33.Egasi noma’lum gap tarkibida qo‘llangan belgilash olmoshini toping.
A) Har kim ekkanini o‘radi.
B) O‘z o‘rnida aytilmagan so‘z hech kim yo‘q yerda chalingan kuyga o‘xshaydi.
C) Vatanni har jihatdan yuksaltirishga va ko‘ksini qalqon qilib himoya qilishga da’vat etadi.
D) Har qanday ishda mashaqqat borligini yodda tutish kerak.
34. Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati, - deb yozadi A.Avloniy, -yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir. Ushbu gapdagi olmoshning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) Hol D) ega
35. Mabodo shunaqa xayol boshiga kelsa qo‘rqib ketardi. Ushbu gapda olmosh qanday bo‘lak vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi B) ega C) Hol D) to‘ldiruvchi
36. Men shu uzundan-uzoq umrimda-chi, bolam, hech qachon bunday ojiz, bunday ayanchli ahvolga tushmagandim. Berilgan gapda kishilik olmoshi qaysi bo‘lakka tobelangan?
A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) kesim D) hol
Do'stlaringiz bilan baham: |