1-javob:
«Tasavvuf» so‘zining lug‘aviy va istilohiy ma’nolari. Mumtoz adabiy asarlar bilan tanishish jarayonida shunga amin bo‘lamizki, tasavvuf ta’limoti musulmon mintaqa mamlakatlari ijtimoiy va ma’naviy hayotiga chuqur kirib bordi hamda fan, madaniyat va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. XI asrdan boshlab Sharqning deyarli barcha nufuzli shoir va yozuvchilari, mutafakkir va olimlari tasavvufdan oziqlanib, uning insonparvarlik va haqsevarlik g‘oyalaridan ruhlanganlar. SHuni nazarda tutib, atoqli olim E.E.Bertels o‘tgan asrning boshidayoq qayd etgan edi: «Tasavvuf adabiyotini o‘rganmasdan turib, o‘rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin emas…bu adabiyotdan xabardor bo‘lmasdan SHarqning o‘zini ham anglash qiyin». (Bertels E.E. Sufiyzm i sufiyskaya literatura. M., «Nauka», 1965, 54-bet)
Hazrat Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiyga bag‘ishlangan «Hamsatul-mutahayyirin», kitobida esa suyukli do‘sti va mehribon ustozining falsafiy qarashlarini ko‘rsatib bunday deb yozadi: «YAna bir tasavvuf masoili istilohotin andoq takmil qildilarkim, o‘tgan mashoyix va avdiyoullohning rasoil va qutbidinkim g‘oyatiy iyhomdin ul SHarif ilmning idrokidin ko‘proq tolibi nomurodlar mahrum , balki oriy erdilar -ul ilmni o‘z risola va kitoblarida xo‘broq alfoz va ado bila ul nav’ tasniflar qildilarkim, ko‘proq faqirlar aning mutolaasidin hazz topib bahramand bo‘lurlar».
Ushbu iqtibosning hozirgi o‘zbek tilimizga tadbili:
«Tasavvuf masalalari, atamalarini shunday mukammal qildilar, o‘tgan shayxlar va avliyolarning xatlari va kitoblarini, ularning g‘oyat tushunilishi og‘ir ekani tufayli ko‘p o‘quvchilar undan bahrasiz qolar edilar , bu ilmni o‘z risola va kitoblarida yaxshi so‘zlar bilan birma - bir ajratib berdilar, ko‘p bechoralar uni o‘qib, bahra topdilar».
Hazrat Alisher Navoiyning ushbu fikrlari nihoyatda keng ma’noga ega. Jumladan, u tasavvuf ta’limotining O‘rta Osiyo, Eron zamin, Hind diyorlarida keng yoyilganligi va ijtimoiy tafakkur tarixida bosh o‘rin tutganligidan darak beradi.
Filologaya fanlari doktori I. Haqqulov tasavvufning ko‘p qirrali ta’limot ekanligi xususida fikr yurita turib shunday yozadi: «Rus olimi I.M.Petrushevskiyniig qayd qilishicha, ingliz sharqshunosn R.Nikolson X asrgacha bo‘lgan yozma manbalardan tasavvuf, ya’ni so‘fizm tushunchasining 78 ma’nodagi talqinini aniqlagan ekan».
2-javob:
Tasavvuf so‘zining lug‘aviy ma’nosi xususida ham bir necha qarashlar mavjud. Tadqiqotchilar uni quyidagicha sharhlaydilar:
*Arabcha «suf»dan kelib chiqqan bo‘lib, yung (mato —xirqa degan ma’noni bildiradi. Bu haqda «G‘iyosul lug‘ot»da shunday yozilgan: «So‘fiy-xirqapo‘shdir, zeroki, yung suf deyiladi; fuqaroning istilohida o‘z diliga nigoh qaratgan, xayolini Haqdan boshqa barcha narsadan poklagan kishi so‘fiy deb ataladi».
*YUnon tilidagi «safos»- donishmand so‘zidan olingan.
*A.A.Krimskiy yozadi: «So‘fiy VIII asrning o‘rtalaridan boshlab tadbiq etila boshlagan va u asosan komil e’tiqodli musulmon darvishlarga nisbatan qo‘llanilgan.
*So‘fiy so‘zi etimologik mohiyatidan mahrum, deb qaraladi va «suf»ning har bir harfiga quyidagicha izoh beriladi: «S» - sadoqat, siyonat, salo’ - chaqiriq, murojaat; «V» - vasl, vajd, (shavqu zavq holati; hayajon), vafo: «f»-farah, fataha, daraja.
*Abu Rayhon Beruniy yozadi: «Odamlar «so‘fiy» so‘zida tortishib, qadimdan turli fikrda bo‘lishib, uni «suf», ya’ni «jun» so‘zidan olingan deb gumon qiladilar. Men so‘fiy so‘zini «sofin», ya’ni sof, sodda yigitdan boshqa narsa deb bilmayman. SHunday qilib, o‘sha «sofiy» lafzi xato yozilib, «so‘fiy» lafziga aylanib ketgan. Nihoyat bu so‘z bizga ma’lum so‘fiylarga laqab bo‘lgan. (Abu Rayrxon Beruniy. Hikmatlar. Toshkent, 1973, 41- 42-betlar).
*Tasavvufdagi suhravardiya tariqatining asoschisi SHahobiddin Abulhafz Umar ibn Muhammad Suhravardiy (1114—1234 ) «Avoriful - maorif» nomli asarida qayd etishicha, «so‘fiy» — turkcha so‘z. Suhravardiy yozadi: «...«so‘fiy» «Qur’on»da yo‘q va bu so‘z turkiydir. Islom mamlakatlarining ikkala qismida ham — SHarqdagidek G‘arbda ham bu so‘zdan bexabar bo‘lishgan». Suhravardiy «so‘fiy» ma’nosini sharhlamagan. Ozar olimi A.Q.Aliev «Suhravardiya tariqati to‘g‘risida qaydlar» nomli maqolasida shu muammo haqida yozadi : «Suf» «suv» so‘zidan yaralgan».
*Alisher Navoiyning zamondoshi, do‘st va muxlisi Husayn voiz Koshifiy «Futtuvvatnomai sultoniy» risolasida «so‘fiy» «so‘zining har bir harfiga quyidagicha izoh beradi: «S - ko‘ngil xilvatxonasini omon saqlash, ya’ni ko‘ngil rozidan faqat do‘st (Alloh) ogoh bo‘lsin. O‘ - sirning muhofazasi, ya’ni o‘z sirini shunday saqlasinki, shaytonning g‘oratgar qo‘li unga etmasin. Bu martabadan maqsad ixlosdir. F – fayz olmoq va fayz etkazmoq, ya’ni ma’rifatda o‘zidan afzal kishilardan bahra olmoq va o‘zidan noqis kishilarga bu ma’rifatni etkazmoq: ulug‘lardan bahramandlik va noqislarga foyda etkazish...Va, nihoyat, Y - yaqin, ya’ni shaksiz ishonch - e’tiqodga erishish» (20). «Axloqi Muhsiniya», «Anvori Suhayliy», «Risolan Hotamiya», «Lavome’ ul-qamar», «Lubbi lubobi Masnaviy», «Mahbub ul-zuhal», «Badoe’ ul-afkor fi-sanoe’ ul-ash’or»,«Tafsiri Husayniy», «Javohirut —tafsir» kabi nodir kitoblar muallifi Husayn Voiz Koshifiy «tasavvuf» so‘zining islomdan oldingi zamonda ham bo‘lganligi xususida xabar beradi. «Unsul so‘fiya» kitobi ma’lumotlariga tayangan olim birinchi bo‘lib «so‘fiy» degan nomni olgan inson Odam ato farzandlaridan biri - SHis edi»,— deydi . Uning kiyimlari yashil sufdan bo‘lib, SHisdan keyin yashil jun matodan kiyim kiyib yuruvchilarni «so‘fiy» deb ataganlar. O‘zini so‘fiylar toifasiga mansub deb bilganlar tasavvuf ahli deyilgan.
3-javob:
«So‘fiy» so‘zining kelib chiqishi, lug‘aviy ma’nosi haqida yana boshqa xil fikrlar ham bor. Ko‘pchilik olimlarning xulosasiga ko‘ra, yuqorida qayd qilingan birinchi va oxirgi etimologik ma’no haqiqatga yaqindir.
Tasavvufga berilgan ta’riflar va ularning uyg‘un jihatlari.Tarix sahifalarini varaqlasaq tasavvuf borasida ko‘plab ta’riflar aytilganiga guvoh bo‘lamiz. Bu ta’riflardan umumiy xulosa chiqarib olish uchun ularning eng muhimlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ma’ruf Karhiy (200h – 816m.yilda vafot etgan): «Tasavvuf haqiqatlarni qabul etmoq, insonlarning qo‘llaridagi narsalarga ko‘ngil bog‘lamaslikdir».
Sirri Saqotiy (251h – 865m. yilda vafot etgan): «Tasavvuf uch ma’noni o‘z ichiga olgan atamadir: a) ma’rifatning nuri vara’ning no‘rini so‘ndirmaydi; b) botin ilmiga oid biror so‘zni kitob va sunnatga qarshi ishlatmaydi; v)karomatlarni, sirlarni, Alloh bilan o‘zining orasidagi xos sirlarni elga bildirmaydi».
Junayd Bog‘dodiy (298h – 910m.yilda vafot etgan): «Tasavvuf sendagi «sen»i o‘ldirishi va seni O‘zining nazdida qayta tiriltirishidir».
Abu Amr Ismoil ibn Nujayd (366h – 976m.yilda vafot etgan): «Tasavvuf amr va nahy ustida sabr qilmoqdir».
Abul Havs al Haddod (270h – 883m.yilda vafot etgan): «Tasavvuf batamom odobdan iboratdir».
Abul Husay Nuriy (295h – 907m. yilda vafot etgan): «Tasavvuf nafsning barcha istaklarini va zavqlarini tark etmoqdir».
Imom G‘azzoliy (505h – 1111m. yilda vafot etgan): «Tasavvuf qalbni faqatgina Allohga yo‘naltirib, mosivo – Allohdan boshqa barcha narsalardan butkul aloqani o‘zishdir».
Ibn Holdun (808h – 1405m.yilda vafot etgan): «Tasavvuf ibodatda astoydil davom etmoq, Allohga yo‘nalmoq, dunyoning bezak va yolg‘onchiligidan yuz o‘girmoq, ko‘pchilik e’tibor beradigan zavq, mol-dunyo va shon-shuhratdan ham yuz o‘girish, ibodat uchun xalqdan ayrilib, xilvatga kirishdir».
Abdulbori Nadviy: «Tasavvuf ruhni badaniy foniyliklardan poklab, bezash va botiniy sifatlarida Janobi Payg‘ambarimizga ergashishni o‘rgatuvchi ilmdir».
Abdulhakim Arvosiy: «Tasavvuf shariatning botinidir».
O‘zbek mumtoz adabiyotining atoqli namoyandasi ulug‘ mutasavvif shoir Alisher Navoiy g‘azallaridan birida tasavvufni xilofu ixtilofi bo‘lmagan, riyo va manmanliq da’voyu ta’mani inkor etadigan bir ulug‘ ta’limot, u inson ziynati, tiynatini poklovchi obi hayotdir, deya ta’riflaydi:
Birovga musallam tariqi tasavvuf
Ki, zotiga mavjud emasdur taxalluf.
Tasavvuf rizo ahlidin yaxshi axloq,
Erur istilohoti zebu takalluf.
Tasavvuf emas zuhdu taqvoyu toat
Ki, anda riyo yo‘l topur betavaqquf.
Erur mahz taqvoyu, lekin riyosiz,
Ubudiyati sirfu ayni talattuf.
Ne el qavlu fe’liga andin taaddi,
Ne Haq amru nahyiga andin tasarruf.
O‘zin o‘yla beixtiyor aylabonkim,
Ne qolub taraddud anga, ne taassuf.
Qilib Haq vujudida mahv o‘z vujudin,
Navoiy, muni bil tariqi tasavvuf.
Taxalluf – xiloflik ko‘rsatish, ixtilof, nomuvofiqlik, to‘g‘ri kelmaslik, istilohot – atamalar, terminlar; takalluf – 1. O‘zini kulfatga solish, o‘zini qiynash...2. hashamat, bezak; betavaqquf – to‘xtamaslik; mahz – xolis, sof, nuqul; faqat, faqatgina yolg‘iz, ubudiyat – bandalik, qullik, sirf – zulm, haqsizlik, jabr, jafo, siqish; talattuf – lutf va yumshoqlik bilan muomala qilish, erkalash; qavl - so‘z, gap; taaddi – zulm qilish, tajovuz qilish, haddan oshish; nahyi - man etish, qaytarish, ta’qiqlash; tasarruf – o‘z ixtiyoriga olish, egalik qilish; taraddud – biror masalada biror qarorga kela olmay turish, ikkilanish; taassuf – achinish, afsuslanish, kuyinish.
4-javob:
Ko‘rinib turibdiki, har bir olim tasavvufni o‘z dunyoqarashiga muvofiq tarzda ta’riflagan. Bu tabiiy. Negaki, tasavvuf har bir so‘fiyning ichki olamidagi ruhiy jarayon bo‘lib, yolg‘iz yashash tarzi va hissiyotiga taalluqli fardiy bir sohadir. SHu bois har bir so‘fiy o‘zining hol va maqomiga ko‘ra tasavvufning ma’lum jihatini bayon etganki, bir so‘fiyning tasavvuf haqidagi ta’rifi boshqasinikidan farqli bo‘lishi tabiiydir.
Ta’riflarning farqli bo‘lishi, so‘fiylarning ma’naviy martabalari, tabiati-mashrabidagi farqlar tufayli ham yuzaga kelgan. Sirtdan bir-biridan farqli ko‘rilgan bu ta’riflar diqqat bilan tekshirilsa, har biri tasavvufni to‘g‘ri izohlaganligi va bu ta’riflarning mushtarakligi ravshan ko‘rinadi.Mazkur ta’riflardagi umumiy mushtarak xususiyatlar qo‘yidagilardir:
a) dunyodan yuz o‘girib, qalbni Allohga yo‘naltirish;
b) qur’on va sunnat ko‘rsatgan yo‘lda astoydil ibodat qilib, ruhiyatni soflash;
v) ibodat, zikr, tafakkur, riyozat va mujohada orqali nafsning orzularini nazorat ostiga olish;
g)Haqiqat bilimini qo‘lga kiritib, Allohga etishmoq uchun g‘ayrat ko‘rsatish.
Bir ilm yo‘nalishi sifatida umumiy ta’riflaganda: «Tasavvuf inson qalbidagi yomon sifatlardan xalos bo‘lish choralarini o‘rgatuvchi, qalbdagi ezgu sifatlar va ularni qo‘lga kiritish yo‘llarini ko‘rsatuvchi, ma’naviy martabalarni bosib o‘tib, eng yuksak martaba bo‘lmish komil inson maqomiga erishmoq qoidalarini o‘rgatuvchi va nihoyat, tavhid sirlarini bayon etuvchi bir ilmdir», -deyishimiz mumkin.
5-javob:
Tasavvufning vujudga kelishi tarixi va uning «vatani» xususidagi qarashlar. Tasavvufning vujudga kelish tarixi xususida taniqli olim N.Komilovning «Tasavvuf» (Toshkent: «YOzuvchi», 1996, 5-6-betlar) quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: «Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bo‘lgan bir ta’limot bo‘lib, islom olamida VIII asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko‘rinishida kurtak yozdi. Gap shundaki, hazrati Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo‘linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon zamonida boylikka ruju qo‘yish, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug‘lar, yaqin do‘st-birodarlarni siylash rasm bo‘ladi. Ummaviya xalifaligi davriga kelib esa saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to‘plash avj oldi. YA’ni diniy mashg‘ulotlar, Xudo yo‘lidagi toat-ibodat yo‘lini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo‘ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular orasida hadis to‘plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo‘lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq ko‘rashga otlangan bo‘lsalar, ikkinchi qismi esa qanoat va zuhdni («zuhd» so‘zidan «zohid» so‘zi kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar, boylar axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g‘oyasini targ‘ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan shug‘ullanganlar.
Tasavvuf kalimasi kabi tasavvuf jarayonining qaerdan paydo bo‘lgani haqida ham turli fikrlar aytilgan. Ayniqsa, sharqshunoslar ko‘pincha “Tasavvuf Islomdan tashqaridagi ta’limot” degan g‘oyani ilgari so‘rganlar. SHarqshunoslarning bunday qarashlari bir necha nuqtada ko‘zga tashlanadi:
a) Erondan kelib chiqqanligi haqidagi da’vo: arablar falsafiy tafakkur jihatidan qobiliyatsiz, betaraf bo‘lsalar, eronliklar bu bobda qobiliyatli bo‘lganliklari bois, nozik tafakkur tarzi bilan tasavvuf arablarga Eron ta’siri orqali o‘tgan degan da’voni ilk bor Komte de Gobinyu “Eron tarixi” nomli asarida o‘rtaga tashlagan. Keyinchalik bu fikr Broun tomonidan ma’qullangan, Olmoniyada Xortan, Delitsh, Fransiyada Edgard Bloxet va
E. Renan kabi sharqshunoslar tomonidan aslo tanqidga uchramagan holda qo‘llab-quvvatlangan. Holbuki, aksincha, tasavvuf Eronga arab millatiga mansub ilk mutasavvuf va sufiylar orqali kirgan.[1]
b) Hinddin kelib chiqqanligi haqidagi da’vo: mashhur turkiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-YU51)ning “Tahqiqu ma lil hind” asarida hind falsafasining Islomga ta’siri haqida malumot bor. Masalan, Pantanjali degan butparastlik falsafasining Islom mutasavviflaridan Boyazid Bastomiy, Mansur Xalloj va Mahmud SHa-bustariyga ta’sir qilganligi aytilgan. Biroq bu da’vo, o‘ta shubhalidir. CHunki Patanjali falsafasining bu zotlardan keyin yuzaga chiqqanligi tarixdan ma’lum. Qolaversa, bu falsafa Islomga tamoman zid. Zero, Islom “borliq” (vujud) fikrini qabul etib, “yuqlik” fikrini rad etadi. Islomda dunyoga ko‘ngil qo‘ymasliq mutlaq borliq bo‘lmish Allohga yaqinlashmoq uchun qilinadi. Ayricha, Islom Hindistonga jangu jadal bilan emas, mutasavviflar, kubraviya, naqshbandiya, shattoriya, ravshaniya va nurbaxshiya tariqatlari vositasida kirib borgan.[2] Nikolson, Bloxet, Dozi va Van Kremer kabi sharqshunoslar tasavvufning kelib chiqishini hindga bog‘laydilar. Tasavvufdagi “fano” bilan butparastlikdagi “nirvana” nazariyalari va ilk sufiylardan Ibrohim ibn Adham bilan Budda hikoyalari orasidagi o‘xshashlik mazkur iddaolarning asosiy dalillaridir. L.Massignon, L.Gardet va Anavati kabi olimlar tasavvufdagi zikr uslublari hind ta’sirida yuzaga kelgan deydilar.[3]
v) Yangi Aflotunchilikdan kelib chiqqanligi haqidagi da’vo: YAngi aflotunchilik hind misticizmidan va Orfeos dinidan ta’sirlanib shakllangan. Orfeos dini esa sharq dinlari ta’siriga uchragan. YAngi aflotunchilik asoschisi Plotinus, Aflotun falsafasi bilan sharq falsafasini birlashtirgan. Shu bois bu falsafa ham g‘arbliklarning hamda sharqliklarning e’tiborini tortib kelgan, Tasavvufning ilk davri bo‘lgan zuxd bosqichida yangi aflotunchilik ta’sirini ko‘rish imkonsiz. CHunki tarjimalar orqali yunon falsafasining musulmonlar orasida yoyilishi bu davrdan keyin sodir bo‘lgan. Ayricha, ilk sufiylar o‘z odatlariga amal qilib doim falsafaga qarshi turdilar. Mazkur falsafa tasavvufga ta’sir ko‘rsatdi deguvchilar “vahdati vujud” falsafasi bilan Ibn Arabiydagi ta’sirni ko‘zda tutmoqdalar. L.Massignon shular jumlasidan. Olim Erol Gungo‘r “Yangi aflotunchilik ta’siri tasavvufning ikkinchi davrida - tasavvufiy tafakkur bir tizimga kirgan davrda ta’sir ko‘rsatdi”, deydi. SHu bilan birga E.Gungo‘r, Ibn Arabiy mazkur falsafadan ko‘p ta’sirlanganligini ta’kidlaydi.[4] Ammo shunisi ayon haqiqatki, Ibn Arabiy va undan keyin chiqqan mutasavviflarda yangi aflotunchilik ta’siri aslo sezilmaydi. Lekin bu mutasavviflar ushbu falsafadan fikr olgan bo‘lsalar ham, islomiy nuqtai nazar ostida singdirib, o‘z falsafalarini islomiy poydevor ustiga qurganlar.
g) Ibroniy-nasroniylikdan kelib chiqqanligi haqidagi da’vo: Ibroniy-nasroniy unsurlardan arabchaga o‘tgan va mutasavviflar tomonidan qo‘llanilgan “lohut”, “nosut, “jabarut”, “malakut” kabi bir qancha istilohlarga asoslangan ba’zi sharqshunoslar Islom dini va tasavvuf ibroniy-nasroniy muhitdan ta’sirlangan, kelib chiqqan degan da’voni ilgari suradilar. Ammo bir-birlari bilan ozmi-ko‘pmi o‘zaro aloqasi bo‘lgan, farqli e’tiqod va an’analar orasidagi tabiiy bog‘liqlikni istisno qilganda, Islom va tasavvuf na yahudiylikdan, na nasroniylikdan ta’sirlanib, ta’sis topgan. Qolaversa, bu dinlar e’tiqodiy jihatdan Islomga muvofiq kelmaydigan tizimlardir.[5] Tasavvufdagi nasroniylik ta’siri haqida eng ko‘p A.Palakios to‘xtalgan. YUqorida aytib o‘tilgan tashqi ta’sirlar to‘g‘risida shunday fikr bildirish mumkin: Islom tasavvufi tashkil topar ekan, hech qanday tashqi ta’sirga asoslanmagan holda bevosita islomiy tamoyillar ustiga qurilgan. To‘g‘ri, tasavvuf falsafiy harakterga ega bo‘lib, “vahdati vujud” nazariyasi keng tarqalgan davrda ba’zi tashqi manbalar, to‘g‘rirog‘i unsurlar tasavvufga kirgan bo‘lsa-da, o‘z mohiyatini yo‘qotib, islomiylashgan va tasavvuf islomiy xususiyatini to‘la-to‘kis saqlab qolgan. SHuni ham aytish kerakki, farqli e’tiqod va an’analar orasidagi o‘xshashliklar aslo birining boshqasidan ta’sirlanganini ko‘rsatmaydi. Insoniy jamiyatlarda, turli davr va turli joylarda bir-biriga o‘xshash an’anaviy unsurlarga duch kelinishi asosan insoniylik zarurati tufayli yuzaga keladi. Ayricha, Islomiyat, o‘z islomiy tamal tamoyillariga zid bo‘lmagan hollarda, tashqi an’ana va madaniyatlarga nisbatan o‘ta musomahakor - kelishuvchan bir dindir. CHunonchi, Islomdan avvalgi ba’zi urf-odatlarning davom etishiga ruxsat bergan. SHu bilan birga, sog‘lom e’tiqodiy va ijtimoiy poydevori soyasida Islom jamiyatida bosh ko‘targan yakkam-dukkam noroziliklarni ham o‘z vaqtida bostirgan va shu tariqa o‘z sofligini doimo muhofaza qilib kelgan. Tasavvufiy nuqtai nazar ham aynan shudir.[6]
6-javob:
Qur’oni karim va Hadisi sharif tasavvufning bosh asosi va manbasi. Islom dunyosida yuzaga kelib rivoj topgai tasavvufning manbai Islom dinidir, ammo tasavvufning dunyoga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan islomiy manbalarni ham bir necha moddaga bo‘lib o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi:
a) Oyat va hadislar: har bir tafakkur va madaniyat tizimi tamalida din va bu dinning muqaddas kitobi yotadi. G‘arb madaniyati va tafakkuri tamalida nasroniylik va muqaddas kitob mavjud bo‘lganideq Islom madaniyati va ma’naviyatining poydevori ham Qur’oni karimdir. Islomiy madaniyat va tafakkur tizimining muhim qismini tashqil qiluvchi tasavvuf ta’limotining tamal asoslari ham Qur’oni karim va hadislarga asoslanadi. Tasavvuf madaniyatini tashqil etuvchi bosh unsurlarning deyarli barchasi Qur’on va hadislardan olingan. Ayricha, bir mutasavvifning hayotiga yo‘nalish beruvchi yagona omil yana islomiy hujjatlardir. Tasavvuf madaniyatining asosini tashqil qiluvchi ba’zi mavzular asoslangan oyat va hadislarga bir necha misol keltiraylik:
1. Ladun ilmi: Mutasavviflar "Biz unga (Xizrga) ilmi ladun berdik". (Kahf-18:65) oyatiga suyanib, zohiriy ilmdan tashqari yana ladun ilmi (botiniy ilm) ham borligini qabul qilganlar; sezgi va ilhomga tayanadigan bilim nazariya (qoida)larini ushbu tamal asosiga qo‘rganlar. Ularning fikricha. Muso a.s. ga farishta orqali yuborilgan yoki xalqqa tablig‘ etish uchun berilgan diniy bilimlar zohiriy ilm va shariat ilmi sanaladi. Xizr a.s. ga bevosita va maxsus berilgan diniy bilimlar esa ladun ilmi, haqiqat ilmi yoki botin ilmi sanaladi. "Allohdai qo‘rqing, Alloh sizga o‘rgatadi (Baqara -2:282) oyatida Allohning amr va taqiklariga rioya qilib, taqvo uzra harakat qilganlarga Alloh bevosita ilmi ladui ehson etajagiga ishora bor. Bunday yo‘l orqali egallangan bilimga "ma’rifat" deyiladi. Inson qalbini oydinlatuvchi ilhom va ma’rifatga quyidagi oyatlar dalildir: "Biz uchun mujohada etganlarga, biz yo‘limizni ko‘rsatamiz ", "Agar taqvo uzra bo‘lsangiz, Alloh sizga bir furqon (va nur) beradi" (Ankabut-29:69, Anfol-8:29). Bu va bunga o‘xshash oyatlar ko‘rsatmoqdaki, banda riyozat va mujohadalar bilan Allohga yaqinlashib. Uning roziligini topsa, Alloh ham unga "ma’rifat", ya’ni ilohiy dargohidan ba’zi ilohiy bilimlar ehson etish bilan javob beradi, mukofotlaydi. "Alloh biror kishini hidoyatga erishtirmoqni istasa, qalbini Islom uchun ochib qo‘yadi" (An’om-6:125) oyati ham ma’rifat ilmiga erishish bandaning kasbiga qarab emas, balki Allohning xohish-irodasiga va lutfu karamiga bog‘liq ekanini ko‘rsatmokda.
"Axir Alloh ko‘ksini Islom uchun keng qilib qo‘ygan, bas o‘zi Parvardigori tomonidan bir nur-hidoyat ustida bo‘lgan kishi (kufr zulmatlarida adaishib-uloqib yurgan kimsa bilan barobar bo‘lurmi?!)" (Zumar-39:22) oyati esa ma’rifat va ladun ilmiga noil bo‘lgan kishining haq yo‘lni topgan va hidoyatga erishishini bayon etmoqda. Ushbu oyatlarning barchasida mushtarak ifodalanganligiga ko‘ra laduniy ilmga ega bo‘lishning asosiy sharti - Alloh ko‘rsatgan yo‘ldan yurib, taqvoda bo‘lmokdir. SHu bilan birga bu ilm bandaning kasbi bilan emas, Allohning inoyat qilishi natijasida qo‘lga kiritiladi. Rasulullohning bir necha hadislari ham mohiyatan so‘fiylarning bu mavzudagi fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi: "Boshqalar qaysi yo‘lda fatvo bersa beraversin, sen fatvoni qalbingdan so‘ra, vijdoningga quloq sol!" "Qalbingni shubhaga solgan narsadan voz kech, shubhasizga qara!". "Gunoh - qalbda dog‘ qoldirib, vijdonni kasal qiladigan illatdir".1 singari hadisi shariflar musulmon kishini ko‘ngliga quloq solishga, Alloh qalbga ilhom qilgan tuyg‘ularga e’tibor berishga tashviq etmoqdadir.
2. Zikr: Tasavvufiy hayot tarzining asosiy unsurlaridan biri bo‘lgan zikr ko‘plab oyatu hadislar orqali musulmonlarga buyurilgan va tavsiya qilingan. "Parvardigoringizning nomini (mudom) yod eting va Unga butunlay berilib, (chin ixlos bilan bandalik qiliig!)" (Muz-hammil-73:8), "Ey mo‘‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar!" (Ahzob-33:41), "Bas, Meni eslasangiz, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilingiz va Meni inkor qilmangiz!" (Baqara-2:152), "Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar. Va saharlarda ular (qilgan sahvu xatolari uchun) Parvardigordan mag‘firat so‘rar edilar " (Va-z-zoriyot-51:17,18), "Bas, dillari eslashdan qotib qolgan (ya’ni Allohni eslashni tark qilgan) kimsalarga halokat bo‘lgay!" (Zumar-39:221) "Ular to‘rganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va erning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): "Par-vardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan! O‘zing bizni jahannam azobidan asragil!"(Oli Imron-3:191) oyatlari va "Parvardigorini zikr qilmagan tirik bilan o‘lik orasidadir"2 , "Bir qavm o‘tirib Allohni zikr qilsa ularni farishtalar o‘rab oladi, rahmat qoplaydi, ular uzra huzur, fayz inar va Alloh ularni o‘z huzuridagilar yonida zikr qiladi":' , "Jannat bog‘lari qanday?" deya so‘radilar, "zikr majlislari" deya javob berildi.1 "Yo‘llarda kezib, zikr ahlini izlab yuruvchi Allohning farishtalari bor, ular zikrulloh bilan band bo‘lganlarni ko‘rganlarida bir-birlariga "Biz izlayotganlar bu erda ekan!" deydilar".2 hadislari tasavvuf va tariqatlarning ayrilmas qismi bo‘lgan zikrning manbaini tashqil etadi.
3.Valiylik: Tasavvufiy hayotda muhim o‘rin tutgan "valiylik", tushunchasi ham Qur’on va hadisga asoslangan bo‘lib, uning so‘zma-so‘z tarjimasi "do‘st" ma’nosini bildiradi.
a)"Alloh esa taqvodor zotlarning do‘stidir". (Josiya - 45:19) "Ogoh bo‘lingizkim, albatta, Allohning do‘stlariga biron xavf-xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaydilar... Iymon keltirgan va (Allohdan) qo‘rquvchi bo‘lgan zotlar uchun hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bordir"(YUnus-10:62,63,64), "U g‘aybni bilguvchidir. U o‘z g‘aybini biron kishiga
bildirmaydi, faqat O‘zi rozi bo‘lgan elchilargagina bildiradi. CHunki U O‘zi rozi bo‘lgan kishilarning oldiga, orqasiga kuzatuvchi va ko‘riqlovchilar qo‘yadi, ularni shaytonlarning vasvasasidan yoki bilgan-ko‘rgan narsalarida adashtiruvchi narsalar qorishtirishlariga to‘sqin bo‘ladi" (Jin-72:26, 27) va hokazo oyatlarda ifodalanganideq valiy - "Alloh doim
kuzatib, nazorat qilib turadigan, o‘z hifzu himoyasida saqlaydigan
va bir on bo‘lsa-da, o‘z nafsi bilan tanho tashlab qo‘ymaydigan kishi"dir.
b) "Toat-ibodatlari natijasida Allohning do‘stiga aylangan kishi" kabi ma’nolarda ishlatiladi. Bir hadisi sharifda bunday deyiladi: "Allohning bandalari orasida shunday kishilar borki, na payg‘ambar, na shahid, ammo qiyomat kuni Alloh nazdida ularning
maqomu darajalarini ko‘rgan payg‘ambarlar va shahidlar ularga havas qiladilar." Bularning kimligini so‘ragan sahobalarga payg‘ambar alayhissalom bunday javob berganlar: "Bular shunday kishilarki, oralarida qarindoshlik aloqasi bo‘lmasa ham, bir-birlari bilan oldi-berdilari bo‘lmasa ham bir-birlarini Alloh uchun yaxshi ko‘radilar. Ularning yuzlari nur va ular nurli minbar uzra o‘tiradilar. Odamlar qo‘rquvga tushganlarida ular qo‘rqmaydilar. odamlar xavotirlanganlarida ular xavotirlanmaydilar". Payg‘ambar a.s. bu so‘zlarni aytgach, quyidagi oyati karimani o‘qiganliklari naql etiladi; "Ogoh bo‘lingizkim, albatta, Allohning do‘stlariga biron xavf-xataryo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaydlar" (YUnus-10:62)3. Boshqa bir hadisda bunday deyiladi: "Haq taolo buyuradi: Bir valiyga dushmanlik qilganga men urush e’lan qilaman. Hech bir banda o‘ziga Men farz qilgan amallarni bajarishdan ham afzalroq bir narsa bilan Menga yaqinlasha olmaydi, Banda nafl ibodatlar bilan Menga yaqinlashaveradi. SHu darajada yaqinlashadiki, xatto Men uni sevaman..." ' Tasavvufda muhim ahamiyat kasb etgan "valiylik" va unga bog‘liq tushuncha tarzlari ham mazkur hujjatlar singari oyatu hadislarga asoslangan.
4.Olamning yaratilishi: Tasavvuf falsafasining muhim mavzularidan bo‘lgan "olamning yaratilishi" haqidagi tushuncha-qarashlari mashhur hadis kitoblaridan o‘rin olmagan bo‘lsa ham, tasavvuf arboblari orasida hadisi qudsiy deya qabul etilgan quyidagi mashhur hadisga asoslanadi: "Men yashirin xazina edim. O‘zimni tanitmoq uchun maxluqotni yaratdim". Bu hadisga asoslanib, borliq olamining yaratilishini "Allohning boshqalar tomonidan bilinishi-tanilishini iroda qilishi"ning natijasi o‘laroq izohlaganlar. Mutasavviflarning mazkur hadisni qay tarzda anglaganliklarini izohlash maqsadida Ismoil Haqqi Bursaviy "Kanzi maxfiy" asarini
yozgan. "Vaxdati vujud" falsafasida ham mazkur hadisning ahamiyati
ulug‘. Tasavvuf falsafasiga doir mazkur muxtasar ma’lumotlardan
tashqari, tasavvufning axloqiy va fe’liy mavzularida ham Qur’on
va hadisga asoslangan jihatlar quyidagilardir.
5.Tavba: Tasavvuf yo‘lining ibtidosini tashkil qiluvchi tavba- gunohdan qaytish, voz kechish demakdir. Tavba – ma’naviy uyg‘onish, o‘tmishdagi xato-kamchiliklarni tan olib, ulardan pushaymon bo‘lish, qisqasi, ruh inqilobining dastlabki va eng muhim sahifasi. SHu
sababli murshid muridgar, avvalo, tavba qilishni buyuradi. Zero, ko‘pgina oyatu hadislar bilan ahli mo‘‘min tavba qilishga buyurilgan: "Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘‘minlar; shoyadki (shunda) najot topsangizlar" (Nur-24:31), "Bas, agar tavba qilsangizlar,bu o‘zingiz uchun yaxshiroqdir" (Tavba-9:3). "Albatta, Alloh tavba qilguvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi" (Baqara-2:222), "Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday sheriklardan) poklang va U zotdan mag‘firat so‘rang! Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan zotdir" (Nasr-110:3), "Parvardigoringizdan mag‘firat so‘ranglar, so‘ngra Uning o‘ziga tavba qilinglar" (Hud-P:3) oyatlari, "Gunohlariga tavba qilgan gunohsiz kabidir. Alloh bir bandasini sevdimi gunoh unga zarar etkazmaydi.CHunki unga tavba qilishni ham nasib qiladi"2 , "Allohga qasamki, bir kunda etmishdan ziyod marta Allohga tavba-istig‘for qilaman"', "Ban-
da tavba qilganida, Alloh taolo shu darajada sevinadiki, xuddi sizdan biringiz cho‘lda tuyasini yo‘qotib qo‘yib, yana topganidan ham ko‘proq"' hadislari shular jumlasidandir.
6. Zuhd: Tasavvufning ilk davrlaridagi asosiy tamoyillaridan sanalgan zuhd (zohidlik) - "voz kechish, nazarga ilmay tark etish, qiziqmaslik va e’tibor bermaslik" kabi ma’nolarni bildiradi. Tasavvufda esa Allohdan tashqaridagi boshqa hamma narsalar, ya’ni mosivoga ko‘ngil quymaslik ma’nosini bildiradi. CHunonchi, dunyoning o‘tkinchi, aldoqchi, oxirat hayotiga qiyosan qadr-qimmatsizligi ma’lum oyatu hadislar orqali bildirilgan va zuhd hayoti tavsiya etilgan: "Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo (o‘zining o‘tkinchi ne’matlari bilan) aldab qo‘ymasin" (Luqmon-31:33), "Bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgidir. Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina (mangu) hayot (diyoridir)" (Ankabut-29:64), "Mol-mulk bola-chaqa, shu hayoti dunyo ziynatidir". (Kahf-18:46), "Rabbingizning nomini doim zikr qiling va qalbingizni hamma narsadan holi qilib, chin ixlos birla unga yo‘naling" (Muzhammil-73:8) "Odamlarga ayollar, bolalar, tuganmas oltin, kumush, boyliklar, (qimmat) baholi otlar, chorva va ekin-tekinlar kabi istak-xohishlariga ko‘ngil qo‘yish chiroyli qilindi. Holbuki, bu narsalar hayoti dunyoning (o‘tkinchi) narsalaridir. Allohning huzurida esa eng go‘zal qaytadigan joy jannat bordir". (Oli ImronZ:14) "Toki sizlar qo‘llaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmagaysizlar va (Alloh) ato etgan narsa bilan shodlanib (havolanib) ketmagaysizlar" (Hadid-57:23) va hokazo oyati karimalar dunyoga haddan ziyod berilmaslikni, asl g‘oya - oxirat hayotini qo‘lga kiritish ekanligini eslatmoqda. Muhammad s.a.v. ba’zi hadislarida zohidlikni maqtaganlar: "Dunyoda zohid bo‘lginki, Alloh seni sevsin. Insonlarning qo‘lidagi narsalarga ham zohidlarcha qaraginki, ular ham seni sevsinlar"2, "Alloh nazdida dunyo pashsha qanotichalik qadrli bo‘lganida edi. Alloh biron kofirga bir yutum suv ham bermagan bo‘lardi"3, "Oxiratga qaraganda dunyoning qadri biringizning barmog‘ini dengizga solib qo‘yishga o‘xshaydi. Barmog‘i bilan dengizdan suv olib, ko‘z o‘ngiga keltirsin"4. "Har ummat uchun bir fitna sababi bor, ummatimning fitnasi molu dunyo sevgisidir" "Dirham-pulga qul bo‘lganning bo‘rni erga ishqalansin. Pulga qul bo‘lgan la’natga uchrasin. Kissasiga asir bo‘lgan xoru haqir bo‘lsin"6. "Dunyoga nisbatan zohid bo‘lgan va zuhd masalasida o‘ziga va’z qilish fazilati ehson bo‘lgan bir kishini ko‘rdingizmi? Unga yaqinlashing, chunki u hikmatni talqin etadi".1
7.Tavakkul: Tasavvufda muhim o‘rin tutgan tavakkul bobi, Allohga ishonib, suyanish va Undan boshqasiga ehtiyojini aytmaslik ma’nolarini bildiradi. Boshqa tasavvufiy mavzular kabi tavakkul ham oyatu hadislarga asoslangan: "Va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan
rizqlantirur, Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) o‘zi unga etarlidir" (Taloq-65:3), "(YOlg‘iz) Allohga tavakkul qiling! Allohning o‘zi etarli vaqil-saqlaguvchidir"(Ahzob-33:3),"Ayting, bizga faqat Alloh biz uchun yozib qo‘ygan narsagina etur. U bizning Xojamizdir. Bas, iymonli kishilar faqat Allohgagina suyansinlar" (Tavba-9:51),"Alloh o‘z bandasiga (ya’ni Muhammad a.s.ga, u kishini barcha balo-qazodan asrash uchun) etarli emasmi?!" (Zumar-39:36). Muhammad a.s. bu hakda bunday deydilar: "Agar Allohga xaqikatan (haqini berib) tavakkul qilsangiz edi. Alloh qushlarga rizq bergani kabi sizlarni rizqlantirar edi. Qushlar och qorin bilan tongda uyalaridan chiqib, okshom qorni to‘q holda qaytadilar".2
8.Riyozat-mujohada: Oz emoq, oz uxlamoq va oz gapirmoq ta’limotini beruvchi va nafsning orzularini tark etib, ozaytirib, ko‘proq toat-ibodat bilan shug‘ullanmoq ma’nolarini bildiruvchi "riyozat" bilan nafsu shaytonning orzulariga qarshi kurashish ma’nosidagi «mujohada» tushunchasi ham tasavvufda oyatu hadislarga asoslangandir: "...Kechasi (bedor bo‘lib, namozda) to‘ring", "...Qur’onni tartib bilan (ya’ni dona-dona qilib) tilovat qiliig" (Muzhammil-73:2-4), "YAna kechaning bir qismida ham U zotga sajda qiliig va tunda uzoq (bedor bo‘lib) U zotga tasbeh ayting" (Inson-76:26), "Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan-ko‘rashgan zotlarni, albatta, O‘z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz" (Ankabut-29:69), "Kofir bo‘lgan kimsalar esa (mana shu dunyoning o‘tkinchi lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari eganideq eb-ichurlar va do‘zax ularning joylari bo‘lur!" (Muhammad - 47:12), "(Ey Muhammad), ularni ko‘yavering, eb-ichib, foydalanib qolsinlar, orzu
havaslariga mashg‘ul bo‘laversinlar. Bas, yaqinda (bu qilmishlarining
oqibati nima bo‘liishni) bilib olurlar" (Hijr-15:3). "Oltinga, kumushga, matoga, kiyim-kechakka qul bo‘lganlar halok bo‘ldi. Ularga mol berilsa mamnun, berilmasa xafadirlar"3, "Allohga va oxirat kuniga ishongan yo ezgu bir so‘z so‘zlasin yoxud sukut saqlasin"4: "Odam bolasi qornidan ham yomonroq bir xalta-xurjun to‘ldirmagan"'. "Bir kuni Muhammad a.s. ashobiga: "Allohdan haqiqiy ma’noda hayo qiling, - degan edilar. Ashobi: "Alhamdulillah, hayo qilyapmiz" deya javob berdi. SHunda hazrat Payg‘ambar: "U haqiqiy hayo emas, haqikiy ma’noda Allohdan hayo qilgan kishi boshi va boshi ichidagilarni (boshidagi tuyg‘u a’zolarini) muhofaza qilsin, qorni va u erdagi emaklarni nazorat qilsin, o‘lim va musibatni eslasin. Oxiratni talab qilgan kishi dunyoviy zeb-ziynatni tark etsin. Ana shunday qilganlar haqiqiy ma’noda Allohdan hayo qilgan bo‘ladilar".1
Islomning asosiy muqaddas manbai – Qur’on oyatlari va suralaridir, ularda asosiy diniy qonun-qoidalar, aqidalar bayon etilgan. Undan so‘ng asosiy manbai Hadis – Muhammad payg‘ambarning aytgan so‘zlari, uning hayotiy faoliyati, ko‘rsatmalari haqidagi rivoyatlar to‘plamidir. Bu ikki asosiy manba muqaddas hisoblanib kalom va shariat shular asosida vujudga kelgan. Kalom so‘zi VIII asrlarda shakllangan bo‘lib, u islomning nazariy-falsafiy ta’limotidan iboratdir. Kalom O‘rta Osiyoda ham keng tarqaldi. Qur’ondagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga ham asos bo‘ldi. SHariatda ular huquqiy tizim sifatida kuchga kirdi. So‘ngroq esa shariat qonun-qoidalarini ishlash, tartibga solish, talqin berish bilan shug‘ullanuvchi Islom ilohiyotining muhim sohasi – musulmon huquqshunosligi – fiqh vujudga keldi va O‘rta Osiyoda keng tarqaldi.
SHu bilan birga islom dinshunosligining muhim tarmog‘i sifatida Qur’on, Hadis va boshqa diniy manbalarni talqin etish – tafsir keng avj oldi. Bularning hammasi O‘rta Osiyoda keng tarqaldi. Ularni shakllantirish va rivojlantirishda Movarounnahr va Xurosonning dinshunos olimlari, mutafakkirlari ham katta hissa qo‘shdilar, bu bilan ular butun musulmon olamida nom tarqatdilar. Umaman qadimgi madaniyatga ega bo‘lgan O‘rta Osiyoda islom dini va dinshunosligiga ma’naviy madaniyatning ifodasi axloqshunoslikning yo‘nalishi sifatida munosabatda bo‘lingan.
an birga ahloqiy masalalar, insonparvarlik g‘oyalari o‘zining keng ifodasini topgan. Ularda axloqiy fazilatlar ulug‘lanib, o‘g‘rilik, zo‘ravonlik, yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik, mamanlik kabi salbiy xislatlar qoralanadi. Termiziy merosi faqat diniy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, u axloqshunoslik, didaktika tarixida ham muhim o‘rin tutadi.
Islomda mashhur bo‘lgan muhaddislardan yana bir Abu Abdurahmon an-Nasoiydir (830–915). U Niso (Turkmaniston) shahrida tug‘ilib, SHarqning qator ilm markazlarida o‘z bilimini oshirgan, uzoq vaqt Misrda yashagan va o‘z vatanidan uzoqda – Palastinning Romla shaxarida vafot etgan. U Misrdalik chog‘ida hadislar to‘plami “at-Sunai al-Kubro”ni, so‘ngroq uning asosida eng ishonarli hadislarni ajratib, “Al-Mujtaba” nomidagi ikkinchi, qisqartirilgan “al-Sunan” kitobini yozib qoldirgan. Bu kitob ham islom dinshunoslari orasida katta obro‘ga egadir. 6 ta mashhur hadisshunoslarning qolgan uchtasi Eron va Arab mamlakatlaridadir.
O‘rtaosiyolik olimlar hadisshunoslik bilan birga islom huquqshunosligi – fiqh hamda Qur’onga tafsir yozish sohasida ham shuhrat qozonganlar. Masalan, O‘rta Osiyodan chiqqan mashhur huquqshunoslardan Burxoniddin Marg‘inoniy, Abu Lays Samarqandiylarni ko‘rsatib o‘tish zarur.
Burxoniddin Marg‘inoniy. Ali ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy (1197 yilda vafot etgan) qator asarlar muallifi bo‘lib, fiqhga oid eng mashhur kitobi “Hidoya fi-l-furuz” (“SHariat sohalari bo‘yicha qo‘llanma”)dir. “Hidoya” musulmon huquqshunosligi sohasidagi eng yirik va keng tarqalgan asarlardan biri bo‘lib, fors, ingliz va rus tillariga o‘girilgan va hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Xorazmshohlar hukmronligi davrida Movarounnahrda Abul-Hasan al Xorazmiy, An-Nahaviy al-Adab, YOqub Sakkokiy kabi islom qonunshunosligi, ilohiyoti bilan chuqur shug‘ullangan taniqli olimlar haqida manbalarda qator ma’lumotlar keltiriladi.
Islomning asosiy manbai “Qur’on”ga tafsir (sharh, izoh) yozish sohasida ham bu davrdagi o‘rtaosiyolik olimlardan Xorazmda yashab ijod etgan Zamaxshariy, Faxriddin Roziy kabilar o‘z asarlari bilan Islom dinshunoslari orasida nom qozonganlar.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, Bu davrda dinshunoslik, islom ilohiyotini o‘rganish, kalom, fiqh, ilm-fan, ilmiy madaniyatning muhim sohalaridan o‘rin egallagan. SHu sababdan bo‘lsa kerak bu davrda qomusiy olim-mutafakkirlar turli aniq libimlar qatorida diniy bilimlar bilan ham mashg‘ul bo‘lganlar. Diniy bilimlarni O‘rta asr ma’naviyati, madaniyati o‘zining uzviy va tarkibiy qismi sifatida talqin etgan.
Ilk islom davrida yashab ijod qilgan al-Axtal esa turli qabilalarni san’atkorona so‘zlar bilan masxara qilgani uchun shuhrat qozongan.[7] SHoir al-G‘iyos ibn G‘avs al-Axtalning turli qabilalardan birini maqtab, ikkinchisini haqoratlab, bir-biriga qayrab qo‘yishi ko‘p qonli qirg‘inlarga sabab bo‘lgani uchun, yana Makka mushriklarining etakchilaridan Abu Sufyon ibn Harbning xotini Hind o‘zini oliy nasabli va shoira deb bilib, musulmonlarga qarshi jang oldidan qo‘shiqlar aytib, kofirlarni ruhlantirgani uchun, yana Bani Isroil qavmidan bo‘lgan munofiqlar Muhammad rasulullohning payg‘ambarligini tan olmay, uni majnun shoir deb masxara qilganlari uchun islom dinida shoirlar va raqqosalarga qarshi nafrat qo‘zg‘olgan bo‘lishi mumkin. SHu fikrning isboti yana shunda ko‘rinadiki, Makka fatx etilgan kuni juda ko‘p aybdor mushriklar payg‘ambar tomonidan afv etilgan holda, Ibn Axtal (Al-Axtalning o‘g‘li, u ham shoir) va uning qo‘shiqchi joriyasi o‘limga hukm etilgan.
Ammo, bundan islom dini umuman she’riyatga va adabiyot va san’atga qarshi, degan ma’no kelib chiqmasligi kerak. YUqorida aytganimizdek, arablar qadimdan she’riyat va qo‘shiqni yaxshi ko‘rganlar. Hijrat vaqtida Qubo qishlog‘i va Madinada minglab yigit-qizlar, ayollar rasulullohning kelishini childirma chalib, go‘zal qo‘shiqlar aytib kutib olganlar. Rasululloh bunday kutib olinishdan quvongan. Hazrat Abu Bakr, hazrat Bilol va hazrat Ali ko‘p hollarda she’r bilan murojaat qilganlar. Ayniqsa, hazrat Alining Qur’on va hadislarni ulug‘lovchi she’riy o‘gitlari, hikmatli so‘zlari islom olamida shuhrat qozongan. Bu dalillardan ko‘rinadiki, johiliyat davri axloqi va madaniyati asosan axloqsizlik va madaniyatsizlikdan iborat edi. Faqat johiliyat davrida ham xayr-saxovat katta Xotam ibn Abdulloh ibn Sa’d benihoya xayr-saxovati, ehsonparvarligi bilan shuhrat qozongan. Ammo, u qabilasining shuhrati oshsin deb, otasining barcha boyliklarini, otlari, tuyalarini uyuri, podasi bilan talon-taroj qilib, boshqalarga berib yuboravergan. SHu xislati uchun otasi Abdulloh o‘g‘lidan voz kechgan. Ko‘rinadiki, ota, ona roziligini olish – johiliyat davrida qadriyat hisoblanmagan. Qullar, cho‘rilar esa umuman odam qatoriga qo‘shilmagan.
Islomiy axloq va madaniyatning eng katta g‘alabalaridan biri – turli qabila va urug‘larga mansub odamlararo urush-qirg‘inlarning qoralanishi, odamlarning bir-biriga mehr-muruvvati, musulmonlarning qullarni ham o‘zlaridek ko‘rishi, halollik va rostgo‘ylik, birovlarga til va qo‘l bilan zarar etkazmaslik kabi umuminsoniy qadriyatlar musulmonlarning asosiy axloqiy va ijtimoiy qadriyatlari deb e’lon qilindi.
Qur’oni karimda yaxshi, ezgu amallar Allohning nuri va hidoyati tufayli bo‘lishi, yomonliklar (kofirlarning qilgan amallari) “ustma-ust to‘lqin va ustini (qora) bulut qoplab olgan dengizlagi zulmatga” o‘xshashi aytiladi. Boshqa bir o‘rinda inson uchun foydali bilimlar zaytun moyi to‘ldirilgan shisha chiroqqa o‘xshatiladi.
Amerika sharqshunos olimi Frans Pouzental “Bilim tantanasi” (O‘rta asr islom madaniyatida bilim konsepsiyasi) kitobida Qur’oni karimda va juda ko‘p ulamolarning kitoblarida bilim nuri, gunohlar zulmatida ilm – chirog‘ ekanligi ta’kidlanishini aytadi. “Azalda mavjud Qalam ham nurdir, muqaddas kitobdagi yozuvlar ham Olloh nuridir.”[8]
Islom dini ilk O‘rta asrda barcha musulmon mamlakatlari singari O‘rta Osiy xalqlari madaniyati, ma’naviyatining eng asosiy va nihoyatda muhim bo‘lgan qismigagina emas, xislatiga ham aylanganligini yuqorida qayd qilib o‘tdik.
Islomning asosiy muqaddas manbai – Qur’on oyatlari va suralaridir, ularda asosiy diniy qonun-qoidalar, aqidalar bayon etilgan. Undan so‘ng asosiy manbai Hadis – Muhammad payg‘ambarning aytgan so‘zlari, uning hayotiy faoliyati, ko‘rsatmalari haqidagi rivoyatlar to‘plamidir. Bu ikki asosiy manba muqaddas hisoblanib kalom va shariat shular asosida vujudga kelgan. Kalom so‘zi VIII asrlarda shakllangan bo‘lib, u islomning nazariy-falsafiy ta’limotidan iboratdir. Kalom O‘rta Osiyoda ham keng tarqaldi. Qur’ondagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga ham asos bo‘ldi. Shariatda ular huquqiy tizim sifatida kuchga kirdi. So‘ngroq esa shariat qonun-qoidalarini ishlash, tartibga solish, talqin berish bilan shug‘ullanuvchi Islom ilohiyotining muhim sohasi – musulmon huquqshunosligi – fiqh vujudga keldi va O‘rta Osiyoda keng tarqaldi.
Shu bilan birga islom dinshunosligining muhim tarmog‘i sifatida Qur’on, Hadis va boshqa diniy manbalarni talqin etish – tafsir keng avj oldi. Bularning hammasi O‘rta Osiyoda keng tarqaldi. Ularni shakllantirish va rivojlantirishda Movarounnahr va Xurosonning dinshunos olimlari, mutafakkirlari ham katta hissa qo‘shdilar, bu bilan ular butun musulmon olamida nom tarqatdilar. Umaman qadimgi madaniyatga ega bo‘lgan O‘rta Osiyoda islom dini va dinshunosligiga ma’naviy madaniyatning ifodasi axloqshunoslikning yo‘nalishi sifatida munosabatda bo‘lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |