IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
Sana:__________
6-mavzu: Bir og`iz shirin so`z. (filologiya fani oyligi doirasida) Jamoat joylarida telefondan foydalanish.
Kun shiori: Har so`z ila elga o`lumdinnajot,
Ham so`z ila topib o`liktan hayot. Alisher Navoiy
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, so`zning inson hayotidagi o`rnini to`g`ri tushuntirish, so`z sehriga bo`lgan hurmatni rivojlantirish lozim ekanligini uqtirish .
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish,va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:Ma’naviyat qalbim quyoshi, Tursunoy Sodiqovaning “So`z sehri”, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Ba’zi bir so`zda sehr bordir”
O`qituvchi:
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira, yozuvchi va ma’naviyat targ`ibotchisi Tursunoy Sodiqovaning quyidagi sehrli so`zlaridan o`zlaringga xulosa chiqarib olasizlar degan umiddamiz.
Har qanday odamni o`zingizga qaratishda, turmushingizni qayta yaratishda, atrofga ma’ni va go`zallik nurlarini taratishda so`zga teng keladigan boshqa qurol yo`q! Siz o`zingizdan avval so`zingizni asrang: u-gavhar, tejab ayting, joyini topib ayting, randalab, shibbalab ayting, har bir so`zingiz bir uzukka ko`z bo`lsin!
So`zni chaynamang, ming`irlamang, har bir harfni o`z ohangi, rangi bilan tiniq talaffuz qiling! Quvonchli so`zni quvnab ayting! Xafa so`zni hasrat bilan ayting! “Urg`u” degan oltin tayoqcha bor, kerak so`zni topib tegizsangiz, jumla jaranglab ketadi! Bu degani gapingiz albatta tinglovchining yuragiga yetadi!
Siz avval o`zingizni emas, so`zingizni kiyintiring: odamlarning qulog`ini og`ritmasin, kayfiyatlariga botmasin! Maqsadga so`z bilan yetishni orzu qildingizmi, shunday aytingki, so`zingizni havoday shimirsinlar, gul hidlaganday vujudlari yayrab ketsin.
Topshiriq: “Sahna ko`rinish” mashqi. Bunda o`quvchilar jamoat joylarida telefondan foydalanayotgan holatni ochib beradilar.
(Sahnada o`quvchilarning holati, so`zga qanday urg`u berayotganligiga e’tibor qaratish)
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |