Ushbu kitob mazmuni bilan tanishish sizning ma’naviy sog’lomlashishingiz uchun xizmat qilishi mumkin. Faqat, haqiqatlar nisbiy ekanini bilib yashashni istamagan odamlarga uni tavsiya qilmang



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana13.04.2022
Hajmi0,92 Mb.
#548372
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
7 qadam 2 qism

Qulog’im sizda 
O’zaro munosabatlarga bag’ishlangan bo’lim so’ngida hammamiz 
(mayli 
– deyarli hammamiz) yo’l qo’yadigan bir xato haqida so’z 
yuritmoqchiman. Odamlar bilan munosabatlarda bizga halal beradigan 
odatimiz 
– tinglashni bilmasligimizdir. Eshitishni emas – aynan 
tinglashni
bilmasligimiz. 
Odamlar aytmoqchi bo’lgan gaplarini tinglay olish qobiliyati – noyob 
iste’dod. Shaxsiy muhimlik tuyg’usi avj olgan bugungi zamonda hamma 
aytmoqchi bo’lgan gapini aytishga oshiqadi – hech kim o’sha gaplarga 
quloq solishni istamaydi. Shuning uchun tabiatdan tinglashga moyil 
odamlar har doim ardoqdalar va ular hech qachon e’tiborsiz qolmaydilar. 
Bunaqa sergaplik odamlarda qayerdan kelib chiqqan? Buning sababi 
juda oddiy. Odam aqli tinimsiz 
o’zi bilan o’zi suhbatlashadi – 
xayol
laringizga e’tibor bering va bunga amin bo’lasiz. Lekin aqlga uni 
shaxs o’zi eshitgani kamlik qiladi – u boshqa shaxslar ham uni 
eshitishlarini, uning fikrlarini tasdiqlab turishlarini istaydi. 
Sizdan biror masalada mas
lahat so’ragan odam suhbat davomida 
sizdan ko’proq gapirsa – hayron bo’lmang. Bu tabiiy hol – biz aqlimiz 
fikrlariga boshqalarning munosabatini bilish uchun kimgadir maslahat 
solamiz. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, maslahat so’ragan odamga 
eng yaxshi yordam 
– unga hamma aytmoqchi bo’lgan gaplarini aytib 
olishga imkon berish. 
Odam diqqat bo’lganda ham kim bilandir gaplashgisi keladi. Bu og’ir 
vaziyatni xayolida tinimsiz ay
lantirib, dardni og’irlashtirayotgan aqlni shu 
mashg’ulotdan chalg’itish ehtiyojidan kelib chiqadi. Odam uning uchun 
yoqimsiz bo’lgan mavzuga qayta-qayta e’tiborini qaratayotgan aqliga 
boshqa tashvish berib qo’yish ilinjida kimningdir suhbatiga intiladi. Bunday 
holatda ham odamga eng ma’qul yordam – uni tinglash. 
Shaxslar 
o’rtasidagi 
munosabatlarni 
yaxshilashda 
tinglash 
qobiliyatining yana bir foydali jihati bor. U har qanday shaxsiyat egasining 
sizga bo’lgan hurmat va ishonchini oshiradi. Kuchli shaxs egasi uni 
tinglagan odam unga, uning shaxsiyatiga ko’rsatayotgan e’tiboridan 
mamnun bo’lsa, muhimlik ergashchisi uning muhimligini tasdiqlagan 
odamga bog’lanib qoladi. Ishoning – tinglash orqali deyarli har qanday 
odamni o’z do’stingizga aylantirishingiz mumkin. 


Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz 
71
Tinglashning shaxsiy rivojlanish uchun tengi yo’q hissasi ham bor. 
Odamlarga quloq solish 
– hayot va odamni o’rganishning eng oson va 
tezkor usullaridan biri. Men ham juda ko’plab odamlarning xatlari asosida 
to’plangan bilimlarni ulashish uchun kitob yoza boshlaganman. 
Birovni eshitayotgan odam o’zida asta-sekin sergaklikni rivojlantirib 
boradi. Chunki xayol surish va gapirishda uncha katta sergaklik talab 
etilmaydi, lekin boshqalarning gapini eshitishda biz nisbatan sergak 
turgan bo’lamiz. Agar odam bu jarayonni aynan hayotni o’rganishga 
qaratsa 
– unda uning sergakligi yana ham ortadi va u har qanday 
odamning har qanday gapidan foydali xulosa chiqara oladi. 
Tinglash haqida sizga bir sirni ochib qo’yay: 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish