Ushbu taqdimot ko’pchilik ustozlarning talabiga



Download 3,43 Mb.
bet1/2
Sana19.02.2022
Hajmi3,43 Mb.
#459290
  1   2
Bog'liq
далер

Dtpi ijtimoiy -gumanitar fakulteti tarix 211 guruh talabasi Xayrullayev Daler tarixiy geografiya fanidan mustaqil ishi


Qabul qiluvchi : Bebitov Maqsud
Mavzu: O'rta Osiyoning Rossiya imperiyasi boshqaruv davridagi tarixiy geografiyasi va mustamlaka davrida olib borilgan kartografik tadqiqotlar.
Reja.
1O ‘rta Osiyoning chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi 
tarixiy geografiyasi.
2 XIX asming ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida 
Turkistonda iqtisodiy hayot
Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi. XIX asrning 20-yillariga kelib Angliyada ishlab chiqarilgan mollar Rossiyadan keltiriladigan mahsulotlarga raqobat tugʻdira boshladi. Buyuk Britaniya Afgʻoniston, Eron va Oʻrta Osiyo hududlariga boʻlgan davolarini ochiqchasiga bayon eta boshlagan edi. Rossiya Osiyo bozorlarida oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida rus mahsulotlarini mintaqaga keltirilishida imtiyozli bojxona sharoitlarini yaratib berdi. Nikolay I davriga kelib chor Rossiyasining mintaqadagi diplomatik va harbiy taʼsiri kuchayib bordi. 1834 oʻzbek xonliklariga olib boruvchi yoʻl chorrahalarida Novo-Aleksandrovsk qoʻrgʻoni (Mangʻishloq shahri) barpo etildi. 1839 yil oxiri 1840 yil boshlarida Orenburg general- gubernatori graf Perovskiy Xiva xonligiga qarshi muvaffaqiyatsiz qishki harbiy yurish uyushtirdi. 1847 yilda general Oruchev Orol dengizining shimoli-sharqiy qirgʻogʻini zabt etdi va Raim (Kazalinsk shahri) qoʻrgʻoniga asos soldi. „Nikolay“ va „Konstantin“ paraxodlaridan iborat Orol flotiliyasi tashkil etildi. 1850-55 yillarga kelib Qoʻqon xonligiga qarashli Kumushqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqmachit (Qizil Oʻrda) qalʼasi, keyinchalik hududida Verniy qoʻrgʻoni barpo etilgan Ili daryosi vodiysi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Aleksandr II hukmronligi davrida Oʻrta Osiyoni bosib olish imperiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Qoʻqon xonligi harbiy boʻlinmalarining janubiy Qozogʻiston, Sirdaryoning quyi oqimi va Orol dengizi qirgʻoqlarida barpo etilgan rus aholi punktlariga uyushtirgan hujumlari janubga qarab yurishning jadallashuviga baxona boʻldi.
1865 yilda general-mayor M.G.Chernyaev Toshkentni bosib oladi va shahar oqsoqollarini sulh tuzish xususidagi shartnomani imzolashga majbur etdi. Imperator Aleksandr II Orenburg general gubernatoriga farmon berib, agarda Toshkent ahli Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohish etsa, ularning bu istagini qondirish lozimligini qayd etdi. Toshkentlik savdogarlar va obroʻli kishilarining bir qismi shu mazmundagi murojaatnomaga imzo chekdilar. 1866 yilda rus qoʻshinlari Xoʻjand va Jizzax qalʼasini zabt etdilar. Chinoz qoʻrgʻoni barpo etildi. Xoʻjand va Chirchiqorti oʻlkalari Rossiya tasarrufiga oʻtdi. 1967 yilning iyul oyida imperator farmoniga binoan general-gubernator boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. 1868 yilda general-adʼyutant fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari Buxoro xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshladilar. May oyida rus qoʻshinlari Samarqandga yaqinlashdilar va shaharni jangsiz ishgʻol etdilar. Iyun oyida Buxoro amiri sulh xususidagi shartnomaga imzo chekdi. Zarafsxon okrugi tashkil etildi. General Abramov boʻlinmasi Qarshini bosib oladi va uni Buxoro amiriga qaytaradi. General-mayor Abramovning 1870 yilda amalga oshirilgan harbiy harakatlari natijasida Shahrisabz va Kitob ishgʻol etiladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari Buxoro amiriga topshiriladi. 1873 yilda keng qamrovli harbiy harakatlar natijasida Turkiston, Mangʻishlok va Orenburg tarafidan Xiva xonligiga yurish uyushtiriladi. Harbiy harakatlarga 49 ta rota, 32 ta yuzlik, 34 ta zambarak va 2 ta paroxod jalb etildi. May oyiga kelib Hazorasp qalʼasi zabt etildi, koʻp oʻtmay Xiva, Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Mangʻit qalʼalari va Gurlan bekligi taslim boʻldi. Avgust oyida Xiva xonligi bilan sulh shartnomasi tuzildi. Xiva xonligi Rossiya vassalligini qabul qilib, Muhammad Rahim Bahodirxon (Feruz) hukmronligi saqlab qolindi. 1873 yilning kuzida Buxoro xonligi bilan yangi siyosiy shartnoma imzolandi. 1875-1876 yilgi harbiy harakatlar natijasida Fargʻona vodiysida Xudoyorxon va rus hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirildi. Soʻngra Qoʻqon xonligi tugatilib, Rossiya tarkibidagi Fargʻona viloyati tashkil etildi.
Chor Rossiyasi va xonliklar o‘rtasida nifoq urug‘ini sochib, undan ustakorona foydalandi. Podsho Rossiyasining O‘rta Osiyoni tezroq eg‘allashidan asosiy maqsadlari nimalardan iborat edi?
1. Bu davrda Rossiya - G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHdan iqtisodiy jihatdan orkada qolayotgan edi: 1860 yil Rossiya Fransiyadan 7,2 barobar, Gyormaniyadan 9 barobar, Anliyadan 18 barobar kam sanoat mahsuloti ishlab chiqargan edi. Ishlab chiqarilgan mahsulotining sifati past, tannarxi esa yuqori edi. Shu sababli rus tovarlari Yevropa bozorida raqobatga bardosh beraolmas edi. Rossiya uchun yangi bozor tekin xom-ashyo manbai kerak edi.
2. 1855-1857 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning mag‘lubiyatga uchrashi natijasida Bolqondagi «orzusini» amalga olmaganligi O‘rta Osiyoning ahamiyatini yanada oshirdi. Ikkinchi tomondan urushda Angliyani Turkiya tomonidan turib Rossiyaga qarshi urushganligi uchun «otni qamchilab O‘rta Osiyoni bosib olish unga dimlomatiya tarsakisini» bermoqchi bo‘ldi.
AQSHdagi 1861-1862 yildagi fuqarolar urushi natijasida Amerika paxtasini Yevropa va Rossiyaga kelmay qolishi natijasida Rossiya yengil to‘qimachilikni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Natijada Rossiyaning O‘rta Osiyoga nisbatan tajovuskorlik harakati tezlashdi. O‘rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olinishi istilochilik va bosqinchilik harakati edi.
Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish harakatlarini 3 davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr: Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish harakatlari XVIII asr boshlarida boshlangan edi. Birinchi intilish podsho Petr 1 zamonida 1714-1717 boshlangan edi. Ilk bor buyuk davlatchilik nuqtai-nazaridan turib O‘rta Osiyoning boyliklariga ko‘z olaytirgan Petr 1 edi. Shu maqsadda 1714 yili Preobrajenskiy polkining poruchigi knyaz Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida yuborilgan ekspeditsiya Kaspiy dengizining Sharqiy kirgoklarini o‘rganib, Krasnovodsk kultigida istehkom qurishi, Xiva xonligiga yetib borib xonni rus fuqaroligiga o‘tishga undashi, undan Buxoroga o‘tib amirni ham Rossiya panoxiga o‘tkazishi kerak edi. Amalda ekspeditsiya Krasnovodsk qo‘ltig‘ida 3 ta istehkom qurdi. Askarlarni bezgak va boshqa kasalliklar bilan qirilib ketishi natijasida ekspeditsiya 1716 yili Astraxanga kaytib ketishga majbur bo‘ldi.
1717 yilda poruchik Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi yangi tuzilgan ekspeditsiya Orol dengizining - G‘arbiy sohili bo‘ylab Amudaryo orqali Xivaga yetib Sherg‘ozixon bilan muzokaralar olib boradi. Sherg‘ozixon xiyla ishlatib ekspeditsiya a’zolarini qirib tashlaydi. Bekovich-Cherkasskiyning boshini esa Xiva bozori darvozasining tepasiga osib qo‘yadilar. Qurilgan qal’alarni esa turkmanlar buzib tashlashadi. Shunday qilib, Petr I ning qabih niyatlari shu tariqa amalga oshmay qoladi. Petr I Buxoro xonligini o‘ziga tobe qilish maqsadida 1718 yilda elchi F. Benevenini maxsus topshiriqlar bilan Buxoroga yuboradi. Podsho josus elchi orqali xonlikning iqtisodiy, harbiy, fuqarolik va diplomatik ahvoli haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lmoqchi edi. F. Beneveni 1721 yilda Buxoroga yetib kelib, o‘z faoliyati davomida turli ma’lumotlarni podshoga yetkazib ham turdi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish