9-Amaliy mashg’ulot
Tish ochuvchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari
XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Yo'riqnoma tish ochish stanoklarida silindrik
va konussimon shesternyalarga,
tishli g'ildiraklarga frezalash, zarb bilan o'yib ishlov berish,
nusxalash va bosish
usullari bilan ichki va tashqi tishlar kesish, mustaqil ravishda ularni sozlash ishlarini
bajaruvchi tish qirquvchilar uchun mo'ljallangan.
2. Tish ochuvchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
2.1. 18 yoshdan kichik bo'elmaganlar;
2.2. Tibbiy ko'rikdan o'tganlar;
2.3. Kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha
o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq ushbu
ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari
bo'yicha o'qiganlar, bilimlari tekshirilgan va belgilangan
shakldagi guvohnomani
olganlar;
2.4. Tish qirqish stanoklarini sozlashga beshinchi va undan yuqori razryadli tish
ochuvchilarqo'yiladi;
2.5. Kirish instruktaji va bevosita ish joyida "Mehnat muhofazasi bo'yicha
o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq texnika
xavfsizligi bo'yicha instruktaj o'tganlar.
2.6. Yuk ko'tarish
mexanizmlari, charxlash stanoklari bilan ishlash zaruriyati
uchun "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash
to'g'risidagi nizom"ga muvofiq o'rnatilgan tartibda qo'shimcha
mehnat muhofazasi
bo'yicha maxsus o'qish va instruktaj o'tganlar;
3. Tish ochuvchi qo'yidagilarga majbur:
3.1. Korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnat va dam olish rejimini
bajarish;
3.2. Belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona territoriyasida spirtli ichimlik
ichmaslik;
3.3. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish;
3.4. Ish vaqtida o'zi
bilan birga, ishlarni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari
bo'yicha bilimni sinash haqidagi guvohnomaga ega bo'lish;
3.5. Korxonada amal qiluvchi normalarga muvofiq berilgan maxsus kiyimdan,
maxsus poyafzaldan hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalaridan
foydalanish;
3.6. Yongin xavfsizligi talablarini bajarish;
3.7. Baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga
vrach kelguncha yordam
berishni bilish, voqea sodir bo'lgan joyda, imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va
bu haqida bevosita rahbariga xabar berish;
3.8. Ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
3.9. Ustaga stanokning aniqlangan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablari
buzilishi to'g'risida xabar berish va tegishli choralar ko'rilmaguncha
ishga
kirishmaslik;
3.10. Ishlayotgan stanokni ekspluatasiya qilish bo'yicha yo'riqnomani bilish va
bajarish.
3.11. Elektr toki kuchlanishi ta'siri ostidagi shaxslarni qutqarish yo'llarini va
ularga birinchi yordam ko'rsatish usullarini bilish;
3.12. Yong'in o'chirish vositalaridan foydalanishni bilish;
3.13. Elektr va yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
4. Tish ochuvchining ish joyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
quyidagilar hisoblanadi:
4.1. Aylanuvchi mexanizmlar va detallar;
4.2. Elektr tokidan shikastlanish xavfi;
4.3. MSS (moylovchi- sovituvchi suyuqliklar);
4.4. Detallarni tushib ketishi.
5. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab
chiqarish intizomiga rioya
qilmaslik hisoblanadi, bunda aybdorlar NKMK ishchilari uchun ichki mehnat tartib
qoidalariga muvofiq o'rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: