III.Yakuniy qism:
1-boshlovchi:
Yangi yil keltisin sizlarga zafar
Yangi yilda yana gullasin diyor.
Har bir xonadonga rizqu ro`z to`lsin,
Barcha insonlarning iqboli kulsin.
2-boshlovchi:
Istiqlol kulsin qolsin abadiy
Degaymiz yangi yil bo`lsin omadli.
Bugungi shodliklar tark etmay bizni,
Ollohim mo`l qilsin nasibamizni.
Mavzu xulosalanib,o`quvchilarni rag`batlantirish
MMIBDO‘: ___________________
Sinf rahbar: ___________________
Sana:_________________
Mavzu:Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: plakatlar,devoriy gazeta,slayd,bayramona ko`rinish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni mashg`ulotga hozirlash
II.Asosiy qism:
O`qituvchi: Mana bugun mustaqil O`zbekistonimiz Qurolli kuchlarining jasur va mag`rur askarlarining bayramlari.Qurolli kuchlarimiz davlatimiz xavfsizligi va tinch hayotini ta`minlaydi.Yurt tinchligi-vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog`liqdir.
Sizlarga ma`lumki, O`zbekiston o`z mustaqillilgiga erishgandan so`ng,birinchi navbatda mamlakat tinchligini maqsad qilib qo`ydi.
Shu sababli 1992-yil 14-noyabr kuni Qurolli kuchlarni birlashtirish hamda, O`zbekiston Qurolli Kuchlarini tashkil etish haqida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov farmon chiqardi.O`tgan yillar davomida ushbu kun keng miqiyosda bayram sifatida nishonladi.Sizlarni ham ushbu bayram bilan muborakbod etamiz.
O`quvchi:
Ta`rifingdir tillarda doston,
Lol bo`libdi senga keng jahon.
Mehnating –la kun ko`rding har on,
Omon bo`lgin.o`zbegim omon.
Qadamingdan chechaklar unsin
Osmoningda Quyosh,oy kulsin.
Falak senga bosh egib tursin,
Omon bo`lgin oz`begim omon.
O`quvchi:Bilaman,tuprog`in tillolarga teng
Tenglar ichra tengsen, Vatan Onajon.
Tunlari beshikka suyanib aytgan
Onamning sho`x-shodon allalarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |