irodali odam deyiladi.
Shunday odamlar ham bo’ladiki, ularning xatti-harakatida hissiyot ko’prok
o’rin oladi; bunday odamlar o’z xatti-harakatlarida ko’pincha tasodifan
tug’iladigan his-tuyg’ulari ta’siri ostida ish ko’radilar. Bunday odamlarning
hissiyoti kuchli bo’lib, tasodifiy kayfiyat va tuyg’u-hissiyot-ga tez beriluvchan
bo’ladilar, shu sababli ularning xarakteri hissiy xarakter deb ta’riflanadi.
Ba’zi odamlarda esa irodaviy faollik undagi tuyg’u-hissiyotlar bilan birlikda
«monand ravishda» namoyon bo’ladi.
Ba’zi odamlarning kiladigan harakatlarida hali yaxshi anglab olinma-gan
intilish, ya’ni moyillik ustunlikni egallaydi. Bunday kishilarning inti-lishi,
ko’pincha, noanik, mazmunsiz bo’ladi. Bunday kishilar hamma vakt nimanidir
kidiradilar, nimanidir kumsaydilar, doimo ularga nimadir etishmaydi, nimadir
istaydilar, ammo uning nima ekanligini o’zlari ham bilmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |