3-O‘QUV SAVOLI. TA’MIRLASH BO‘LINMALARINING HUDUDDA JOYLASHISHI VA JANGDA KO‘CHISH TARTIBI.
Qismlarning ta’mirlash bo‘linmalari odatda front orti hududida artilleriya qurol aslahalari ombori yoki shikastlangan mashinalarni yig‘ish punkti (SHMYP, SPPM) yaqinida yoyiladi. Hududni muhandislik jihozlamasdan yig‘ishning belgilangan vaqti 50-6g‘ daqiqani tashkil etadi.
Qism qurol-aslahalarini ta’mirlash batareyasining yoyilish uchun zarur maydon 0,6 gektarni tashkil etadi. Qism qurol-aslahalarini ta’mirlash vzvodi uchun 0,2 gektarni tashkil qiladi.
YOyilish hududida quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak:
- o‘lchami va qulayliklari bo‘yicha ko‘chma ustaxonalar va qurol-aslahalar joylashuvi uchun etarli maydonning mavjudligi;
- mashinada keltirish va evakuatsiya yo‘llarining mavjudligi;
- qurol-aslahalarni ko‘chma ustaxonalar va shaxsiy tarkibni panalash va niqoblash uchun hudud imkoniyatlaridan foydalanish;
- ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlari uchun suv manbalarining mavjudligi;
- imkon qadar kam kuch sarflab qisqa muddatda muhandislik jihozlash imkoniyatlari borligi;
- qo‘riqlash va mudofalanishning qulayliklari.
Ta’mirlash organlarini yoyishda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
- ta’mirlash fondining bo‘linmalar pozitsiyalaridan 200-300 m uzoqlikda maxsus ishlov berish maydonchasini ko‘zda tutish;
- qurol-aslahalarni ta’mirlash, ta’mirlash fondi va ta’mirlangan qurol aslahalarni joylashtirish maydonchasini ko‘zda tutish;
- maxsus va transport avtomobillar, tirkamalar va chodirlarni bo‘linmalar bo‘yicha guruhlash;
- bunda imkon qadar manyovrsiz chiqish yo‘llariga erkin chiqishni ta’minlash;
- avtomobillar, tirkamalar va chodirlar hududining himoya xususiyatlaridan foydalanib tarqoq joylashtiriladi;
- chodirlardan kamida 10 m uzoqlikda ko‘chma eletrk stansiya va payvandlash agregatlari yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylashtiriladi;
- 4,5x4,5 m li chodirlarni qisqa tomonlarini ir-biriga tirab joylashtirish mumkin;
- yoz davrlarida chodirlarni yig‘ishda yorug‘lik niqoblanish talablari ta’minlash bilan faqat tashqi belgilar osish mumkin;
- elektr stansiyalar iste’molchilar joylashuvi o‘rtasida o‘rnatiladi.
Ustaxonalarni yoyish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- maydonchalarni tozalash, maxsus avtomobillar va tirkamalar joylariga quyiladi;
- maxsus avtomobillar va tirkamalarning kuzovlaridan chiqariladigan jihozlar hamda ishlab chiqarish inventarlari tushiriladi;
- barcha tushirilgan jihozlar ishga tayyorlanadi;
- iste’molchilarni elektr energiya manbalariga ulash.
Qismlar jangovar faoliyat olib borishda ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari to‘liq tarkibda foydalaniladi. Ayrim holatlarda ayrim bo‘linmalarda qurol-aslahalarning ommaviy ishdan chiqishida bu qism ko‘chma ta’mirlash organi tarkibidan ta’mirlash brigadasi bilan to‘ldiriladi.
Qism ta’mirlash organi qurol-aslahani ta’mirlashga mansabdor shaxsning og‘zaki yoki yozma farmoyishi bilan qabul qilinadi.
Ta’mirlashga qabul qilingan qurol-aslahalar, texnika va ta’mirlash organi buyumlari hisobga olish kitobiga yozib quyiladi. Ta’mirlashga tushayotgan qurol-aslahalar tozalash va moylash maydonchasida jamlanadi. Bu erda zarur bo‘lsa tozalanadi va moylanadi hamda maxsus ishlov beriladi. Ta’mirlashga qabul qilingan qurol-aslahalar ta’mirlash fondida jamlanib, dastlabki defektatsiya va ta’mirlash navbati aniqlanadi.
Birinchi navbatda kam ta’mirlanadigan, hamda raketa va tankka qarshi furol aslahalar ta’mirlanadi. Dastlabki defektatsiya asosida artilleriya ustasiga aniq vazifa quyilib, qurol-aslaha ta’mirlash uchastkalariga borib tushadi.
Ta’mirlashdan so‘ng qurol-aslaha ta’mirlangan qurol aslahalar maydonchasiga jamlanadi.
Ta’mirlay olinmaydigan qurol aslahalar belgilangan tartibda yuqori ta’mirlash organlariga jo‘natiladi.
Mashg‘ulotga yakun yasaladi, savollarga javob beriladi hamda mustaqil tayyorgarlikka vazifa quyiladi.
Ishlab chiqdi:
ARTILLERIYA SIKLI O‘QITUVCHISI
QKX
SH.UMIRZAQOV
Do'stlaringiz bilan baham: |