1-Amaliy mashg’ulot
Charxchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari
XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Mazkur yo'riqnoma turli charxlash stanoklarida kesuvchi asboblarni charxlash va
me'yoriga (o'lchamiga) yetkazishni bajaruvchi charxchilar uchun mo'ljallangan.
2. Charxchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
2.1. tibbiy ko'rikdan o'tganlar;
2.2. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil
qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq
ushbu ishlarning xavfsiz
usullari va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan va belgilangan shakldagi
guvohnomani olganlar;
2.3.
kirish instruktaji, shuningdek, bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha
instruktajni o'tganlar.
3. Charxchi quyidagilarga majbur:
3.1. ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish;
3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni
iste'mol qilmaslik;
3.3. ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish;
3.4. ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha
bilimini sinash va ishga ruxsat berish haqidagi
guvohnomani olib yurish;
3.5. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
3.6. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni
ko'rsata olish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu
haqida smena ustasiga xabar berish;
3.7. ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
3.8. mashina, mexanizmlar va boshqa jihozlardagi qayd
qilingan nosozliklari va
boshqa xavfsizlik talablarining buzilishlari haqida smena ustasiga (brigadiri)ga xabar
qilish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik.
4. Charxlash stanoklarida ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish
omillari charxchiga ta'sir etishi mumkin:
4.1. elektr toki;
4.2. abraziv changi;
4.3. detallarga ishlov berishda uchib chiqayotgan metall va abraziv zarralari;
4.4. ishlov berilayotgan detal va asbob yuzalarining yuqori temperaturasi (harorati);
4.5.titrash (vibrasiya) va shovqin.
5. Ushbu yo'riqnoma
talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish deb
hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan
tartibda javobgarlikka
tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: