5-Amaliy mashg’ulot
Tokar-karuselchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari
XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1.Mazkur yo'riqnoma tokarlik karusel stanoklarida turli kesish asboblari va
moslamalar ishtirokida turli detallarga tokarlik ishlov beradigan tokar-karuselchi
uchun mo'ljallangan.
2.Tokar tokar-karuselchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmaganlar;
2.2. tibbiy ko'rikdan o'tganlar;
2.3. kasbiy ko'nikmaga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni tashkil
qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz
usullari va yo'llari bo'yicha o'qiganlar, bilimlari sinalgan
va belgilangan shakldagi
guvohnomani olganlar;
2.4.yuk ko'tarish mexanizmlari bilan ishlash lozim bo'lganda qo'shimcha o'qitilishi va
xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktajni "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishni
tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risida"gi Nizomga muvofiq o'tganlar;
2.5. "…nizom"ga muvofiq kirish instruktajini va bevosita ish joyida xavfsizlik
texnikasi bo'yicha instruktajni o'tganlar.
3. Tokar tokar-karuselchi quyidagilarga majbur:
3.1. ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish;
3.2. belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni
iste'mol qilmaslik;
3.3. ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish;
3.4. ish vaqtida o'zi bilan birga ishni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha
bilimini sinash va ishga ruxsat berish haqidagi guvohnomani olib yurish;
3.5. berilgan
maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan hamda saqlovchi moslamalar
va himoya vositalaridan foydalanish;
3.6. yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
3.7. baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrachgacha bo'lgan yordamni
ko'rsata olish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu
haqida smena ustasiga xabar berish;
3.8. xavfsizlik
belgilari talablarini bajarish, yuk ko'tarish mashinalari va zavod
transportlari ogohlantiruvchi signallariga e'tibor berish;
3.9. ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
3.10. stanokda qayd qilingan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablarining
buzilishlari haqida smena ustasiga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilmaguncha
ishga kirishmaslik.
4. Tokar tokar-karuselchi quyidagilarni bilishi shart:
4.1. turli tipdagi tokarlik karusel stanoklari tuzilishi, kinematik sxemasi va aniqlikka
tekshirish
qoidalarini, konstruktiv o'ziga xos xususiyatlarini xamda universal va
maxsus moslamalardan foydalanish qoidalarini, murakkab nazorat-o'lchov asboblari
va
priborlari tuzilishini, jilvir toshlarining markalarini va foydalanish qoidalarini,
geometriyasini, termik ishlov berish qoidalarini,normal, maxsus va turli xil
asboblarni o'rnatish, charxlash va me'yoriy o'lchamga
yetkazish, elektrotexnika
bo'yicha elementar talablarni, plazmali qurilmasi, oqimli-tortuvchi vintelyasiya va
sovutish sistemasi havfsiz ishini ta'minlash
choralarini, plazmali qizdirish qurilmasi
prinsipial sxemasini va plazmatronni rostlash usullarini, plazmali qizdirish qurilmasi
ekspluatasiyasi uchun texnik tavsifi va o'ziga xos xususiyatlarini.
5. Tokar tokar-karuselchiga ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish
omillari ta'sir etishi mumkin:
5.1. stanokning aylanuvchi va xarakatlanuvchi qismlari;
5.2. elektr toki urishi;
5.3. detallarga ishlov berishda metall qirindilaridan shikast yetkazilishi;
5.4. moylash-sovutish suyuqligi (SOJ).
6. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish
intizomini buzish deb
hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka
tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: