8. Maqsadga erishganlikni aniqlash. Bu ilmiy taqiqot ishining yakuniy bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Unda tajriba –sinov ishining dastlabki, shakllantiruvchi bosqichlaridagi tahliliy va ilmiy-nazariy tadqiqotlar natijasida hosil bo‘lgan metodologiya, samarali pedagogik texnologiya, yangi axborotli texnologiyalar asosida innovatsion ta’lim shakllangan bo‘ladi va uning natijasini baholash jarayoni ham boshlangan bo‘ladi. Natijalarni baholash tadqiqot maqsadi va vazifalarini e’tiborga olgan holda olib boriladi hamda tadqiqotning nazariy va amaliy asoslari asosida ifodalanadi.
Agarda olingan natijalar Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga to‘liq javob bersa va pedagogik samaradorlik uzluksiz ta’lim tizimining qaralayotgan bo‘g‘inini takomillashtirishga va rivojlantirishga katta hissa qo‘shsa, u holda maqsadga erishildi, deb xulosa qilish mumkin.
9. Algoritmik bosqichlarni joriy etishga tayyorlash. Bunda bevosita sakkizinchi algoritmik blokning funksional vazifasiga asoslangan holda faoliyat yuritiladi.
Agarda tadqiqot ishlarini olib borishda sakkizinchi algoritmik blokdagi ko‘rsatkichlar ketma-ketligiga amal qilib, ilmiy tadqiqot ishi olib borilsa, u holda tadqiqotchi olib borishni boshqarish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Bu esa rejalashtirilgan maqsadga erishishni ham kafolatlaydi.
Ma’lumki, tadqiqot olib borishni boshqarishni uddalash tadqiqot olib borishning optimal variantini qo‘lga kiritishni kafolatlaydi. Shu sababli taqiqotni olib borishda quyidagicha ketma-ketlikdagi harakatlarga e’tibor berilsa, tadqiqot olib borishning optimal variantlaridan birini qo‘lga kiritish kafolatlanadi:
tadqiqotni olib borishdagi harakatlar (operatsiyalar)ning uzviyligi va uzluksizligiga;
tadqiqot maqsadini asoslash va undan kelib chiqadigan natijalarni prognozlash (bashorat qilish)ga;
maqsadga mos vazifalarni rejalashtirishga;
tadqiqot harakatlariga (operatsiyalariga) kiruvchi say-harakatlarni (tadbirlarni) belgilashga;
tadbirlarni olib borish va uning natijalarini tahlil qilib, baholab borishdagi boshqarish shakli, vosita va usullarini aniqlash hamda baholashga;
olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari tahlili, bahosi va undan amaliyotda foydalanishga muntazam ravishda tavsiyanoma, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar berib borishishga erishish kabilarga.
Tadqiqotimizning ushbu qismida xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning algoritmik bosqichlari bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektuallashtirilgan kasbiy faoliyatga tayyorlashning optimal variantini tanlashni kafolatlaydi. Shuning bilan birga yaratilgan algoritmik bosqichlar ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy tahlil qilishga, ham keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, ular o‘xshash sohalardagi ko‘pgina muammolarning optimal echimlarini topish uchun ham universal metodologiya bo‘lib, undan ozgina o‘zgartirishlar qilish orqali boshqa texnik va iqtisodiy muammolar echimlarini topishda ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |