III . Yangi mavzu bayoni .
Kichik e tovushining talaffuzi va yozilishi ko’rsatiladi , tushuntiriladi. Doskada kichik e harfining yozmacha va bosmacha shaklini yozib qiyoslanadi. Harf yozilishi ko’rsatilgandan so’ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi .
Ee harflariga boshqa harflarni qo’shib, bo’g’in hosil qilish ,yozma shakli ko’rsatib tushuntiriladi . Ee harfiga undosh harflarni qo’shib bo’g’in hosil qilish va yozma shakli ko’rsatiladi .Elak, el, etak, ekin, etik so’zlari yoziladi va o’qiladi . Bu so’z va bo’g’inlar tarkibi tahlil qilinadi .
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi .
Toza bo’lsin deb badan ,
Sovun , cho’tka ol birdan .
Dangasaday ko’rinma ,
Yuvinishga erinma .
Do'stlaringiz bilan baham: |