baxt bu natija emas
– jarayondir
. Istakka
erishishning o’zidan ko’ra, unga borish yo’lidagi qadamlar baxtning
yuqoriroq
cho’qqilari, umrning mazmuni. Axir, asl baxt natija bo’lgan
o’lim
emas
– ungacha boradigan safar yo’li bo’lmish
hayotdir
.
Ha, yana bir gap
– sizga men bilan kiitob orqali suhbat
qilayotganingizda o’zingizni yomon his qilsangiz, bu suhbatdan voz
keching deb bejiz aytmayma
n. Bu o’zimni katta olganimdan yoki sizni bu
narsalarni tushunishga noqodir deb bilganimdan emas. Shunchaki, bu
kabi kitoblarni o’qish sizning istaklaringizga zid bo’lishi mumkin – men esa
sizni asl istagingizga va natijada
o’z baxtingizga olib boradigan
y
o’lingizdan chalg’itmoqchi emasman. Bor-yo’g’i shu.
Bu suhbatlardan men sizdan ko’ra ko’proq yangi ilm o’rganishim
yodingizda bo’lsin. Siz menga men sizga o’rgatgandan ko’proq narsalarni
o’rgatasiz – garchi buni ba’zida bilmasangiz ham...
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
8
DUSHANBA
Shaxsiyat
Tabiiy va orttirilgan
Bugun men sizga
shaxsiyatimiz o’zagida turadigan tushuncha haqida
aytib bermoqchiman. Siz bugun ong va uning tarkibiy qismlari bilan
yaqindan tanishasiz. Avvaliga
ong nima ekanini tahminan bo’lsa ham bilib
olaylik.
Ong
– biror jarayonni kuzatish, anglash va unga tegishli munosabat
bildirish qobiliyati. Qorin ochsa
– ovqatlanish, charchalsa – dam olish,
xavf
tug’ilsa – himoyalanish yoki qochish kerakligini aytib turadigan
“maslahatchi” – bu ong.
Odamni boshqa mavjudotlardan farqlash u
chun uni “ongli mavjudot”
deb atashadi
– bu bir oz noto’g’ri. Barcha tirik mavjudotlarga ong berilgan
– tabiat barcha tirik organizmlarni yashab qolishi va o’zidan nasl qoldirishi
uchun zarur bilimlar zaxirasi bilan taqdirlagan. Daraxt ham qachon kurtak
yozib, qachon gul ochishni, qaysi payt meva tugib, qachon ularni yerga
to’kishni biladi. U ham atrofni kuzatishni, u yashayotgan muhitdagi
o’zgarishlarga monand xatti-harakat qilishni uddalashi uchun ong bilan
yaratilgan. Yovvoyi kiyik ham bir marta xavfga duch kelgan joyiga qaytib
bormaslikka, borsa ham ehtiyot bo’lish kerakligiga ongi yetadi.
Ong o’z faoliyatini olib borishi uchun unga atrof muhitdagi jarayonlar
haqida ma’lumotlar zarur bo’ladi. Tirik organizmlarda bu ma’lumot
ta’minoti turli xil sezgi organlari orqali amalga oshiriladi. Faqat, u turli
jonzotlarda turlicha bo’ladi – biriga kuchli hid bilish qobiliyati berilgan
bo’lsa, boshqasiga o’tkir ko’z berilgan bo’ladi. O’simliklarda harorat,
yorug’lik, havo namligi va boshqa nozik belgilar o’zgarishini aniq sezish
qobiliyati bor.
Ong aynan shunday sezgilar orqali olingan ma’lumotni
qayta ishlaydi va shunga qarab ish tutadi.
Biz odamlar ham bundan mustasno emasmiz
– bizning ongimiz ham
xuddi shu tamoyilda ishlaydi. Ammo boshqa jonzotlardan bizning bir
farqimiz bor
– bizning ongimiz ozgina murakkabroq tuzilishga ega. Bizning
sezgilarimizdan kelayotgan ma’lumotlar ongimizga borishida bir vositachi
ishtirok etadi
– bu, albatta, aql. U ma’lumotlar oqimini tinimsiz kuzatib,
taftish qilib, saralab, baholab, boshqarib turadi.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
9
Odamzodga tabiat muvazanatni tiklash uchun aql ato etgan.
O’z
mavjudligining
boshida
odamzodning
hech
bir
sezgisi
boshqa
mavjudodlarnikichalik kuchli bo’lmagan. Bu ibtidoiy odamning tirik qolishi
uchun yetarli emas edi
– kerakli holatda zarur qaror qabul qilish uchun
inson ongiga yetarlicha ma’lumot yetkazilmagan. Shu taqchillikni to’ldirish
uchun bizga sezgilarimiz
dan kelayotgan oz ma’lumotni tahlil qilib, undan
qaror qabul qilish uchun yetarli xulosani chiqarib beradigan “moslama”
berilgan.
Kiyikning eshitish qobiliyati ancha kuchli
– u atrofida biror keskin
tovush eshitsa, orqa-ketiga qaramay qochadi. Bunda uning eshitish
sezgisidan kelgan ma’lumot to’g’ridan-to’g’ri uning ongiga boradi va u
ehtimoldagi xavfdan uzoqlashishga qaror qiladi. Vaholanki, bu tovushni
kiyik uchun beozor biror
jonzot keltirib chiqargan bo’lishi mumkin. Yoki
aytaylik, qurigan daraxt shox
i sinib tushgan bo’lishi ham mumkin.
Odamning eshitish qobiliyati kiyiknikichalik emas. Biroq atrofida biror
tovush eshitsa, u darhol qochishga tushmaydi
– uning quloqlari ilg’agan
tovushni avval uning aqli tahlil qilib beradi. Keyin shu tahlil natijalari ongga
qaror qabul qilish uchun yetkaziladi. Bu jarayon juda tez kechadi. Shuning
uchun aql eshitilgan tovushni xavf belgisi deb baholasa, ong kerakli
choralarni ko’rish uchun tanaga buyruq berishga ulguradi.
Inson aqli rivojlanib borgani sari, u o’ziga xos muammolarni ham
keltirib chiqargan. Eng birinchi, aql turli sezgi organlariga turlicha
ahamiyat bera boshlagan (shu yerda ham muhimlik!)
– u o’zi uchun qulay
bo’lgan sezgilarni yuqori qo’ygan va ong e’tiborini shu sezgilardan kelgan
ma’lumotlarga qaratgan. Masalan, odam atrofdan ma’lumot olishda
ko’proq ko’zlariga tayana boshlagan. Bunga sabab ko’rish orqali olingan
tasviriy ma’lumotni qayta ishlash oson ekanidir. Odamzod boshqa
sut
emizuvchilar kabi to’rt oyoqda emas, ikki oyoqda qaddini tik tutib yura
boshlagan. Bu atrofni uzoqroq masofada kuzata olish imkonini bergan.
Ko’proq ma’suliyat ko’rish qobiliyatiga topshirilgandan keyin boshqa
sezgilar kam ishlatila boshlagan va vaqt o’tishi bilan ular yana ham
susaygan. Masalan, boshning yerdan uzoqlashishi sabab, hid bilish
qobiliyat
i deyarli kerak bo’lmay qolgan.
Bugungacha biz asosan ikki sezgi a’zoga tobemiz – ko’z va quloq.
Boshqa s
ezgilar susayishi yoki yo’qotilishi bizda ko’rish yoki eshitish
qobiliyat
ini yo’qotish kabi katta xavotir uyg’otmaydi.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
10
Odamzodda ham, boshqa tirik mavjudodlarda ham tabiatdan
berilgan boshlang’ich bilim bo’ladi. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |