Ushbu ta'rif qaysi asarda uchraydi?



Download 50,5 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi50,5 Kb.
#680664
  1   2
Bog'liq
Ona tili asosiy (22.05.2022)


Ona tili va adabiyot.
31. Qahramon o'ninchi sinfni bitirgandi xolos, xo'mraygan, og'irkarvon allanechuk odomovi yigitni hurmat qilishardi o'quvchilari. U bo'sh vatida o'quvchilar bilan arg'umoqda yurish ,miltiq otish ,goho soy suvini band qilib bolalar bilan baliq ham tutardi.
Ushbu ta'rif qaysi asarda uchraydi?
A) "Omon ovchining o'limi"
B) "Ot egasi"
C) "Ufq"
D) "So'nggi saboq"

32. Ayanchli bir qo'rqoq, chirkin bir hasharotdek kovaklarda pisib yuribdi,o'zining la'nati ,iflos vujudini, bir paqirga qimmat jonini o'ylab do'stlik, muhabbat , ona mehrdek ezgu narsalarni paymol qilib kelib, mana, go'ristonda o'tiribdi,tiriklar u yoqda tursin,yonidagi qabrlarga ham bosh ko'tarib tik qragani haddi yo'q.


Ushbu qaysi asardan olingan va u kimga tegishli?
A) "Ufq" Tursunboy.
B) "Daxshat" Olimxon dodho.
C)" O'tkan kunlar" Zaynab
D) "Chinor"Akbarali.

33. Navoiyning tuyuqlari qaysi devonga kiritilgan?


A) "Favoyid ul -kibar"
B) "Badoye' ul-vasat"
C) "Garoyib us -sig'ar"
D) "Devoni Foniy".
34. Qaysi qatorda olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi fonetik hodisaga uchragan?
A) Uning qiliqlariga ichida g'ijinib qo'ydi.
B) Shundan beri hech narsa yemay faqat ishlaydi.
C) Bunday qarashlarga maftun bo'lgan yigitning oyoqlari o'ziga bo'ysinmasdi.
D) Biz hammadan baxtlimiz, biz shunday yashaymiz.

35. Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to'rt piyola choy ichdi.


Mazkur gap haqida noto'g'ri ma'lumotni toping?
A) Ushbu gap bog'langan qo'shma gap. B) Ushbu gapda ayiruv -chegaralov yuklamasi ikki o'rinda qatnashgan.
C) Asosi omonim bo'lgan so'z vositasiz to'ldiruvchiga tobelangan.
D) Ushbu gapda chama son qatnashgan.

36. Qaysi variantda holat ravishdoshi fonetik hodisa asosida yozilgan?


A) Biz kelguncha ularni jo'natmaslikka qasam ichdi.
B) Qo'qqisdan bo'lgan hujum barchamizni esankiratib qo'ygan edi.
C) Noilojlikdan qolib ketgan ishlarni bajarishga rozi bo'ldik.
D) Gul ekkancha turardi Madumar hech narsaga tushunmasdan.

37. Qaysi qatorda birgalik nisbatdagi fe'lning otdan yasalishi kuzatiladi?


A) Muammolarni bartaraf etish bo'yicha suhbatlashdik.
B) Ular endi o'z mutaxassisligi bo'yicha birlashdi.
C) Ular biz borguncha kecha -kunduzi bilan ishlashdi.
D) Dadam va onam yo'lga hammadan burun otlandi.

38. Bu asarni ("Ufq"romanini )kitobxon hech bir joyida susaymasdan,shavq bilan o'qiydi. Kitobda qimirlagan har bir jonzot orzu-armoni,ko'z yoshlari, muhabbati aks etgan.


Ushbu fikr kimga tegishli?
A) Abdulla Oripov B) Erkin Vohidov
C) Adbulla Qahhor D) Said Ahmad.

39. Bilmaslik ayb emas,bilmaganini tan olmaslik ayb.


Ushbu gapda qatnashgan fe'llar haqidagi noto'g'ri ma'lumotni toping?
A) Mazkur gapda qo'shma fe'l qatnashgan.
B) Ikki o'rinda harakat nomi shakli mavjud.
C) Ushbu gapda sifatdosh otlashmagan.
D) Ushbu gapda fe'llar tuzilishiga ko'ra ikki turi qatnashgan.

40. To'nini teskari kiygan Botir eshikni asta ochib,biroz qarab turdi.


Ushbu gapda so'z birikmalari haqidagi qaysi fikr to'g'ri emas?
A) Ushbu gapda tobe qismi ibora bilan ifodalangan aniqlovchili birikma qatnashgan.
B) Ushbu gapda miqdor -daraja ravishining kesimga tobelanishi kuzatiladi.
C) Mazkur gapda vositali to'ldiruvchining kesimga tobelanishi kuzatiladi.
D)Ushbu gapda ega atoqli ot bilan ifodalangan.

41. Qaysi qatorda yasama so'z bilan ifodalangan uyushiq ega qatnashgan. A) Men,Dilbar ,Fotima erta yo'lga tushdik.


B) Men allaqachon achchiq-chuchukni farqlaydigan yoshga yetganman.
C)Unga berilgan topshiriqlar mukammal va ajoyib edi.
D) To'liq kelajakni ko'ra bilish uchun,avvalo,insonda fikrlash,tafakkur qilish keng bo'lishi kerak.

42. Yosh Ahmad dastlab bobosidan, keyin maktabdan yaxshi ta'lim olgan. Mazkur gap qaysi qatorda to'g'ri tahlil qilingan?


A) Ushbu gapda ikkita shaxs oti qo'llanilgan.
B) Aniqlovchining kesimga tobelanishi kuzatiladi.
C) Gapda holning uchta ma'no turi qatnashgan.
D) Mazkur gapda aniqlovchi ikki o'rinda qatnashgan.

43. "Umri jovid yo'qdir bu olam aro,ketdi ko'plar, biz keturmiz topqusin sen ham fano". "Ulug'bek xaiznasi" romanidan olingan ushbu parcha kimga tegishli?


A) Mirzo Ulug'bek
B) Iskandar Zulqarnayn
C) Umar Xayyom
D) Amir Temur.

44. Qaysi qatorda kesim ergash gapli qo'shma gapning har ikkala qismida fonetik hodisa asosida yozilgan so'z mavjud?


A) Ishonchim komilki,ularning ko'nglini og'ritmadik.
B) Kim unga bu gapni aytolsa,yutuq o'shaniki bo'lardi.
C) Tilagim shuki,hech kim yomonlik ko'rmasin.
D) Kim ko'proq harakat qilsa,u shunday baxtga erishadi.

45. Berilgan gaplardan qaysi birida yoyiq undalma tarkibida to'rtta til oldi jarangli tovush qatnashgan.


A) Qadrli mehmonlar,endi bizga ruxsat berasiz.
B) Barcha ishlarni bajar,go'zal qizim.
C) Yolg'izim, senga to'liq ishonaman.
D) Suyukli farzandim,men bu xatni sen uchun yozdim.

46. Dildora shunday injiq qiz ediki, ko'nglidagini kimgadir zo'rg'a aytolsa ham doim g'amgin yurardi.


Mazku gapda fonetik hodisalar sonini toping?
A) 2 ta B ) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta.

47. Tobe qismi sodda yasama fe'l bilan ifodalangan otli birikma qatnashgan javobni aniqlang?


A) Sportchimiz og'ir jarohatlangani tufayli keyingi musobaqalarga kela olmadi.
B) Mashhur shoirlarimizning hayoti va ijodini o'rganish asosiy vazifamizdir.
C) Dalada rohatlanayotgan bolakaylarga havas bilan boqdi.
D) Aytilgan gaplar shu yerda qolyapti.

48. Qaysi qatorda to'g'ri yozilgan so'zlar berilgan?


A) natarius,dealog, muovin.
B) notarius, mudofa,manitoring.
C) monitoring,dialog,milliard
D) milliard,hayol, mudofaa.

49. Qaysi qatorda tovushga taqlidni bildirgan so'z aniqlovchi vazifasida qo'llanilgan?


A) Taqur-tuquringni yig'ishtir endi.
B) G'o'ng'ir -g'o'ng'ir ovozdan uyg'onib ketdim.
C) Onasining qo'llari tars-turs yorilganini endi payqadi.
D) Tong sahar darvozani kimdir taq-tuq urdi.

50. Qaysi qatorda tinish belgi xato qo'llanilgan.


A) Qarasam, oshxona tomondan gup-gup etgan ovoz kelyapti-oyim o'g'irda tolqon qilyapti.
B) "Sharm-hayo -fazilatlarning ulug'i",-deydi xalqimiz.
C) Ishlar vaqtida bajarilish kerak, vaqtida bajarilmagan ish sust bo'ladi.
D) Foydali so'z go'dakdan chiqsa ham quloq sol;yomon so'z mo'ysafiddan chiqsa ham quloq solma.

5 Tabiat va jamiyat hamma narsaning,har bir shaxsning o'z o'rni bo'lishi lozim,har bir inson hayotdagi chinakam vazifasini anglamog'i lozim,buning uchun insonga, avvalo, yaxshi bir ustoz darkor.


Ushbu fikrlar qaysi asarning xulosasiga to'g'ri keladi?
A) Robindranath Thakur"Shubha"
B) Ezopning "Eshak bilan baqalar"
C) Janni Rodari "Hurushni eplolmagan kuchukcha".
D) Abay "Nasihatlar".

52."Ayb Sadriddin cho'loqning o'zida edi. Tevarak -atrofdanko'p sivchilar chiqqan edi. Hammasini qaytardi. Ba'zilariga qizning o'zi ham rozi edi.Lekin otasi ikki qizimni qishloqqa beeganman, bittasini shaharlikka beraman. Juda loyiq ,qobil joyini topib, badavlat, obro'lik odamga beraman!" Qizlarini uzatishi bilan bog'liq voqealar keltirilgan Sadriddin cho'loq obrazi qaysi asarda uchraydi?


A) "Shum bola"
B) "Dunyoning ishlari"
C) "O'tkan kunlar"
D) "Kecha va kunduz"

53. Tarkibida ikkitadan ko'makchi morfema qatnashgan tub so'zlarni aniqlang.


1) yozdirmoq 2) qo'qqisdan 3) ikkalasi 4) bizlarniki 5) qoraymoq
6) ko'kimtirroq
A) 1,3,5 B) 1,3,4,6
C) 1,2,3,5 D) 2,3,4,6.

54. Binolar chiroyli,manzaralar bilan bezatilgan.


Ushbu gapda tinish belgi tushirilganda bo'ladigan o'zgarish to'gri berilgan?
A) Mazkur gapda undalma ishtirok etadi.
B) Sodda gap qo'shma gapga o'zgaradi. C) ot kesim tushib qoladi.
D) Egali gap egasiz gapga aylanadi.

55. Qaysi asarlar romon janrida yozilmagan? 1) "Sevgim,sevgilim" ( O'.Umarbekov) 2)" Oqqushlar oppoq qushlar" (O. Yoqubov) 3) "Mashrab" (Shuhrat) 4) "Xat tashuvchi"(Muso Jalil) 5)"Najot"(P. Qodirov)


A)1,2,5 B) 1,4,5 C) 2,3,4 D) 3,4,5.

56. Qaysi qatorda asosi ot va sifat so'z turkumida omonimlik qiloladigan yasama so'z berilgan?


A) Uzun sochli qizni ko'rdik.
B) U hamma uchun shu ishni qilishga rozi bo'ldi.
C) Serchang ko'chalardan yugurgan bolalik yillarni sog'indim.
D) Uning dutori ham torli edi.

57.


Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish