Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
23
Lekin, nimagadir, biz hayotimizdagi odamlar va qadriyatlar bilan ham
xuddi
shu yo’sinda ish tutamiz. Bizga kerakli va qadrliligiga qarab biz
muomala
da bo’ladigan shaxslar shunday tokchalarga saralangan bo’ladi.
Bu bizga nimaga kerak ekan? Tez-
tez “ishlatib” turadigan odamlar “qo’l
ostida” bo’lishi uchunmi? Yoki umuman “ishlatilmaydigan”larini ko’zdan
nari qilish uchunmi?
Bu sinflarga ajratish o’sha odamlarni bir-biri yoki o’zimizga taqqoslash
yo’li bilan amalga oshiriladi. Kimdir bizga yoki kimgadir nisbatan aqlliroq,
boyroq, obro’liroq, kuchliroq yoki qandaydir boshqa afzallikka ega –
demak, o’sha kimdirning bahosi va ahamiyati yuqoriroq. Ha bunisi esa
hech bir ustunlikka ega emas
– uning borligini va munosabatini uncha
muhim hisoblamasa ham bo’laveradi.
Taqqoslash yakka odamda shaxsiy muhimlik tuyg’usini avj oldirsa, bir
guruh odamlarda o’ziga xos
ijtimoiy muhimlik tuyg’usini
rivojlantiradi. Bu
bir gu
ruh yoki toifa odamlari boshqa guruh yoki toifadan o’zlarini
yuqori
hisoblashlariga olib keladi. Mahalliychilik, millatchilik, irqchilik va boshqa
har qanday turdagi ayirmachilik ana shunday ijtimoiy muhimlik tuyg’usidan
kelib chiqadi.
Milliy g’urur degan juda nozik tushuncha bor. Uni har xil odam turlicha
tushunadi. Lekin kim nima deb tushinishidan qat’iy nazar, agar milliy
g’urur o’z millatini boshqa elatlarga taqqoslash asosida shakllantirilgan
bo’lsa – bu milliy g’urur emas. Bu milliy muhimlik, bu – milliy manmanlik.
Siz o’z millatingizdan faxrlanishingizga uni boshqa millatlardan ustun
hisoblashingiz sabab bo’lmasligi kerak. Agar shunday bo’lsa – Adolf
Gitlerdan ko’p narsa o’rgangansiz demak.
O’z millatidan faxrlanish uchun taqqoslashsiz ham asos juda yetarli.
Avvalo, men shu millat yashaydigan go’zal va men uchun qadrli zaminda
dunyoga kelganim. O’z qarashlarim va orzularimni shu millat tilida aytishni
o’rganganim. Shu millatning bunyodkor bo’lishga
undaydigan madaniyati
va urf-
odatlari ta’sirida o’sib-ulg’ayganim. Va boshqa ko’plab asoslar. Agar
o’ylasa, qaysidir millat vakili bo’lishdan g’ururlanish uchun qiyoslashsiz
ham ko’plab asoslar topsa bo’ladi.
Lekin, bundoq olib qarasa, sizga o’z millatingizdan faxrlanish uchun
asos bo’lishi shartmikan? Shunchaki, shu millat vakili bo’lib tug’ilganingiz
yetarli emasmi? Agar millatingizni shartsiz seva olsangiz
– ana shunda
shu millatning asl vakiliman deb g’ururlanishga to’la asosingiz bo’ladi.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
24
O’z millatini shartsiz seva bilmagan va o’z millatidan uyaladiganlar
ham bor. Bu tanganing boshqa tomoni
– o’z millatidan norozi bo’lish ham
uni boshqa elatlarga taqqoslash natijasida kelib chiqadi. Qaysidir
millatning o’zlariga yoqqan odatlarini o’z millatida topa olmagan (yoki eng
yomoni, ko’ra bilmagan) odamlar bilan hamsuhbat bo’lganman. Ular
odamlarda ham, butun bir millatlarda ham
zamon taqazosi bilan mavjud
bo’lgan kamchiliklarni boricha qabul qila olmaydilar.
Milliy muhimlikka o’xshab, irqiy muhimlik, mahalliy muhimlik
(shaharliklar qishloqliklardan o’zlarini muhim hisoblashlari yoki aksincha
qishloq aholisining shaharliklarga salbiy munosabati) kabi holatlar ham
ko’plab noma’qul natijalarga olib keladi. Diniy muhimlik haqida esa
umuman gapirmagan ma’qul – o’tmishda Usmonli turklarning Yevropa
xalqlariga qilgan zug
’umlari-yu, Salb yurishi ritsarlari
musulmon xalqlari
boshiga solgan kunlar bu turdagi muhimlik nimalarga qodir ekanini
ko’rsatib ulgurgan.
Aslida taqqoslashning olib boradigan faoliyati juda kulgili
–
muhimlikka xizmat qilgan har qanday holat kulgili. Birinchidan, taqqoslash
orqali berilgan baho nisbiy bo’ladi. Biz bugun kimnidir biz uchun kerakli va
muhim hisoblashimiz mumkin. Lekin ertasiga undan ham kuchliroq
shaxsni uchratamiz va muhimlik tokchalarimizdagi tartibni boshqatdan
tuzib chiqishga to’g’ri keladi.
Yuqoridagidan taqqoslash bergan soxta baholarning ikkinchi ojizligi
kelib chiqadi
– bu baholar mustahkam va doimiy bo’lmaydi. Ba’zida
hayotiy vaziyatlar muhimlik jadvalimizni buzib yuboradi
– ilojsizlikdan eng
quyi tokchadagi odamga
yordam so’rab murojaat qilishga majbur bo’lib
qolishimiz mumkin. Yoki biz
yuqori tokchada asrab-avaylab, har kuni
“changini artib” turgan odamlar zarur paytda bizga pand berib qolishi
mumkin. Bunday holatlarda har xil odam har xil yo’l tutadi: muhimligi juda
kuchli odam bir-ikki kun jizzakilanadi-da, keyin muhimlik jadvalini
qaytadan tuzadi; muhimlikdan naf yo’qligini anglagan shaxs esa mutlaqo
taqqoslash va baho berishdan voz kechadi.
Taqqos
lab baho berishdan qutulish uchun tag’in sergaklikni oshirish
darkor. Umuman, muhimlikka qarshi kurashda sergaklikni odat qilgan
yaxshi. Sergaklik bizga bu dunyoda har kim va har narsaning ahamiyati
teng ekanini eslatib turadi. U yoki bu narsa yoki shaxsga yuqori yoki past
muhimlik berib, biz muvozanatni buzamiz
va albatta, buning uchun javob
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
25
beramiz. Biz bilan sodir bo’ladigan ko’ngilsizliklarning barchasi muhimlikka
ergashib, muvozanatni buzganimiz natijasidir.
Bu dunyoda har kim o’ziga xos qilib yaratilgan. Odamlar shunchalik
turli xil qilib yaratilganki, ularni umumiy mezonlarga solib baholash,
kerakli-
keraksizga ajratish faqatgina shaxsiy o’sishdan to’xtab qolgan
odamning yashash tarziga singib qolishi mumkin. Siz bilan biz esa yuksak
ma’naviyatli shaxs bo’lishga intilmoqdamiz. Shunday ekan, taqqoslab
bo’lmaydigan
qadriyatlarni
qiyoslashga
urinib
yashash
bizga
kerakmikan?..
Do'stlaringiz bilan baham: