Ushbu loyihalashtirilayotgan yoʻl yoqalaridagi hududda umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan xonalik xonadonda nafar oila yashaydi. Ularning ayrimlariga xonali kvartira olib berildi



Download 17,27 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi17,27 Kb.
#412775
Bog'liq
Fuqarolik 3-kazus


3-kazus

Zamonaviy talablarga javob beradigan Toshkent-Buxoro shaharlari yoʻnalishi boʻyicha avtomagistral yoʻli qurilishi munosabati bilan Navoiy viloyatida loyihalashtirilayotgan yoʻl yoqalaridagi fuqarolarga tegishli boʻlgan uy-joylar va xoʻjaliklar joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi firmalarga qarashli binolarni ham buzishga toʻgʻri keldi va bu haqda hokimning qarori qabul qilindi.


Navoiy viloyati hokimligi xodimlari mazkur avtomagistral yoʻli oʻz vaqtida qurib bitkazilishi zarurligini taʼkidlab, evaziga ushbu uy-joy va yer uchastkalarining oʻrniga uning qiymatiga teng keladigan miqdorda mablagʻ yoki boshqa hududdagi tayyor uy-joy va yer uchastkalari ajratilishini bildirishdi.
Ushbu loyihalashtirilayotgan yoʻl yoqalaridagi hududda umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan 8 xonalik xonadonda 4 nafar oila yashaydi. Ularning ayrimlariga 2 xonali kvartira olib berildi. Qolganlariga esa, hozircha boshqa mulk olib bera olmasligini maʼlum qildi.
Loyihalashtirilayotgan yoʻl yoqalaridagi hududda joylashgan firmalarga esa, ularning binolarining balans qiymati miqdoridagi nisbatan arzon qiymatdagi haqni toʻlanishini maʼlum qilishdi. Ushbu holatdan fuqarolar va tadbirkorlar norozi boʻlishdi.
Savol: Mazkur ish boʻyicha viloyat hokimining qarori ustidan manfaatdor shaxslar sudga murojaat qilishlari mumkinmi? Agar mumkin boʻlsa, ish qanday hal qilinadi? Fuqarolik munosabatlarida davlat ishtirokining huquqiy maqomi qanday? Vaziyatga huquqiy baho bering.
Kazusning mohiyatini to`liq anglashimiz uchun biz, avvalo, Fuqarolik Kodeksiga murojaat qilib mol-mulkni qanday usullarda mulkdordan olib qo`yilishini bilib olishimiz kerak. Ushbu holat Fuqarolik kodeksining 199-moddasida o`z aksini topgan bo`lib, “mol-mulkni mulkdordan olib qo`yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida olib qo`yiladi. Zamonaviy talablarga javob beradigan Toshkent-Buxoro shaharlari yoʻnalishi boʻyicha avtomagistral yoʻli qurilishi uchun yer uchastkalarining olib qo`yilishi esa natsionalizatsiya deb ataladi. Ya`ni fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to`lash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o`tkazishdir.
qanday hollarda binolarni buzishga ruxsat etilishi mumkinligini bilib olishimiz kerak. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga asosan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish, ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni berish, xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish, foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish, avtomobil yo‘llari(temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellar, energetika tizimi obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari)ni qurish uchun olib qoyiladi. Olib qo`yish jarayonida fuqarolar Fuqarolik Kodeksining 172-moddasiga muvofiq davlat organlari, mansabdor shaxslar va hokimiyat vakillari bilan kelishishga majbur. Chunki mulkdor o`zining ustunlik mavqeini suiste`mol qilishga, boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi shart. Yuqoridagi nizomda ko`rdikki davlat manfaati uchun olib qo`yilishi rejalashtirilgan obyektlar faqatgina eng zarur hollardagina buziladi. Shunday ekan fuqarolar o`z “aktiv fuqarolik pozitsiyasi”ni namoyon etgan holda davlat oldidagi burchini bajarishi lozim.
Olib qo`yishdan 6 oy avval ogohlantiriladi va so`nggina buzishga kirishiladi. Tegishli qarorlar nusxalarini bildirishnomaga ilova qilgan holda, buzish boshlangungacha 6 oydan kechikmay, imzo qoʻydirib uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar mulkdorlarini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi shart. Mulk huquqi bekor qilinganda olib qo`yilayotgan mol-milkning qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, baholovchi tashkilot tomonidan mulk huquqi bekor qilingan paytda belgilanadi. Olib qo`yilgan mol-mulkning qiymatini mulkdorga to`lash bahosi haqida mulkdor sudga e`tiroz bildirishi mumkin. Mulkdor mol-mulkning olib qo`yilishi munosabati bilan

Qaror qabul qilingandan keyin yuqorida koʻrsatib oʻtilgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar “boshqa shaxslarga” berilishi mumkin emas. Boshqa shaxslarga berish vakolatli organlarning o`z vakolatini suiste`mol qilishi deb baholanadi.


“Turar joylarni yashash uchun mo`ljallanmagan joylarga o`tkazish kimning vakolariga kiradi?” – degan savolga esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvarda kuchga kirgan “Uy-joy fondini davlat yo`li bilan hisobga olish to`g`risida”gi qaroriga asosan bilib olishimiz mumkin. Shu qarorga asosan hokim qaror chiqargan. Ushbu qarorning ijrosini ta`minlash maqsadida 2006-yil “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan.
Qaror asosida tasdiqlangan Nizomda yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qoʻyish tartibini, shuningdek yer uchastkalari davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buzilayotgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlar va koʻchirib tashlangan dov-daraxtlar uchun fuqarolarga va yuridik shaxslarga toʻlov miqdorini hisoblab chiqish tartibini belgilangan. Yer egasining roziligi bilan albatta. Mulkdorning roziligisiz hech qaysi mansabdor shaxs ko`chmas mulkni o`zboshimchalik bilan buzib tashlashi mumkin emas. Konstitutsiyamizning 27-moddasida va Fuqarolik Kodeksining 166-moddasida mulk daxlsizligi belgilab qo`yilgan. Mulkdorning mol-mulkini olib qo`yishga va uning huquqlarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo`l qo`yiladi.
Yer uchastkasi yoki uning bir qismini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijaraga oluvchi bilan kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi. Bu uchun tuman, shahar hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori boʻyicha yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asos qilib olinadi. Qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalarida uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarning asossiz buzilishiga va dov-daraxtlarning koʻchirib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻzboshimchalik bilan barpo etilgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar va inshootlar qiymati toʻlanmaydi.
Yer uchastkalarini olib qoʻyish kompensatsiyaning quyidagi turlari berilishi sharti bilan amalga oshiriladi:
fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan boshqa teng qiymatli obod turar joyni mulk qilib berish va dov-daraxtlar qiymatini toʻlash;
buzilayotgan uylar, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymatini fuqarolarga toʻlash, shuningdek, yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash;
yer uchastkasini oʻzlashtirish davrida ikki yilgacha muddatga ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berib, buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati toʻliq toʻlangan hamda yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan boshqa zararlarni qoplagan holda, fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi berish;
davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yuridik shaxslarga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk berish yoki koʻchmas mulkning bozor qiymatini va yetkazilgan zararlarni qoplash;
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zararlarni toʻlaligicha qoplash;
fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli buzilishi kerak boʻlgan uylar, imoratlar va inshootlarni koʻchirish va yangi joyda tiklash, shuningdek, yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash;
yangi joyda uylar, imoratlar qurish hamda ularni fuqarolar va yuridik shaxslarga mulk qilib berish, shuningdek, yer uchastkasini olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash.
Berilayotgan turar joyning teng qiymatga egaligi mulkdorning buzilayotgan uy-joyi (kvartirasi) narxiga teng miqdorda belgilanadi. Zarurat tugʻilsa, mulkdorga tafovut toʻlanadi.
Ayrim hollarda, buzilayotgan uy (kvartira) egasining roziligiga koʻra tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tegishli qarorda uylarni topshirishning aniq muddatini koʻrsatgan holda qurilayotgan uylardan turar joy beradilar.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda yana bir narsani e`tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. Olib qo`yuvchi taraf kompensatsiya to`lab bermaydigan vaziyatlar ham bo`lishi mumkin. Fuqarolar va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan buzilishi lozim boʻlgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari, boshqa imoratlar va inshootlar ularning xohishiga koʻra koʻchirilishi va yangi joyda tiklanishi mumkin. Bunda uylar, imoratlar va inshootlarning qiymati pul bilan qoplanmaydi. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim boʻlgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun ularning xohishiga koʻra yangi joyda uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlarning qiymati pul bilan qoplanmaydi.
Yuqoridagi bosqichlar amalga oshirilganidan so`ng Fuqarolik Kodeksining 197-moddasiga muvofiq mulkdorlarning mulk huquqi tugatiladi.
Download 17,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish