ALT – ochiq va rivojlanuvchi tizimdir. ALT vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi
tizim bo‘lishi kerakligiga kamida ikkita sabab bor. Birinchidan, ALT kabi
murakkab ob’ektni ishlash uzoq muddatni egallaydi, shuning uchun ALT
tizimining qismlari tayyor bo‘la borgani sari ularni ekspluatatsiyaga kiritish
iqtisodiy nuqtai nazardan foydalidir. Ekspluatatsiyaga kiritilgan tizimning bazaviy
varianti keyinchalik kengaytirib boriladi. Ikkinchidan, hisoblash texnikasi va
hisoblash matematikasining doimiy progressi yangi, ancha takomillashgan
matematik modellar va dasturlar paydo bo‘lishiga olib keladi, ular eskirgan,
samaradorligi kam bo‘lgan analoglar bilan almashtirishi kerak. Shu sababli ALT
ochiq tizim bo‘lishi, ya’ni yangi metod va vositalarni ulash qulay bo‘lgan
qobiliyatga ega bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |