Ushbu uslubiy qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi O’zbekiston Respublikasi va



Download 17,11 Kb.
Sana26.02.2020
Hajmi17,11 Kb.
#40886
Bog'liq
BMI uq

Ushbu uslubiy qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi O’zbekiston Respublikasi va vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat test markazining “O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o’tkazish tartibi to’g’risida”gi qarori asosida tayyorlangan.

  1. Malakaviy ish himoyasini tashkil etish va o’tkazish.

Malakaviy ish himoyasi kasb-hunar kolleji o’quvchilari tomonidan topshiriladigan yakuniy attestatsiya sinovi hisoblanadi. Malakaviy ish mavzulari o’quvchilarga III kurs boshlanganidan so’ng uch oy davomida taqsimot qilinadi. Malakaviy ish o’quvchilar tomonidan tayyorlangan turli buyum, qurilma (jihoz, maket va shu kabilar), jarayon va hodisalarning fizik, mexanik, kimyoviy xususiyat va xossalarini organishga imkon beruvchi asbob-uskunalar va elektron asboblar majmuasi ko’rinishida ham bo’lishi mumkin

Malakaviy ishni tashkil etish va uning bajarilishini nazorat qilish kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari zimmasiga yuklanadi. Malakaviy ish monitoring bo’lim (kafedra) mudirlari hamda malakaviy ish rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.



Malakaviy ish mavzulari kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari va ish beruvchi tshkilotlar bilan birgalikda tuzilib, bo’lim (kafedra) yig’ilishlarida ko’rib chiqiladi. Malakviy ish mavzulari ro’yxati va ularning o’quvchilar orasidagi taqsimoti kasb-hunar kollejlarining ilmiy pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


  1. Malakviy ish rahbarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:




    1. Malakaviy ish mavzusi bo’yicha individual topshiriqlarni ishlab chiqish

    2. Malakaviy ish mazmuni va bajarilish ketma-ketligi bo’yicha maslahatlar berish

    3. Mavzuga mos adabiyotlar tanlash va ularni tahlil qilish jarayonida o’quvchilarga amaliy yordamlar ko’rsatish

    4. Malakaviy ishni bajarilish taqvim rejasini ishlab chiqish va o’quvchi tomonidan uni mustaqil bajarilishini nazorat qilish

    5. Malakaviy ishga yozma xulosa tayyorlash

    6. Ish beruvchi tashkilotlardan taqriz olinishini muvofiqlashtirish

    7. Malakaviy ish himoyasida ishtirok etish




  1. Malakaviy ishni bajaruvchi o’quvchining asosiy vaziflariga quyidagilar kiradi:



    1. Mavzuga mos adabiyotlarni tanlash va ularni tahlil qilish

    2. Malakaviy ishning bajarilish jadvaliga rioya etish

    3. Malakaviy ishni sifatli bajarish

    4. Malakaviy ish bo’yicha taqdimot tayyorlash

    5. Malakaviy ishni belgilangan muddatda himoy qilish

  1. Malakaviy ish quyidagi ko’rinishlarda bajariladi:



    1. Tajribaviy amaliy malakaviy ish – mavjud texnologik jarayonni chuqurroq tahliliy o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, muayyan muammoni yechishga qaratilgan bo’ladi.

    2. Sinov tadqiqot malakaviy ishi – mavjud texnologik jarayonnitakomillashtirish maqsdida kichik tadqiqot o’tkazishni o’z ichiga oladi. Unda sinov o’tkazish rejasi, sinov ishlari usullarining tavsifnomalari, sinovning asosiy bosqichlari, tajribaviy sinov ishining tahlili va olingan natijalarni amaliy qo’llash imkoniyatlari haqida tavsiyalardan iborat bo’ladi.

    3. Loyiha malakaviy ishi - mavjud texnologik jarayonishlanmasi yoki yangi maxsulotni yaratishdan iborat ijodiy faoliyat mahsuli. Malakaviy ish loyiha ko’rinishida bajarilganda, u ko’pi bilan to’rt nafar o’quvchidan iborat guruh tomonidan amalga oshirilishi ham mumkin. Bunday hollada har bir o’quvchiga individual topshiriqlar beriladi.




  1. Malkaviy ishning tuzilmasi quyidagilardan tarkib topadi:



    1. Titul varog’i (1-ilova)

    2. Malakaviy ishning tavsifi (2-ilova)

    3. Mundarija (3-ilova)

    4. Kirish (mavzuning mohiyati, dolzarbligi, maqsadning qo’yilishi)

    5. Nazariy qisim (Asosiy tushuncha, dalil, tamoyil, kategoriya va ular orqali bog’lanishlar va shu kabilar)

    6. Texnologik qism (tarmoqning zamonaviy texnologik tamoyillari, belgilangan vazifani hal etish usullari va ketma-ketligi)

    7. Jihozlash qismi (tarmoq texnologiyasi bo’yicha jihozlar va uskunalar haqida ma’lumot, texnikaviy va foydalanish tavsifnomasi)

    8. Iqtisodiy qism (texnik iqtisodiy samaradorlik tahlili, texnik samaradorlikni asoslash)

    9. Mehnat muhofazasi qismi (xavfsizlik tenikasi, elektr xavfsizligi, sanoat sanitariyasi, mehnat gigienasi)

    10. Xulosa (4-ilova) (malakaviy ish natijalarini umumlashtirish, qiyosiy baholash, muammoni hal etish bo’yicha taklif va tavsiyalar)

    11. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (5-ilova) (ilmiy adabiyotlar, mavzuga oid darsliklar hamda internet ma’lumotlari)

    12. Ilova (fotosuratlar, ishchi va boshqa hujjatlar, yordamchi ma’lumotlar, jadvllar, chizmalar)

    13. Taqriz (o’qituvchi), Taqriz maktabdan

Mutaxassisliklar xususiyatidan kelib chiqib malakaviy ish tuzilmasining qismlariga o’zgartirish kiritish mumkin.

  1. Malakaviy ishni rasmiylashga quyidagi talablar qo’yiladi.

6.1. Malakaviy ishning matni 210 x 297 mm o’lchamdagi A-4 formatdagi yozuv qog’ozining bir tomoniga yozilgan, qo’l yozma shaklida 60 betdan va kompyuterda 50 betdan kam bo’lmagan hajmda tayyorlanadi

6.2. Kompyuterda Times New Roman nomli 12 o’lchamli shriftda, 1,5 yoki 2 intervalda yoziishi lozim

6.3. Har bir bet hoshiyasi yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 2 sm bo’lishi, xat boshi 5-6 belgiga teng va bir tekis bo’lishi lozim

6.4. Malakaviy ishning titul varog’idan boshqa barcha varog’i raqamlanadi



6.5. Malakaviy ishning grafik, chizmalar qismi qo’lda yoki maxsus dasturlar yordamida kompyuterda A1 yoki A3 formatga bajariladi

6.6. Malakaviy ish uchun zarur bo’lgan formula yoki rasmlar qaysi manbadan olinganligi ko’rsatiladi.
Download 17,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish