29.1. Nega uni otdami, aravadami eltib qo‘ymadi? 2. Xudoyo, tavba qildim, bu qanday kun? Yo qudratingdan, bu qanday odam? 3. Nega muncha g‘amgin nayning navosi, nega qalbim to‘la o‘kinch va malol? 4. Nima ishlari bor ekan, - so‘radi Zulayho xola. Berilgan gaplarning qaysilarida olmosh hol vazifasini bajargan?
A) 1, 2, 3 B) 1, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 4
30. Qaysi qatordagi gapda olmosh yasama narsa oti o‘rnida qo‘llangan?
A) Bola piqillab yig‘lay boshladi. Umida uni tinchita olmadi.
B) Agar yo‘lda chuqur uchrasa, oldingilar unga o‘zini tashlar ekan.
C) Inson dastavval o‘zini mukammal bilishi kerak. U borliqning toji.
D) Bolaning qo‘lidagi o‘yinchog‘i tushib ketdi, bola tinmay uni olishga intildi.
31.Saidni bilmayman, mening yuragimda qo‘rquv. U-bu desam Said: "Menmi seni baliq oviga boshlagan", - deb ta’na qiladiganday nazarimda. Gapdagi olmosh turlarini aniqlang.
A) kishilik, ko‘rsatish B) faqat kishilik
C) kishilik, belgilash, ko‘rsatish
D) kishilik, belgilash, bo‘lishsizlik
32.Bir kishi orqamdan kelayotgan edi, shuning uchun to‘xtadim. Ergash gap tarkibida qanday olmosh qatnashgan?
A) ko‘rsatish B) belgilash
C) gumon D) olmosh qatnashmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |