasm. Porshen guruhi detallarining
3D modeli
2.5-rasm. Shatun guruhi detallarining
3D modeli
2.6-rasm. Gaz taqsimlash
mexanizmi uzatmasi uzellarining 3D
modeli
2.7-rasm. Klapan uzellarining 3D
modeli


16
2.8-rasm. Krivoship-shatun
mexanizmi yig‘ma holatda
2.9-rasm. Krivoship-shatun
mexanizmi qismlarga ajralgan
ko‘rinishda
2.10-rasm. Taqsimlash vali uzatmasisiz
gaz taqsimlash mexanizmi
2.11-rasm. Krivoship-shatun mexanizmi
va gaz taqsimlash mexanizmi
taqsimlash vali uzatmasi bilan
birgalikda
CAD tizimining asosiy vazifasi detal haqida ma'lumotlar bazasini yaratish,
uning texnik tavsifini tayyorlash va uning ishchi chizmasini biror bir amaliy paket
dasturida yaratish hisoblanadi.
CAE – inglizchadan “computer-aided engineering”, “computer-aided
analysis (CAA)”, “computer-integrated manufacturing (CIM)”, “material
requirements planning (MRP)” va “computer-aided planning (CAP)”, ya'ni
kompyuter yordamida muhandislik ishlarini bajarish, materiallarni
mustahkamlikka tekshirish, tahlil qilish va sinash degan ma'nolarni anglatadi.


17
Ushbu tizim yaratilgan detal chizmalari yoki modellari asosida uni
mustahkamlikka tekshirishi yoki barcha tahliliy amallarni amaliy paket dasturlari
yordamida tekshirishi mumkin. 2.12-2.14-rasmlarda ichki yonuv dvigateli
detallarida haroratning taqsimlanishi amaliy paket dasturida tahlil qilish keltirilgan.
2.12-rasm. Ichki yonuv dvigateli detallarida haroratning taqsimlanishi
2.13-rasm. Ichki yonuv dvigateli porshenining deformatsiyalanish holati


18
2.14-rasm. Porshenda ekvivalent kuchlanish amplitudasining taqsimlanishi
CAM – inglizchadan “computer-aided manufacturing” kompyuter
yordamida ishlab chiqarish bo‘lib, u “numerical control (NC)” chiziqli boshqaruv
tizimlarida tashkil topgan. Uning asosiy vazifasi detallarni ishlab chiqarish
davomida deyarli barcha operatsiyalarni inson omilisiz bajarishni taqozo qiladi.
2.15-rasm. CAM tizimida detalga mexanik ishlov berish
Dasturiy tizim orqali boshqariladigan dastgohlar, stanoklar, shtamlash
dastgohlari, mexanik ishlov berish qurilmalari bu tizimning ajralmas bo‘lagi
hisoblanadi. 2.15-rasmda kompyuter yordamida boshqariladigan dastgoh bilan
detal zagotovkasiga mexanik ishlov berish sxemasi keltirilgan. Dastgohning kesish
qismi berilgan koordinatalar orqari harakatlanib detalga shakl beradi.
Hozirgi kunda CAD/CAE/CAM tizimlarning dasturiy ta'minotlari rivojlanib
bormoqda. Loyihalashdan to ishlab chiqarish texnologik jarayonini boshqaradigan
amaliy paketlardan CATIA, Unigrafic, T-flex, Adams, ProEngineering,
SolidWorks, SolidEdge, AutoCAD va boshqa dasturlarni misol qilib keltirish
mumkin. Umuman olganda ushbu tizim yordamida loyihalash inson mehnati
samaradorligini bir necha borabar ortishiga sabab bo‘ladi.


19
Xalqaro analitiklarning fikricha hozirgi zamon ishlab chiqarishida
muvaffaqiyat qozonishning asosiy omillari bu: bozorga mahsulot chiqarishga
ketadigan vaqtning qisqarishi, mahsulot tannarxining pasayishi va sifatning
oshishidir. Bunday talablarga javob bera oladigan texnologiyalar qatorida
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) kiradi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) keng qamrovli tushuncha
bo’lib, uni faqat chizmani avtomatlashgan tizim asosida loyihalash deb
tushunmaslik kerak. Bugungi kundagi fan va ishlab chiqarishning tezkor suratdagi
rivojlanishi ALTni uch bosqichdan iborat tizim sifatida o’rganishni va ishlab
chiqarish jarayonida ham uch bosqichni qo’llashni taqozo etadi. Bu bosqichlar
ingliz tilida CAD (computer aided design), CAM (computer aided manufacturing)
va CAE (computer aided engineering) deb nomlanadi.

Download 19,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish