23-modda. Ekologik nazoratni amalga oshirishga aralashishning taqiqlanishi
Ekologik nazoratni amalga oshirishga aralashish, ekologik nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor va vakolatli shaxslarga, jamoatchi inspektorlarga har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
24-modda. Nizolarni hal etish
Ekologik nazorat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
25-modda. Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |