QURILMANING TA’RIFI
Tajriba qurilmasi (1) idishdan va undan chiqib ketadigan ichki diametri d=2.5cm bo‘lgan quvur (2)dan iborat. Quvurda l=170 sm uzunlikdagi to‘g‘ri gorizontal uchastka bor. Uchastkaning boshi va oxirida pezometr (5) o‘rnatilgan. Tajriba davomida quvurdagi suyuqlik harakati barqarorligini ta’minlash uchun suyuqlik satxini o‘zgarmas saqlash maqsadida oqib ketish quvurchasi (3) o‘rnatilgan. Quvurning oxirida o‘lchov idishi (7) o‘rnatilgan. Suyuqlik sarfi quvurning boshi va oxirida o‘rnatilgan (4) va (6) ventil yordamida boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |