[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston
Respublikasining qonuni
TA’LIM TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 465-I-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir.
Talim O‘zbekiston Respublikasida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi davlat siyosatini umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy tajribasini, madaniy va fan bobidagi an’analarini, jamiyatning istiqboldagi rivojini hisobga olgan holda yurgizadi.
Ta’lim ilm berish va tarbiyani o‘z ichiga oladi, u respublikaning zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
I. BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari
Ta’lim Konstitutsiyaga, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Qonunga va ularga muvofiq holda chiqariladigan boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yobga chiqariladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’limga doir masalalar Qoraqalpog‘iston Respublikasinng Konstitutsiyasi hamda qonunlari bilan tartibga solib boriladi.
2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunlarning vazifalari
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunlar fuqarolarning ilm olish sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, jismoniy va yuridik shaxslarning ta’lim sohasidagi o‘zaro munosabatlarining prinsiplari, huquq vakolatlari va mas’uliyatlarini, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim erkin rivojlanishining huquqiy kafolatlarini belgilab beradi.
3-modda. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan, chunonchi:
ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi hamda demokratikligi;
ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;
davlat ta’lim tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi;
ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida hammaning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi;
tayanch (to‘qqiz sinf hajmidagi) ta’limning majburiyligi;
ta’lim, ma’naviy va jismoniy tarbiya dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimdonlik va iste’dodni rag‘batlantirish;
ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘rganish, din tarixi va jamiyat madaniyati sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratish;
ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarning ta’siridan holi bo‘lishi;
tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni hurmatlash;
pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeini hurmatlash;
amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shakllaridagi talim muassasalarining teng huquqliligi, ularning mustaqilligidan iboratdir.
4-modda. Ilm olish xuquqi
O‘zbekiston Respublikasi kelib chiqishi, jinsi, tili, yoshi, irqi, millati, e’tiqodi va dinga munosabatidan, ijtimoiy ahvoli, mashg‘ulotining turi, turar joyi, respublika hududida qanchadan beri yashayotganligidan qat’iy nazar, barchaning ta’lim olishi uchun teng huquqlarni kafolatlaydi.
Ta’lim muassasalariga qabul qilish shartlari davlat boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlangan qoidalar bilan belgilanadi.
Ta’lim olish huquqi:
ta’lim olish uchun ijtimoiy-iqtisodiy
shart-sharoitlar yaratish;
davlat tasarrufidagi va davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;
davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarida bepul ta’lim olish davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarida belgilangan me’yorlar doirasida ta’lim olish;
ta’limning kunduzgi, kechki, sirtqi, oiladagi va eksternat ta’lim kabi turli shakllaridan foydalanish, davlat ta’lim muassasalarida shartnoma asosida pullik ta’limni yo‘lga qo‘yish;
barcha turdagi ta’lim muassasalarini bitiruvchilarning ta’limning keyingi bosqichi o‘quv yurtiga kirishlarida teng huquqqa ega ekanligi bilan ta’minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari ta’limni shartnomalar va bitimlarda belgilangan shartlarda va tartibda respublika ta’lim muassasalarida oladilar.
5-modda. Talim tillari
Ta’lim muassasalarida ta’lim berishda qaysi tildan foydalanish “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.60.00 Davlat ta’lim standartlari. Ta’lim dasturlari. Ta’lim jarayoni]
6-modda. Ta’limning davlat standartlarn
O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikning barcha shaklidagi o‘quv yurtlari uchun majburiy bo‘lgan ma’lumotlar saviyasi va o‘quv dasturi hajmlariga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilab beruvchi, talimning jahon tajribasi mezonlariga mos davlat standartlari belgilanadi.
Ta’limning davlat standartlarini belgilash va joriy etish, O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi.
II BO‘LIM. TA’LIM TIZIMI
7-modda. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning yagona tizimiga amal qilib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
maktabgacha tarbiya;
umumiy ta’lim;
maktabdan tashqari ta’lim;
hunar-texnika ta’limi;
o‘rta maxsus ta’lim;
oliy ta’lim;
ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash;
kadrlarning kasbkor malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
oiladagi ta’lim;
mustaqil ta’lim.
Ta’lim tizimi o‘quv rejalari va dasturlari muvofiqlashtirilganligi, ta’lim bosqichlari va shakllarining izchilligi, ta’limning davlat standartlariga mos kelishi bilan ta’minlanadi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Maktabgacha ta’lim]
8-modda. Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’limning vazifasi bola kamoloti asoslarini shakllantirishdan, uning bilimga qiziqishini, madaniy-axloqiy ehtiyojlarini, dastlabki mehnat ko‘nikmalarini, ilmga muhabbat qo‘yishini o‘stirishdan, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir.
Maktabgacha tarbiya, oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boriladi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]
9-modda. Umumiy ta’lim
Umumiy ta’lim uzluksiz davlat ta’limi tizimida asosiy bo‘g‘in bo‘lib, ta’lim oluvchilar ilmiy bilim, mehnat va boshlang‘ich kasbkor ko‘nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallashlarini, shuningdek o‘z ijodiy qobiliyatlarini, ma’naviy fazilatlarini rivojlantarishlarini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim uch bosqich: boshlang‘ich (1—IVsinflar), tayanch (V—IX sinflar) va o‘rta (X—XI (XII) sinflar) bosqichidan iborat bo‘lib, boshlang‘ich, tayanch va o‘rta maktablarda, boshqa o‘rta o‘quv yurtlarida (gimnaziyalar, litseylar va boshqalarda) amalga oshiriladi.
Tayanch ta’limi majburiy bo‘lib, talim oluvchilarga o‘rta ta’lim muassalarida, turli xil hunar va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olishni davom etirish huquqini beradi.
Har bir bosqichda ta’lim oluvchining yoshi va ta’limning davomiylik muddati tegishli ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
III bosqich ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
O‘rta umumiy ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan ta’lim amalga oshirilishi, o‘quvchilar tanlovi bo‘yicha kurslar joriy etilishi va fanlar chuqur o‘rgatilishi mumkin. Bunday kurslariing dasturlari umumta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.78.00 Ta’limning boshqa turlari. Qo‘shimcha (maktabdan tashqari) ta’lim]
10-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalar va o‘smirlarning shaxsiy talab-ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ularning bo‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish maqsadida davlat idoralari, mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar, jamoat birlashmalari va fuqarolar madaniy-axloqiy, tabiiy-ilmiy, texnika, sport va boshqa yo‘nalishdagi maktabdan tashqari muassasalar barpo etishlari mumkin.
Turli xildagi maktabdan tashqari muassasalar faoliyatiga davlat tomonidan ko‘mak beriladi, bu faoliyat ta’lim idoralari tomonidan muvofiqlashtiriladi, ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nizomlari bilan tartibga solinadi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.71.00 O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi (litseylar, kolledjlar)]
11-modda. Hunar-texnika ta’limi
Hunar-texnika ta’limi mehnat va kasbkor mahorati hamda ko‘nikmalari olishni, ishchi kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Hunar ta’limi
hunar bilim yurtlarida, o‘quv-ishlab chiqarish, o‘quv kombinatlarida, markazlarida, boshqa o‘quv yurtlarida yoki bevosita ishlab chiqarishda olib boriladi.
Hunar-texnika ta’limi tayanch ta’limi asosida bir vaqtning o‘zida umumiy o‘rta ta’lim berish yoki faqatgina kasb o‘rgatib qo‘ya qolish yoxud ta’lim asosida faqatgina kasb o‘rgatish orqali amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi hunar-texnika bilimlari o‘rgatiladigan ta’lim muassasalarida dastlabki kasbni o‘rganayotgan, shuningdek ish bilan ta’minlash davlat xizmatining yo‘llanmasi bilan qayta tayyorgarlikdan o‘tayotgan fuqarolarning ta’lim olishi bepuldir.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.71.00 O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi (litseylar, kolledjlar)]
12–modda. O‘rta maxsus ta’lim
O‘rta maxsus ta’lim o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayerlash maqsadini qo‘llaydi.
O‘rta maxsus ta’lim texnikumlarda, bilim yurtlarida, kollejlarda va boshqa o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, shu jumladan o‘zga xildagi o‘quv yurtlari (hunar-texnika bilim yurtlari yoki oliy o‘quv yurtlari) bilan qo‘shilgan o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tayanch, o‘rta va hunar-texnika ta’limi negizida amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi o‘rta maxsus bilim o‘rgatiladigan ta’lim muassalarida dastlabki kasbni o‘rganayotgan, shuningdek ish bilan ta’minlash xizmatining yo‘llanmasi bilan qayta tayyorgarlikdan o‘tayotgan fuqarolarning ta’lim olishi bepuldir.
13-modda. Oliy ta’lim
Oliy ta’lim o‘zi tanlagan faoliyat sohasida chuqur umumilmiy va maxsus bilimni zarur kasbkor ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashtiradigan yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash umumiy o‘rta, o‘rta hunar texnika, o‘rta maxsus ta’lim asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun saralash va o‘qishga qabul qilish qonunlar bilan tartibga solinadi.
Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim ikki bosqichli asosda, O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tasdiqlagan Nizomga muvofiq izchil tarzda bakalavr va magistr darajasi berish orqali amalga oshiriladi.
Sirtqi yoki mustaqil ta’lim tarzida o‘rganishga yo‘l qo‘yilmaydigan kasb va ixtisoslar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi. Fuqarolar shartnoma (pullik) asosida ikkinchi oliy ma’lumot olishga xaqlidirlar.
Oliy o‘quv yurtlarining faoliyati o‘z ustavlari bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlari qonunlarda belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazib turiladi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]
14-modda. Ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash
Ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash uzluksiz ta’lim tizimida oliy bosqich hisoblanib, shaxs va jamiyat ehtiyojlarini, shuningdek jamiyatning bunday kadrlarga bo‘lgan talab-ehtiyojini qondirishni ta’minlaydi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash, ilmiy darajalar, unvonlar berish tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
Oliy ta’lim tizimidagi ilmiy faoliyat shartnomalar, kontraktlar, davlat buyurtmalari, dasturlari, loyihalari bo‘yicha, shuningdek o‘z ilmiy manfaatlariga muvofiq ilmiy jamoalar, ayrim muassasalar tomonidan amalga oshiriladi. Shu maqsadda ilmiy, ilmiy-ishlab chiqarish bo‘linmalari, birlashmalari, uyushmalari, talaba yoshlarning ilmiy-texnika ijodiyoti markazlari boshqa tuzilmalar tuziladi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]
15-modda. Kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ijtimoiy rivojlanish, fan-texnika taraqqiyoti talablariga, ishlab chiqarishdagi, mehnat bozoridagi o‘zgarishlarga muvofiq ravishda, shuningdek odamlarning shaxsiy talab-extiyojlarini hisobga olib, kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini o‘zlashtirish va boyitish, shuningdek yangi ixtisos o‘rgatish maqsadida amalga oshiriladi.
Kadrlarning malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash davlat mablag‘lari xisobidan,
shuningdek korxonalar, muassasalar tashkilotlar, ayrim shaxslar bilan shartnomalar asosida davlat tasarrufidagi va boshqa xil o‘quv yurtlari bazasida amalga oshiriladi. Ta’limning shakllari, muddatlari va mazmuni buyurtmachi bilan kelishilgan holda o‘quv yurtlari tomonidan belgilanadi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.78.00 Ta’limning boshqa turlari. Qo‘shimcha (maktabdan tashqari) ta’lim]
16-modda. Oiladagi ta’lim
Ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari shaxsning jismoniy, ma’naviy holati va aql-zakovat jihatidan rivojlanishiga asos solishlari lozim.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaning ma’lumotni oilada olishi uchun imkoniyat yaratib berishga haqlidirlar. Bunday hollarda o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan ta’lim muassasasi, ta’limni boshqaruvchi tegishli idora o‘rtasida shartnoma tuzilib, unda bola, oila va jamiyatning manfaatlari hisobga olingan holda tomonlarning huquqiy, iqtisodiy va boshqa majburiyatlari belgilab qo‘yiladi.
Bolalarga uy sharoitlarida ta’lim berish o‘quv yurtlarining dasturlari bo‘yicha amalga oshirilib, keyinchalik eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Oilada ta’lim olayotgan shaxslar tegishli attestatsiyadan o‘tgach, ta’limni istalgan bosqichidan boshlab o‘qishni ta’lim muassasasida davom ettirishga haqlidirlar.
Davlat oiladagi ta’limga yordam ko‘rsatadi. Tegishli davlat muassasalari tomonidan qonunlarda belgilangan tartibda metodik, diagnostik, maslahat yordami beriladi. Qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda oilaga kompensatsiya to‘lanishi mumkin.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.78.00 Ta’limning boshqa turlari. Qo‘shimcha (maktabdan tashqari) ta’lim]
17-modda. Mustaqil ravishda bilim olish
Davlat odamlarning mustaqil ravishda o‘z ma’lumotlari, madaniy va saviyalarini oshirishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydi va buning uchun zarur sharoitlar yaratib beradi.
Bilim yoki malaka darajasini mustaqil ravishda oshirgan shaxslarda eksternat tartibida imtihon topshirish imkoniyati yaratib beriladi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.82.00 Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar]
18-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar
Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga, maktabgacha ta’lim muassasalari bundan mustasno, ta’lim to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi hujjat beriladi.
Ta’lim to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi hujjat mustaqil ravishda, bilim olish orqali ta’lim olgan o‘z bilim yoxud malakasi darajasini oshirgan, eksternat tartibida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga ham beriladi.
Aspirantura, doktoranturani tugatib, dissertatsiya yoqlaganidan keyin fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi va diplom beriladi.
Davlat ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar amaldagi xalqaro qoidalarga muvofiq kelishini ta’minlaydi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
III BO‘LIM. TA’LIM TIZIMINI BOShQARISh
19-modda. Ta’lim tizimini boshqarining davlat-ijtimoiy hususiyati
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarish davlat-ijtimoiy xususiyatiga egadir.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
Ta’lim sohasida O‘zbekiston Respublikasining tasarrufiga oliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan amalga oshiriladigan:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosati belgilash va amalga oshirish;
ta’lim sohasida huquqiy boshqarishni amalga oshirish;
ta’limni rivojlantirish, uning moddiy-texnika jihatidan ta’minlash turlarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
ta’limni davlat tomonidan boshqarilishining markaziy idoralarini shakllantirish va ularga rahbarlik qilish;
ta’lim muassasalari tashkil etish, ularni qaytadan tuzish va tugatish tartibini belgilash, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar namunalarini va ularni berish tartibini tasdiqlash;
ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiya qilish, ularga litsenziyalar berish tartibini, pedagogik va ilmiy kadrlarni attessiyadan o‘tkazish
tartibini belgilash;
ta’limning jahon darajasiga mos davlat standartlarini belgilash;
respublika budjetining ta’limga yo‘naltiriladigan ulushini belgilash;
ta’limni pul bilan ta’minlashning davlat me’yorlarini, shu jumladan ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlarni moddiy ta’minlashning me’yorlarini, ta’lim muassasalariga soliq solish ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlarga imtiyozlar berish tartibini belgilash;
ta’lim va fanni rivojlantirish respublika fondini shakllantirish;
pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish vakolatlari kiradi.
[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]
21-modda. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarining ta’lim sohasidagi huquq-vakolatlari
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari;
ta’lim muassasalari tarmoqlarining o‘z hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning talab-ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlaydilar;
respublika idoralari tasarrufidagi o‘quv yurtlari va ta’lim muassasalaridan tashqari o‘quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalari tashkil etadilar, ularni qayta tashkil etadilar va tugatadilar, ularning ustavlarini ro‘yxatdan o‘tkazadilar;
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan mahalliy ahamiyatga molik ta’lim muassasalari ochish uchun litsenziyalar beradilar;
o‘z vakolatlari doirasida o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalari uchun pul bilan ta’minlashning miqdorlarini, ish haqi to‘lash shartlari va soliq imtiyozlarini belgilaydilar, korxonalar, tashkilotlar, kooperativlar, aksiyador muassasalar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari boshqa badallar va ionalar hisobidan ta’limni rivojlantirish fondlarini shakllantiradilar;
ta’lim bo‘yicha kengashlar, ta’lim muassasalari rahbariyati bilan birgalikda ta’lim oluvchilar va ta’lim xodimlarining ijtimoiy ta’lim ehtiyojlari qondirilishini ta’minlaydilar;
o‘z hududlarida ishchi kadrlar va mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydilar;
turar joylarda bolalar va yoshlarni tarbiyalash, ularning qobiliyatlarini o‘stirish va talab-ehtiyojlarini qondirish uchun lozim shart-sharoitlar yaratadilar;
vasiylik qilishga doir masalalarni qonunlarda belgilangan tartibda hal etadilar;
o‘z vakolatlari doirasida ta’limning, pedagog xodimlar kasb-kor tayyorgarligining darajasiga nisbatan qo‘yilgan davlat talablariga rioya etilishi ustidan o‘z huquq-vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradilar.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarish davlat idoralari
O‘zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarish davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy hamda mahalliy idoralari tomonidan vakolat berilgan maxsus davlat idoralari amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’limni boshqarish davlat idoralari ta’lim muassasalari davlat tomonidan belgilangan talablar va me’yorlar bajarilishini ta’minlaydilar, kimning tasarrufida ekanligi va mulkchilik shaklida qat’i nazar, ta’lim muassasalariga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradilar.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 884-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 884-XII-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 268-modda)
23-modda. Ta’lim muassasalarini boshqarish
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va shu muassasalarining Ustaviga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasasiga umumiy rahbarlik ishi uning belgilangan tartibda tuziladigan va amal qiladigan kengashi tomonidan olib boriladi.
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik mudir, direktor, rektor yoki boshqa rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tasarrufidagi o‘rta umumiy ta’lim, hunar-texnika va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining rahbarlari lavozimga davlat boshqaruvining tegishli idorasi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadilar.
Davlat tasarrufidagi oliy o‘quv yurtlarining rektorlarini tegishli vazirliklar va idoralarning taqdimiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tayinlaydi va bu rektorlar o‘quv-tarbiya jarayonining ahvoli uchun to‘liq javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan respublika ahamiyatiga molik ta’lim muassasalarining rahbarlari muassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib tayinlanadi.
(23-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 884-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 268-modda)
24-modda. Ta’lim muassasalarini boshqarishda jamoatchilikning ishtiroki
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarini boshqarish o‘quvchilar, talabalar, pedagog xodimlar, xizmatchilar,
ota-onalar, jamoatchilikning boshqa vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Ta’lim tizimida:
jamoaning umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi);
yagona umumta’lim siyosatini o‘tkazishda jamoatchilik va davlat hamkorligining shakli sifatida ta’lim muassasasining kengashi;
ta’lim xodimlari nohiya, shahar, viloyat konferensiyalari, respublika syezdi;
ta’lim masalalari bo‘yicha hududiy kengashlar, oliy o‘quv yurtlari rektorlarining kengashlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari direktorlarining kengashlaridan iborat ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Ta’lim sohasidagi jamoat birlashmalarining faoliyati qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
25-modda. Ta’limni boshqarish davlat idoralari bilan davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarining o‘zaro munosabatlari
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruxsat (litsenziya) olganlaridan keyingina ta’lim berish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari buzilgan hollarda davlat ta’lim boshqaruv organlari nizo sud tartibida hal etilgunga qadar bu muassasalar faoliyatini to‘xtatib turishga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ularning rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida taklif kiritishga haqlidir.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalariga qabul davlat o‘quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda o‘tkaziladi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 884-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 268-modda)
26-modda. Ta’limni boshqarish davlat idoralari bilan o‘zga bo‘ysunuvdagi ta’lim muassasalarining o‘zaro munosabatlari
Ta’limni boshqarish davlat idoralari tarmoq va boshqa davlat idoralari, tashkilotlari, muassasalari va korxonalari bo‘ysunuvida bo‘lgan ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining ta’limga doir qonunlariga rioya etilishini nazorat qilib boradilar.
IV BO‘LIM. TA’LIM JARAYoNI QATNAShChILARINING HUQUQLARI, VAZIFALARI VA MAS’ULIYATLARI
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.86.00 O‘quvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi]
27-modda. Ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari
Ta’lim oluvchilar:
o‘z insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi, vijdon erkinligi, axborot erkinligi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;
davlat standartlariga muvofiq ta’lim olish;
o‘quv yurtini tanlash, shuningdek ta’lim muassasasining ustaviga muvofiq ta’lim sohasi, shakllari va muddatlarini, yakka tartibdagi dasturlarini tanlash;
ta’lim muassasasini boshqarishda ishtirok etish;
turli xil ilmiy faoliyat, konferensiyalar, olimpiadalar, ko‘rgazma, tanlovlarda ishtirok etish;
olgan malakalariga muvofiq ravishda o‘z kasblari, ixtisoslari bo‘yicha ta’limni davom ettirish, shartnoma asosida qo‘shimcha ta’lim olish;
yosh hususiyati va salomatligi holatiga monand mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish;
ish joyida haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til olish, qisqartirilgan vaqt va ishlab chiqariщdan ajralmagan holda ta’lim oluvchi shaxslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqiga egadir.
Ta’lim oluvchilarni o‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishga jalb etish taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ta’lim oluvchilarning vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, axloq va odob qoidalariga rioya etish;
ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartib qoidalariga rioya etish;
o‘z bilimlari amaliy ko‘nikmalar kasb-kor mahoratlarini muntazam ravishda mustahkamlab borish hamda o‘zlarining umumiy madaniy saviyalarini oshirishdan iboratdir.
Ta’lim oluvchilarning boshqa huquqlari va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomlar hamda ularning ustavlari bilan belgilanadi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.86.00 O‘quvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi]
28-modda. Talim oluvchilarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish
Ta’lim oluvchilar belgilangan
tartibda stipendiyalar, nafaqalar, yotoqxonalar, internatlar, imtiyozli yoki bepul ovqat bilan va boshqa imtiyozlar bilan ta’minlanadilar.
Ta’lim oluvchilarga kutubxona fondi, o‘quv-ishlab chiqarish, sport, maishiy xizmat va sog‘lomlashtirish bazalaridan, transport xizmatidan, teatr va boshqa tomosha muassasalarining xizmatidan belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda foydalanish kafolatlanadi.
Davlat iqtidorli yoshlarga moddiy jihatdan ko‘mak berish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlardagi yotakchi ta’lim muassasalarida o‘qish tajriba oshirish imkoniyatini yaratish yo‘li bilan doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.86.00 O‘quvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi]
29-modda. Ta’lim oluvchilarning salomatligini muhofaza qilish
Ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratadilar. O‘quv-mehnat topshiriqlari, ta’lim oluvchilarnint mashg‘ulot va ovqatlanish tartib-qoidasi, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi ta’limni boshqarish davlat idoralarining sog‘liqlarni saqlash idoralari bilan kelishib olingan tavsiyalar asosida ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadi.
Ta’lim oluvchilarning qonunlarda belgilangan o‘qish, mehnat qilish va dam olish shart-sharoitlariga rioya etilishi uchun ta’lim muassasasining muassisi mas’ul bo‘ladi.
30-modda. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburuyat va mas’uliyatlari
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
o‘zlarining balog‘atga yetmagan bolalari uchun ta’lim shakllarini, umum-ta’lim muassasasi turi va o‘qitish tilini. tanlash;
ta’lim muassasasi ma’muriyatidan o‘quv yurtlari ustavlariga monand shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
ta’lim muassasasini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilishlari;
bolaning qadr-qimmatini hurmatlashlari, bolada mehnatsevarlik, yaxshilik va muruvvat tuyg‘usini, Vatanga, yoshi ulug‘larga, davlat tili va ona tiliga, oilaga, milliy tarixiy qadriyatlar va madaniyat qadriyatlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini tarbiyalashlari;
qonunlar, huquqlari va inson erkinliklariga hurmat tuyg‘usini tarbiyalashlari;
bolalarning ta’lim muassasalarida o‘qishi uchun yoki belgilangan talablar hajmida uyda to‘laqonli ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishlari shart.
Bolaning tarbiyasi va kamol topishi uchun ota-onaning zimmasiga mas’uliyat teng yuklanadi.
Bolalar ta’lim olishiga monelik qilayotgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]
31-m odda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
Yuksak axloqiy fazilatlarga, tegishli ma’lumot va kasb-kor tayyorgarligiga ega shaxslarga davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarida pedagog va tarbiyachi sifatida ishlash uchun ruxsat etiladi.
Pedagok xodimlar bitim asosida Hukumat tasdiqlagan Nizomga muvofiq ishga qabul qilinadilar.
Malakasi pastligi yoki salomatligi kasbiga oid vazifalarini bajarishiga monelik qilayotganligi tufayli o‘z lavozimiga nomunosibligi aniqlangan taqdirda, shuningdek u muallimlik faoliyatini davom ettirish uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan axloqsizlik sodir etgan taqdirda, qonunlarda belgilangan tartibda pedagoglik ishidan chetlashtiriladilar.
Pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanishga to‘sqinlik qiluvchi, tibbiy ko‘rsatkichlarning ro‘yxati va kasb jihatdan nomunosiblikka doir masalalarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]
32-modda. Pedagog xodimlarning huquqlari
Pedagog xodimlar:
o‘zlarining kasb-kor sha’ni va qadr-qimmatlarini himoya qilish;
ta’lim muassasasini boshqarishda ishtirok etish;
kasb faoliyati uchun shart-sharoitlar bilan ta’minlanish, malakalarini oshirish, qayta tayyorgarlikdan o‘tish, talim shakli, uslubi va vositalarini tanlashda tashabbus ko‘rsatish;
yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni o‘z kasb-kor vazifalarini bajarishdan chalg‘itish taqiqlanadi, qonunlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.81.00 Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish]
33-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
kasb-korning yuksak darajasida ta’lim
berishlari, ta’lim oluvchilar o‘quv dasturlarini majburiy hisoblangan davlat talablari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari;
pedagoglarning axloq-odob qoidalariga rioya etishlari, bola, o‘quvchi va talaba shaxsining qadr-qimmatini hurmatlashlari, ularni mehnat, qonunlarga, ota-onalar va xotin-qizlarga, ma’naviy, tarixiy, madaniy-milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashlari;
o‘zlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminson axloq qoidalariga haqiqat, adolat, vatanparvarlik, insonparvarlik, yaxshilik va boshqa xayrli xislatlarga nisbatan hurmatni qaror toptirishlari;
o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan avlodni bir-birini tushunish, xalqlar o‘rtasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar o‘rtasida tinchlik ahil-inoqlik ruhida tarbiyalashlari;
bolalar va yoshlarni zo‘ravonlik ko‘rinishlaridan himoya qilishlari;
o‘zlarining kasb ko‘nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart.
Pedagog xodimlarning boshqa majburiyatlari ta’lim muassasalarini ustavlarida belgilab qo‘yiladi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.96.00 Ta’lim xodimlarini ijtimoiy himoya qilish]
34-modda. Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy jihatdan himoya qilish
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari:
mehnatga haq to‘lashning narx-navo indeksining o‘zgarishlariga muvofiq holda muntazam ravishda tuzatishlar kiritib boriladigan kafolatlangan darajasiga ega bo‘lish;
muallimlik faoliyatining malaka va natijalariga qarab, tabaqalashtirilgan ish haqi olish, shunga muvofiq ravishda qisqartirilgan ish vaqtga ega bo‘lish, uzaytirilgan haqi to‘lanadigan ta’til olish;
qishloq joylarda shahar tipidagi posyolkalarda isitilayotgan va yoritiladigan uy-joylarda bepul foydalanish;
yakka tartibda, uy-joy qurish uchun o‘zlariga yer uchastkalari birinchi navbatda ajratib berilishi va binokorlik materiallarini birinchi navbatda sotib olish;
o‘zlari yashayotgan davlat va idoralar tasarrufudagi uylar hamda kvartiralarni bepul shaxsiy mulkka aylantirib olish, uy-joy va kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashda imtiyozlardan foydalanish;
pensiyaga chiqqanlaridan keyin pedagogik faoliyatini davom ettirgan taqdirda pensiyani to‘liq miqdorda olish huquqlariga ega.
Ta’lim muassasalari mehnatga haq to‘lash uchun ajratilgan mavjud mablag‘lar doirasida stavkalarga, mansab okladlariga mustaqil ravishda tabaqalashtirilgan qo‘shimcha haqlar belgilash va mehnatga haq to‘lash hamda uni standartlantirishni tashkil etishning turli shakllarini qo‘llashga haqlidirlar.
Qishloqlarda joylashgan davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarida yashovchi pedagoglarga nisbatan qishloq ho‘jalik mutaxassislari uchun belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarning o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish ustaxonalari (sexlari), va o‘quv xo‘jaliklari xodimlariga nisbatan davlat tasarrufidagi tegishli korxonalarning va boshqa korxonalarning xuddi shu soha xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar va afzalliklar tatbiq etiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari, korxonalar, tashkilotlar, kooperativlar va boshqa muassasalar davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarining xodimlariga qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar berishga haqlidirlar.
Pedagog xodimlarni pensiya bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasida Pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonun bilan belgilanadi.
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.86.00 O‘quvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi]
V BO‘LIM. TARBIYA VA TA’LIMNING ALOHIDA ShART-ShAROITLARIGA MUHTOJ BOLALAR HAMDA O‘SMIRLARNI IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYa QILISh
35-modda. Etim bolalar va ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar rahnamoligidan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim berish hamda ularni boqish
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarida va litsenziyaga ega, davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarida yetim bolalar va ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar rahnamoligidan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim olish hamda ularni boqish to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi va tarbiyalanuvchilarni boshqa turdagi ta’lim muassasalariga asossiz ravishda o‘tkazishi taqiqlanadi.
Etim bolalar turmushda va ishga joylashishda hamda keyingi bosqich ta’lim muassasasiga kirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda davlat ko‘magidan foydalanadilar.
36-modda. Jismoniy va ruhiy jihatdan nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqtda davolanishga muhtoj bolalar hamda o‘smirlarning tarbiyasi va ta’lim olishi
Jismoniy yoki ruhiy jihatdan rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalar va o‘smirlarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun maxsus ta’lim muassasalari barpo etiladi va ish olib boradi. Bunday ta’lim muassasalariga bolalar va o‘smirlarni yo‘llash hamda ularni bu muassasalardan chiqarib yuborish bolaning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar fikri
hisobga olingan holda ruhiyat, tibbiyot va pedagogika mutaxassislaridan iborat komissiyaning xulosasiga asosangina amalga oshiriladi. Maxsus ta’lim muassasaining tarbiyalanuvchilari qisman yoki to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi, ular bepul davolanadilar, ovqatlanadilar va ularga yasama ortopediya vositalari, nogironlar aravachalari tekin beriladi.
37-modda. Ijtimoiy yordamga va salomatligini tiklashga muhtoj shaxslar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari
Tarbiya va ta’limning alohida shart-sharoitlariga muhtoj 6olalar o‘smirlar uchun tarbiyaning alohida tartibi joriy qilgan maxsus o‘quv muassasalari barpo etiladi va ular tarbiyalanuvchilar ta’lim kasb o‘rganishi va ijtimoiy o‘zini tiklashini ta’minlaydilar.
Voyaga yetmaganlarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq faqatgina sudning o‘zi hal qiluv qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Axloq tuzatish-mehnat muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga olish uchun va mustaqil ravishda ta’lim olishi uchun shart-sharoit yaratib beriladi.
VI BO‘LIM. TA’LIM MUASSASASINING HUQUQIY MAQOMI. TA’LIMNING MODDIY BAZASI VA UNI PUL BILAN TAMINLASh
[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.01 Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.79.00 Nodavlat ta’lim muassasalari (xususiy, jamoat birlashmalari, diniy va boshqa tashkilotlarining ta’lim muassasalari). Nodavlat va diniy ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash]
38-modda. Ta’lim muassasalarining muassislari
Quyidagilar, chunonchi:
davlat boshqaruvi respublika va mahalliy idoralari;
mulkchilikning barcha shaklidagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalar;
jamoat birlashmalari;
diniy tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(38-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 884-XII-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 268-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ajnabiy mamlakatlarning tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar ta’lim muassasalarining muassislari bo‘lishlari mumkin.
(38-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 884-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 268-modda)
39-modda. Ta’lim muassasalarining huquqiy maqomi
Ta’lim muassasasi mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, qonunlarda belgilangan tartibda barpo etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqini qo‘lga kiritadi.
(39-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 884-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 268-modda)
Ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlanadigan qoidalar asosida va shu qoidalarga muvofiq ishlab chiqiladigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadilar.
Ta’lim muassasalariga muayyan maqom (gimnaziya, litsey, dorilfunun akademiya va shu kabilar maqomi) berilishi ta’limni boshqarish tegishli idoralari tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalari o‘zaro bitim tuzishga, o‘quv-tarbiya komplekslar va o‘quv ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari (uyushmalari) tashkil etishga, hududiy o‘quv-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalari tarkibiga kirishga haqlidirlar. Bunday kompleks va birlashmalar tarkibiga kiruvchi muassasalarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari o‘z ustavlarida belgilanadi.
40-modda. Ta’lim tizimida mulk huquqi
Ta’lim muassasalari va ta’lim tizimidagi tashkilotlarning mol-mulki ularning muassislari mulki hisoblanib, ana shu muassislarning qaroriga binoan mol-mulk bevosita ta’lim muassasalari va tashkilotlar mulk sifatida yoki ularning xo‘jalik yuritishi uchun berilishi mumkin.
Ta’lim tizimi muassasalari va tashkilotlari foydalanayotgan yer uchastkalari tegishli mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan ana shu muassasalar hamda tashkilotlarga bepul va uzoq muddat foydalanish uchun beriladi. Bu uchastkalardan foydalanish huquqi “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan tartibga solib boriladi.
41-modda. Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi
Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi ta’lim va tarbiya berish, ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazish hamda ta’lim sohasida boshqa vazifalarni hal etish uchun foydalaniladigan yer, binolar, tajribaxonalar, kutubxonalar, sport inshootlari, aloqa vositalari, mashinalar va asbob-uskunalarni, transport vositalari va boshqa mol-mulkni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi respublika va mahalliy budjetlarning mablag‘lari hisobidan, shuningdek pul bilan ta’minlashning qo‘shimcha manbalari hisobidan rivojlantiriladi.
Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, shu jumladan bunday muassasalarni loyihalash va qurish ishlari jahon tajribasi yutuqlarini hisobga olgan holda me’yoriy asosda ustuvor tartibda amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalariga berilgan davlat
mol-mulkiga soliq solinmaydi, bu mol-mulk tortib olinmaydi yoki ulardan ko‘zlangan asosiy vazifalar bo‘lak maqsadlarda foydalanilmaydi.
42-modda. Ta’limni pul bilan ta’minlash
Davlat tasarrufidagi ta’lim muassasalarini pul bilan ta’minlash respublika va mahalliy budjetlar hisobidan korxona, birlashma, tashkilotlarning va ayrim shaxslarning mablag‘lari hamda qo‘shimcha manbalar hisobidan davlat me’yorlari asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’limga uning ustuvorligini ta’minlaydigan miqdorda har yili mablag‘lar ajratishni, shuningdek har bir tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchiga xarajat me’yorlarini muntazam ravishda oshira borib, jahon standartlari darajasiga yetkazishniga kafolatlaydi.
Ta’lim muassasalari aholiga, korxona va tashkilotlarga ta’lim borasida haqi to‘lanadigan (pullik) xizmat ko‘rsatishga, shuningdek amaldagi qonunda taqiqlanmagan boshqa turdagi tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidirlar.
O‘quvchilar va talabalardan ta’lim uchun haq undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi.
Quyidagilar, chunonchi:
tuzilgan shartnomalarga, shu jumladan ajnabiy davlatlar bilan tuzilgan shartnomalarga binoan xodimlar taiyorlash, ularning kasb-kor malakasini oshirish va ularni qayta taiyorlashdan olingan mablag‘lar;
ta’lim sohasida qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar;
ta’lim muassasalari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarning buyurtmalari bo‘yicha bajargan ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar uchun olingan mablag‘lar;
o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari, korxonalari, sexlarining va ta’lim muassasalari xo‘jaliklar uning mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, ularning binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berishidan olingan daromad yo‘sinidagi mablag‘lar;
mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarining dotatsiyalar, banklarning kreditlari va ssudalari yo‘sinidagi mablag‘lar;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar ixtiyoriy ravishda beradigan pul badallari, moddiy boyliklar pul bilan ta’minlash qo‘shimcha manbalari hisoblanadi.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalari muassislar ta’minotida bo‘ladilar. Bunday muassasalarning davlat standartlari darajasida ta’lim berishni ta’minlayotganlariga qonunlarda belgilangan tartibda mablag‘ ajratilishi mumkin.
43-modda. Ta’limning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi
Ta’lim muassasalariga, shuningdek mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlar, korxonalar va birlashmalarning ta’limni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag‘lariga soliq solish tartibi qonunlar bilan boshqarib, tartibga solib boriladi.
Darsliklar chop etadigan, o‘quv qo‘llanmalari chiqaradigan, ta’lim, muassasalarining ehtiyojlari uchun moddiy resurslar yetkazib beradigan korxonalar va tashkilotlarga qonunlarga muvofiq soliq imtiyozlari beriladi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar jamoat birlashmalari va xususiy shaxslar ta’lim muassasalarini pul bilan ta’minlash uchun tekinga yoki bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar-uchun haq to‘lash tartibida o‘tkazayotgan mablag‘larida soliq solinmaydi, bu mablag‘lar mahalliy ta’lim fondlari va ta’lim muassasalari fondlarida jamlanishi mumkin.
Ta’limga ajratiladigan budjet mablag‘lari va ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘larini tortib olib qo‘yish mumkin emas.
Yil oxirida yuzaga keladigan pul mablag‘lariing qoldig‘i, ular tushgan manbalardan qat’i nazar, olib qo‘yilmaydi va ta’lim muassasalari xohishiga qarab sarflanadi.
VII BO‘LIM. TA’LIM TIZIMIDA XALQARO HAMKORLIK
44-modda. Xalqaro hamkorlik
Ta’lim muassasalari va ta’lim tizimidagi korxonalar qonunlarda belgilangan tartibda ta’limga doir muammolar yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, ajnabiy mamlakatlarning o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, ular bilan birgalikdagi o‘quv yurtlari ochish huquqiga egalar.
Ta’lim tizimining muassasalari va tashkilotlari qonunlarda nazarda tutilgan doirada tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etadilar, valyuta schyotlariga ega bo‘lishga haqlidirlar.
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Qonunda aytilganidan bo‘lak qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
636-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 342-modda; 1993-y., 6-son, 268-modda)