Ushbu dastur 310 000 Muhandislik ishi


ISH VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI



Download 447,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/43
Sana26.03.2023
Hajmi447,11 Kb.
#921947
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
Xavfsizlik-qoidalari MT amaliy

ISH VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI 
9. Faqatgina ish rahbari tomonidan topshirilgan va ruxsat etilgan ishni bajarish va 
smena davomida o'z ish joyini toza saqlash. 
10. Stanok ishlab turganda himoya saqlovchi moslamalarni ochmaslik va yechib 
olmaslik, stanokka suyanmaslik va ruxsati bo'lmagan shaxslarni kiritmaslik. 
11. O'tkir uchli va qirrali mayda, qiyin ushlanuvchi detallarni mahkamlash uchun 
texnologik kartada keltirilgan maxsus moslama va qisqichlardan foydalanish lozim. 
12. Ishlov berilayotgan detalni yassi silliqlash stanogiga o'rnatganda va 
mahkamlaganda quyidagilar lozim: 
12.1. stolni qo'l bilan siljitib, agarda buning iloji bo'lmasa masshtab chizg'ich 
yordamida u to'g'ri joylashganligini tekshirish; 
12.2. detalni faqatgina bir xil masofada joylashtirilgan maxsus tirgak va qisuvchi 
plankalari (taxtachalar) bilan mahkamlash; 
12.3. jilvir tosh erkin o'tishi uchun barcha tirgak plankalarni ishlov berilayotgan 
detaldan pastroq o'rnatish; 
12.4. mahkamlash boltlarini detalni qisish joyiga yaqinroq, qisish plankalarini esa 
detalga nisbatan to'g'ri burchak ostida o'rnatish; 
12.5. ishlov berilayotgan detallarni taglik va stellajlarda barqaror joylashtirish, bunda 
shtabel balandligi mayda detallar uchun 0,5m dan, o'rtacha detallar uchun 1m dan, 
yirik detallar uchun 1,5m dan oshmasligi kerak; 
12.6. tasodifiy moslashtirilmagan qistirma va plankalardan foydalanmaslik; 
12.7.stollar to'siqlar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. 
13. Doiraviy silliqlash stanoklarida ishlaganda uzun detallarni lyunetlarda ishonchli 
mahkamlash. 
14. Detallarni silliqlaganda quyidagilar lozim: 
14.1. detalni faqatgina qizdirilgan jilvir toshga uzatish, ayniqsa jilvir tosh yangi va 
bino sovuq bo'lsa, detalni toshga ravon, siltovsiz va keskin bosimsiz uzatish; 
14.2. jilvir toshni zarb va siltashlardan saqlash; 
14.3. ishlatilayotgan jilvir toshning ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligiga va 
shpindelning aylanishlar chastotasiga amal qilish; 
14.4.maxsus jilvir toshlar bilan ishlaganda yon yuzadagi siquvchi flanes detalga 
tegmasligini kuzatish; 


14.5. stanokning bir shpindelida ikkita jilvir tosh bilan ishlaganda ikkala jilvir tosh 
o'lchamlari bir biridan 10 foizga farq qilmasligi shart; 
14.6. jilvir tosh ishchi yuzasining butun eni bo'ylab ruxsat etilgan diametrdan 
oshmagan xolda yeyilishini kuzatish, va yeyilish natijasida uning diametri 
kichrayganda jilvir tosh aylanishlar sonini ushbu jilvir toshga ruxsat etilgan ishchi 
aylanma tezligini oshirmasdan ko'paytirish mumkin; 
14.7.ishlov berilayotgan detal tepishini reysmus yoki indikator yordamida to'g'rilash; 
14.8. stanokni to'xtatishdan oldin uzatishni uzish va jilvir toshni detaldan chetga 
olish; 
14.9. abraziv asboblarni va silliqlash tasmalari, xamda shpindelning aylanuvchi 
chiqib turuvchilarini va mahkamlash detallarini mahkamlanuvchi kojuxlar bilan 
to'sish. 
15. Sovitish bilan ishlashda quyidagilarga lozim: 
15.1. quruq charxlashdan so'ng jilvir toshni sovitish va faqat shundan so'ng sovitish 
suyuqligi bilan ishlashni boshlash; 
15.2. sovitish suyuqligi charx toshning ishchi yuzasini to'liq yuvib turishini va o'z 
vaqtida qaytishini, charx toshning suyuqlikka botgan xolda turmasligini kuzatish 
(faqatgina, detallarni suyuqlikka botgan xolda maxsus ishlov berishga mo'ljallangan 
holatlarda stanoklarda ishlaganda ruxsat etiladi); 
15.3. sovitish suyuqligi ta'sirida jilvir toshlar yemirilishi holatlarida ishni to'xtatish va 
bu haqda ustaga xabar berish; 
15.4. ish tugagandan so'ng sovitish suyuqlik uzatilishini to'xtatib, jilvir toshni 
quritish uchun stanok 2-3 minut davomida ishlatiladi. 
16. To'sqichlarni jilvir tosh to'xtatilgandan so'ng siljitish. 
17. Jilvir toshga dastaki suriladigan detallarni tutib turish uchun qo'ltirak(podruchnik) 
lardan foydalanish, ularni ishonchli mahkamlash, quyidagicha o'rnatish lozim: 
17.1. qo'ltirak (podruchnik) cheti bilan jilvir toshning ishchi yuzasi orasidagi tirqish 
(zazor) silliqlanayotgan buyum qalinligining yarmidan kichik bo'lishi, ammo 3 mm 
dan oshmasligi kerak; 
17.2.detalning jilvir tosh bilan to'qnashish yuqori nuqtasi jilvir tosh markazidan 
o'tuvchi gorizontal tekislikdan baland joylashishi, ammo 10 mm dan oshmasligi 
kerak. 
18. Qo'ltiraklar quyidagi talablarga javob berishi shart: 
18.1. ularni kerakli holatda o'rnatish va mahkamlash imkoniyatini ta'minlash uchun 
suriladigan bo'lishi; 
18.2. ishlov berilayotgan detalni barqaror o'rnatish uchun kattaligi jihatidan yetarlicha 
maydonga ega bo'lishi; 
18.3. ishchi yuzasi tekis, uning jilvir tosh tomonidagi chetlarida o'yiqlar, siniq va 
boshqa nuqsonlar bo'lmasligi kerak.. 
19. Magnit stolli, plitali va patronli stanoklarda ishlaganda quyidagi talablarga amal 
qilishi zarur: 
19.1. stanokka qiyshaygan detallarni o'rnatmaslik; 
19.2. avvaliga uniformerni, so'ngra stanok yuritmasini ishga solish; 


19.3. magnit uzellari temperaturasi oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik, chunki bu 
izolyasiyan yonishiga, detalni otilib chiqishiga va plita ichida portlash ro'y berishiga 
olib kelishi mumkin; 
19.4.elektromagnit qoldiq magnitizmi bilan ushlab turilgan detallarni yechish uchun 
tokni teskari yo'nalishga ulash va bir vaqtning o'zida detallarni yechish yoki 
demagnizatordan foydalanish; 
19.5.shpindelning urishi stanokka o'rnatilgan texnik talablaridan oshmasligi shart; 
20. Harakatlanuvchi stolli stanoklarda ishlashda quyidagi qoidalarga amal qilish 
zarur: 
20.1. odamlarni harakatlanuvchi stol bilan qisilib qolmasligi uchun xar qanday 
buyumlarni stanok yon tomonidan o'rnatishga yo'l qo'ymaslik; 
20.2. odamlarni stol "qulochi" xavfli zonaga qo'ymaslik va uni to'sishlarini talab 
qilishi; 
20.3. quvvati katta bo'lgan tezyurar harakatlanuvchi stolli stanoklarda ilintirish 
mexanizmlari yaroqlilik holatini nazorat qilish. 
21. Jilvir toshlarni qayrashda quyidagilarga amal qilish zarur: 
21.1. to'g'rilash moslamalari ishonchli mahkamlanganligini tekshirish; 
21.2. maxsus to'g'rilash moslamalaridan foydalanish (olmos qalamchalar, metall 
roliklar, metallo keramik disklar va boshqalar). 
22. Abraziv changni tozalash uchun maxsus cho'tkalardan va kurakchalardan 
foydalanish, bu ishni saqlagich ko'zoynaklarda bajarish kerak. 
23. Quyidagi xollarda stanokni to'xtatib elektrodvigatelni o'chirish shart: 
23.1. stanok oldidan hattoki qisqa vaqtga uzoqlashganda; 
23.2. ishni vaqtincha to'xtatganda; 
23.3.detal va asboblarni o'rnatganda va yechib olganda; 
23.4. stanokni tozalaganda va moylaganda; 
23.5. jihozda xar qanday nosozliklar aniqlanganda. 
24. Ish joyini yig'ishtirganda, stanokni tozalaganda, moylaganda va sozlaganda ishga 
tushirish 
moslamasiga 
"ULAMANG, 
ODAMLAR 
IShLAYaPDI!" 
yozuvli 
ogohlantiruvchi 
plakat 
osiladi, 
bundan 
tashqari 
yaqinda 
ishlayotganlarni 
ogohlantirish zarur. 
25. Faqatgina gaykalar va boltlar kallaki o'lchamlariga mos yaroqli gayka kalitlarini 
ishlatish kerak. 
26. Topshirilgan ishga aloqasi bo'lmagan shaxslarni stanokka yaqinlashtirmaslik, 
ishlayotgan stanokni ustaning ruxsatisiz boshqaga topshirmaslik. 
27. Tezligi sekundiga 40 m dan yuqori tezkor rejimda ishlovchi stanoklarda himoya 
kojuxi stanok rangidan farq qiladigan rangda bo'lishi shart. 
28. Silliqlovchiga quyidagilar taqiqlanadi: 
28.1. stanok yonida ovqat iste'mol qilish; 
28.2. stanokka sinovdan o'tmagan jilvir toshlarni o'rnatish; 
28.3. har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan 
barmoqlar bilan ishlash; 
28.4. rezbalari yaroqsiz mahkamlash boltlaridan foydalanish; 
28.5. nosoz va zarur to'siqlari bo'lmagan stanoklarda detallarni silliqlash; 
28.6. detalning jilvir charxtoshga bosimni oshirish uchun richaglardan foydalanish; 


28.7. to'g'ri profilli magnezial biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanilganda 
sekundiga 20 m ishchi aylanma tezlikdan oshirish; 
28.8. jilvir charxtosh yon yuzasi bilan ishlash, agarda jilvir charxtosh bu turdagi 
ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa; 
28.9. nam silliqlashda mineral biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanish; 
28.10. jilvir toshni to'g'rilashda moslamani butun gavda bilan bosish va jilvir tosh 
aylanish tekisligida turish; 
28.11. stanokka asbob, detal va boshqa buyumlarni qo'yish; 
28.12. harakatlanayotgan ishlov berilayotgan detal va jilvir toshga to'liq to'xtashiga 
qadar tegish; 
28.13. teshiklardagi changni og'iz bilan puflab chiqarish, hamda ishlov berilayotgan 
yuza va stanokni shlangdan kelayotgan havo bilan tozalash; 
28.14. qoldiq magnitizm bilan ushlab turilgan detallarni zarba yoki siltash bilan 
yechib olish; 
28.15. stanok ishlash vaqtida qo'ltiraklarni joyini o'zgartirish, xamda to'siq va saqlash 
moslamalarni ochish va yechib olish; 
28.16. ta'mirlashni mustaqil amalga oshirish; 
28.17. ular mo'ljallanmagan operasiyalarni bajarish; 
28.18. ish va o'tish joylarini tiqilinch qilib qo'yish va ivirsitish. 
29. Ishlov berish rejimini faqatgina texnologik kartaga muvofiq usta bilan kelishilgan 
xolda o'zgartirish mumkin. 

Download 447,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish