To`liq o`zgaruvchan hasharotlar
Holometabola
Bu guruhga kiruvchi hasharotlar rivojlanishning to`rt bosqi-chini — tuxum, lichinka, g`umbak va imago (yetuk) davrini o`z boshlaridan kechiradi.
20
Koleopteroidlar — Coleopteraidea—bosh turkum. Turkum. Qattiqqanotlilar yoki qo`ng`izlar — Coleortera
Bu turkumning ba'zi bir vakillari tuproq hosil qilishda sanitar vazifasini bajarsa, ayrimlari ekinlar zararkunandasi yoki yirtqichlari sanaladi. Ko`pchilik tur qo`ng`izlarning oyoqlari yuruvchan tipda tuzilgan. Yil davomida bir marta, qisman 2—3 bo`g`in berib urchiydi. Tuproqda uchraydigan turiari (masalan, chertmakchilar, xrushlar va boshq.) asta-sekin rivojlanganligi tufayli bir bo`g`inning urchishi uchun 3—5 yil кегак bo`Iadi. Ayrimlari g`umbak, yetuk lichinka davriarida qishlaydi. Ba'zi bir vakillari umurtqasizlar uchun yirtqich hisoblanadi (masalan, vizildoq qo`ng`izlar, koksinellidlar, malham-chilar va boshq.) va ular biologik kurashda katta ahamiyatga ega.
Jujelitsalar, Toshqollar (Carabidae) — go`shtxo`rlar kenja turkumiga mansub turii xil kattalikda (juda ham mayda yoki yirik) bo`Igan qo`ng`izlar oilasidir. Ko`pchilik turiari yirtqich bo`Iib, ayrimlari ham hayvonlar, ham o`simliklarbilan oziqlanadi. Lichinka va yetuk zotlari esa chuvalchanglar, shilliqqurtlar bilan oziqlanadi. Lichinka yoki yetuk zotlari qishlab chiqadi. Tuxumini tuproq ostiga qo`yadi. Lichinkalarining rivojlanishi 2—3 oy. Ba'zi bir voyaga yetgan qo`ng`izlar turi bir necha yil yashaydi.
Qo`ng`izlar orasida yirik hasharotlar hisoblanuvchi Calosoma va Carabus avlodiga mansub va o`simlik bitlari, turii xil hasharotlarning qurtlari, lichinkalari va tuxumlari bilan oziqlanuvchi Agonum, Bembidion va Calathus kabi avlodlaming turiari alohida ajralib turadi. Boshqa mintaqalarda introduksiyalashtirilgan.
Xushbo У kolosoma — S. sy-cophanta L. — kolosoma avlodiga mansub bo`Iib, tanasi chiroyli, qo-ramtir-ko`kish tovlanadi. Odatda, old qanotlari qizg`ish tusli. Kattaligi 24—32 mm.ni tashldl etadi (4-rasm). Tengsiz ipak qurtiga qarshi kolo-soma qo`ng`izlari dastlab AQSHda qo`IIanilgan va sharoitga moslashuvi tufayli ijobiy natijalar olingan.
Наг xil yoshdagi qo`ng`izlar
tuproq ichida o`zining g`umbakli 4-rasm. Xushbo`y kolosoma.
21
beshiklarida qishlab chiqadi. Qishlab chiqqan qo`ng`izlar may oyining oxirida chiqadi va tengsiz ipakchisining qurtlari hamda boshqa turdagi ipakto`quvchilaming kattayoshdagi qurtlari bilan oziqlanadi. 3—15 kundan keyin dastlabki lichinkalari paydo bo`ladi va iyulning o`rtalarida rivojlanishni tamomlaydi. So`ngra tuproqda g`umbakka ketadi. Lichinkalar juda serharakatchan bo`lib, tuproqdagi va daraxtlardagi qurtlarga hujum qiladi. Yoz mavsumida 200—300 tengsiz ipak qurtini va 10—20 tagacha g`umbagini yo`qotadi. Voyaga yetgan qo`ng`izlar 2—4 yilgacha yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |