III. Laboratoriya qurilmasining tasviri (1.1-rasm).
Qurilma bosimli bak 1 va har-xil kesimli quvur 2 dan iborat. Bak 1 tashqi quvurdan jumrak 5 orqali to'ldiriladi. Oqova nov 4 yordamida bak 1 dagi suvning sathi bir tekisda ushlab turiladi. Bu esa suvning quvurda barqaror harakat qilishini ta'minlaydi.
1.1- rasm. Laboratoriya qurilmasining tasviri.
Quvur 2 da suv sarfi o'zgarishi jumrak 6 orqali rostlanadi. Bak 1 ga va quvur 2 ga p'ezometrlar 3 ulangan. P'ezometrlarning 0 nuqtasi quvur 2 ning o'q kesimiga to'g'rilangan. Suvning sarfini hajmiy usulda, maxsus darajalangan idish 7 yordamida sekundomer orqali o'lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |