Hisoblash muhandisining AIJ Muhandislik tahlili uchun kuchli dasturiy paket loyihalovchining ish joyida
qo'shimcha bo'lishi kerak (bu sohada etakchi ANSYS Design Simulation dasturiy
paketidir). Bunday dasturiy paketdan foydalangan holda modellash bizga ish
paytida detal yoki yig'ma birliklarning xatti-harakatlarini tushunish, shuningdek,
loyihalash jarayonida yuzaga keladigan savollarga javob olish imkonini beradi:
• detal belgilangan ekspluatatsion yuklanishga bardosh beradimi yoki yo'qmi?
• yuklanish paytida deformatsiyalar ruxsat etilgan qiymatdan oshib ketadimi?
• tabiiy tebranishlarning qiymati qanday bo'ladi?
• harorat va termik kuchlanishlarning tarqalishi qanday bo'ladi?
• bu detal uchun eng maqbul (optimal) shakl qanday?