Qaysi ijodkor o'zining ,,Bog’im” she’rida:
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bog'im.
Ishimni, hurmat qilur.
Gullardan haykal qurur.
She'rlarim yangrab qolur,
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog'im, - deya asrlar davomida otashin ijodini Vatani - xalqi va adabiyot unutmasligini bashorat qiladi?
Muhammad Yusuf B) Abdulhamid Cho’lpon C) Hamid Olimjon D) Usmon Nosir
Berilgan qaysi qo'shma so'zlar bir xil so'z turkumiga mansub so'zlardan tarkib topgan xususiyat bildiruvchi sifatlar sanaladi?
1) ommabop; 2) bag'ritosh; 3) havorang; 4) osmono'par; 5) sheryurak.
A) 2,4, 5 B) 2,3, 5 c) 2, 5 D) 1,2,4
7. Qaysi gapda vositasiz to'ldiruvchi vazifasida kelgan fe'l nisbat qo'shimchasi bilan shakllangan?
A) Nodirjon uyga kirishga ham, tashqariga chiqib ketishga ham botina olmay turgan ukasini imlab yoniga chaqirdi.
B) Bu bog'larning barpo etilganiga salkam bir asr bo'ldi, shundan beri bu yerda olma, anor, uzumlarning turli navlari yetip
shtirilmoqda.
C) Hakimjon bu odamlarning otdan tushishini ham kutib o'tirmasdan otasiga xabar berish uchun uyga yugurdi.
D) Juda tez yugurganidan kimgadir qattiq urilib ketganini ham sezmay qolgan Nosirjon bir zum o'zini o'nglolmay qoldi.
8. Qaysi gap tarkibida qaratqich kelishigi
shaklidagi so’zga qo’shilib kelgan ko’makchi qatnashgan?
A) Ertalabki choy ustida biroz hangomalashgach hammamiz yo’lga otlandik
B) Kozimbek mashinani yo’lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
C) Dard ila g’amdan qiz bechoraning rangi
somon yanglig’ sarg’aygan edi.
D) Axir baliq ham suvga intiladi, ko’kat yorug’lik sari bo’y cho’zadi.
9. 1) odatlanmoq; 2) o'tlamoq; 3) so'zlamoq; 4) kirlanmoq; 5) taqalamoq; 6) chiqillamoq.
Asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lmagan yasama so'zlarni aniqlang.
1, 4, 5,6 B) 1,3 C) 2,4,6 D) 1,2, 5
(10-11-12) Matnni o'qing va ushbu matn asosida tuzilgan topshriqlarni bajaring.
Bir yigit ota-onasiga aziyat berar, ularni juda behurmat qilar edi. Onasining vafotidan keyin yigit otasini bir zax uyga ko'chirdi. Bir kuni ovqat yer ekan, ota qo'li qaltirab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindirdi. Buni ko'rgan kelini nordon so'zlar aytib, cholning ko'nglini vayron qildi. Shundan keyin yigit otasi uchun yog'och kosa tayyorlatib keldi va chol o'shu kosada ovqat yeya boshlabdi. Chol bechora faqat kichkina nevarasini o'ynatib, shu bilan ovunar edi.
Yigit bir kuni bozordan uyiga qaytib kelganda o'g'lining bir yog'ochni yo'nib o'tirganiga ko'zi tushadi va taajjublanib so'raydi:
- Bu yog'ochni nima qilasan?
- Otajon, men yog'ochdan bobomnikiga o'xshash kosa yasayman va sizga qarigan chog'ingizda shu kosada ovqat beraman, - debdi o'g'li.
Bu gapni eshitgan yigit yig'lab yuboribdi va qilgan ishidan pushaymon bo'libdi va o'z xatosini to'g'rilabdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |