22.10.asboblarni, detallarni va boshqa predmetlarni stanina va oldingi babka qopqog'i
ustiga qo'yish;
22.11. dastagi halqasimon bo'lgan ilgakdan foydalanish;
22.12.stanok ishlayotgan xolatda ishlov berilayotgan chiviqni qo'lda
mahkamlash va
shpindelga uzatish;
22.13.detalni mahkamlagandan so'ng toresli kalitni patron uyasida qoldirish;
22.14.muddatini o'tagan va urilgan markazlar bilan, xamda tezkor kesishda
aylanmaydigan markazlar bilan ishlash;
22.15.shpindel aylanishini stanokning aylanayotgan qismiga yoki detalga qo'lni
bosish bilan tuxtatish;
22.16.texnologik jarayonda ko'rsatilgan kesish rejimlarini
usta bilan kelishmasdan
o'zgartirish;
22.17. shpindel aylanayotgan xolatda stanok ustidan biror narsani (predmetni) uzatish
yoki olish;
22.18.kesib tushirish vaqtida ishlov berilayotgan detalni qo'lda ushlab turish;
22.19.ish va o'tish joylarini ivirsitish va tirband qilib yuborish.
Detal va xom ashyolarni oyoq ostga polga joylashtirish (joylashtirish uchun tagliklar,
konteynerlar, tayanchlar va boshqalar).
23. Asbobni charxlash, shilish-jilvirlash stanogida chaxlashda tokar quyidagilarga
majbur:
23.1. ish boshlashdan oldin quyidagilarni tekshirishi:
23.2.jilvir toshning yaroqliligini (o'yiq, singan va yorilgan joyi bo'lmasligi shart);
23.3. stanok ishini salt yurishda bir minut davomida tekshirish
va shu bilan birga
ishlayotgan jilvir toshdan chetroqda turishi;
23.4. changtutkich qurilmasining chang surishi qo'shilishi yoki qo'shilmasligini
tekshirish (u stanok qo'shilishi bilan birlashtirilgan bo'lishi shart);
23.5. Qo'ltirak (podruchnik) to'g'ri o'rnatilganligini tekshirish, qo'ltirak bilan jilvir
charxtosh orasidagi masofani (zazor) 3 mm dan oshmasligi shart.
Bundan tashqari
qo'ltirak ishlov berilayotgan detalni joylashtirish uchun yetarlicha yuzaga ega bo'lishi
va uni shunday o'rnatilishi lozimki detalning jilvir tosh bilan teguvchi yuqori nuqtasi
jilvir tosh markazidan yoki undan 10mm dan oshmagan balandlikdan o'tuvchi
gorizontal tekislikda bo'lishi shart;
23.6.himoya ekrani yoki hamma boltlari mahkamlangan orqa kojuxning yon devorlari
bo'lmagan xolatlarda ishga kirishmastlik;
23.8. charxlash stanogida ishlash davomida tokar qo'yidagilarga majbur:
23.9.jilvir tosh aylanish tekisligiga nisbatan yon tarafda turishi;
23.10. ishlov berilayotgan detalni jilvir toshga siltashlarsiz, zarblarsiz,
shiddatli
bosimsiz ravon yunaltirish;
23.11.jilvir toshning yon (tores) yuzasi bilan detalga ishlov bermaslik (bu kabi ishlar
maxsus stanoklarda bajariladi);
23.12. asbob yoki detalni charxlashda ularni qo'ltirak bilan jilvir tosh orasida qisilib
qolmasligi uchun qo'lda ishonchli tutish kerak, bunda detalni qo'lqoplar
yordamida
ushlash ta'qiqlanadi;
23.13. jilvir tosh yoylanishiga qarab uni markazga nisbatan balandligini xamda
qultirak va jilvirtosh oralig'ini (zazor) rostlash.
24. Charxlash, shilish-jilvirlash stanogida quyidagi xolatlarda ishlash taqiqlanadi:
24.1.Jilvir tosh tepishida va stanok titragan (vibrasiya) xollarda;
24.2.Kojux bo'lmaganda, yaroqsiz bo'lganda yoki konstruksiyada ko'zda tutilgan
barcha boltlar bilan mahkamlanmagan xolatlarda;
24.3. Changtutkich qurilmasining chang surishi talabga
javob bermagan xolatlarda
(abraziv chang stanok yoniga tushadi);
24.4.Qo'ltiraklarning ishonchsiz mahkamlanganida;
24.5. Jilvir toshning belgilangan normadan ko'proq yeylanganida;
24.6.Ruxsatsiz jilvir toshni almashtirish, xamda jilvir toshlarni (to'g'irlash) qayrash
(bu ishlarni maxsus o'qitilgan ishchi bajarishi shart);
24.7. Qo'lni shikastlanishidan saqlovchi maxsus
moslama va opravkalardan
foydalanmasdan mayda detallarni jilvirlash va charxlash;
24.8.Aylanayotgan jilvir toshni yot predmetlarni bosish bilan to'xtatish;
24.9. Himoya ekranini ulab-uzgich blokirovkasini uzib qo'yish va usiz ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: