Bog'liq c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH
Vertisillin — Verticillium lecani (Zimmermow) Vilgas zamburug`i asosida tayyoriangan insektitsid zamburug` preparati. Oqqanotga, tangaqanotlilar, qattiqqanotlilar va tengqanotlilar turkumiga mansub ko`plab hasharotlarga kuchli ta'sir qiladi.
Zamburug`ning konidiyalari dumaloq-tuxumsimon, bir hujayrali, rangsiz, o`lchami 3—4 • 1—1,7 mmk.dan iborat.
Zamburug` 1977-yilning kuzida ochiq gruntda pomidor bargida va issiqxonada o`stirilayotgan bodringda oqqanotning lichinkalari va yetuk zotlarining zamburug` ЬЦап zararlanganUgi kuzatilgan. Zamburug` zararkunandaning tuxum bosqichida lichinkasining voyaga yetgan hasharotlarini zarariaydi. Lekin g`umbaklari bu zamburug` bilan kasal-lanmaydi. KasaUangan hasharot tanasida ulaming rivojlanishi davomida o`zgarish sodir bo`ladi. Kasallikning tashqi belgUari 5—6 kundan keyin sezUa boshlaydi va 10—12 kunda lichinkaning hamma tomonini oq, paxmoqsimon zamburug` egaUaydi. Voyaga yetgan hasharotlar zambu-rug` giflariga o`ralgan holda ekin shoxlarida osUib qoladi.
Vertisillium harorat 5—32°C da rivojlana oladi. Harorat 32°C dan yuqoribo`lgandazamburug` mitseliysi o`sishdan qoladi. Zamburug`ning rivojlanishi uchun qulay harorat 22—26°C va namUk 95—100 foiz bo`lsa yetarU hisoblanadi. NamUk 60—70 foizda ulaming samaradorUgi pasayadi.
Zambumg` asosida preparatni olish usuli quyidagicha: dastlab ona mahsulotni olish, shtammlarni ajratish va zararkunandaga qarshi kurash uchun ishchi eritma tayyorianadi. Olingan kultura asta-sekin suv bilan yuvUadi va 1 ml.da 2 • 3 • 10*' spora bo`lgan ishchi suspenziya tayyorianadi. Bu titriami tayyoriash uchun 3—4 ta shisha idishdan foydalanUadi. Suspenziyalar filtrianadi va o`simlikka purkash uchun foydalaniladi. Purkash ishlari kechqumn bajarUadi.
Issiqxonalarda oqqanotga qarshi 6—7 kun oralatib 4 marta ishlov beriladi. Preparat bilan dastlabki ishlov berish oqqanotning 1—2 yosh-dagi Uchinkalari paydo bo`lganda va zararkunanda ommaviy tarqalganda amalga oshiriladi.
87 Oqqanotga nisbatan biologik samaradoriigini aniqlash uchun har bir takrorianishda beshtadan barg tekshirib boriladi.
Zamburug`ni ko`paytirish uchun агра doni (jumladan, don kuyasi ko`paytirilgan don), suli, bug`doy, tariq va pivo suslosidan foyda-laniladi.
Donlar sutli shishalarga solinadi va 1 soat davomida avtoklavda yuqumsizlantiriladi. So`ng don zamburug` bilan zarariantiriladi va 2—3 haftadan so`ng konidiyalar paydo bo`Iishi bilanoq eritma tayyorianadi. Bu eritma issiqxonalarda oqqanotlilaming 2—3 yoshdagi lichinkalariga qarshi kurashda foydalaniladi.
Ashersoniyaga nisbatan vertisilliumning afzalligi shundaki, bu-larda ko`paytirish texnologiyasi oddiy usuldabajariladi. Ammo yuqori harorat bu zambumg`ning rivojlanishiga ta'sir etadi. Bu esa issiqxona qanotiga qarshi kurash ishlarini susaytiradi.