Ushbu Bitiruv malakaviy ishida XV asr madaniyati tarixida Alisher



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana13.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#356379
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
alisher navoij manavij olamining yangi davr

“Ahli  rad”  – 

Alisher  Navoiy 

nazdida  Borliq  Haqiqatini  tan  olishdan  bosh  tortuvchi,  norizolik  va  badbinlik, 

xiyonat va  xudbinlik,  xarom  va qahr  yo‘lini  tanlaganlar,  imonsiz kishilar.  Muqbil 

va Mudbir, Suhayl va Jobir, Juna va Jaysur, Ma’sud va Mallu timsollari ushbu ikki 

guruhga  mansub  bo‘lib,  hayot  sinovlaridan  qanday  o‘tishiga  qarab,  «ahli  qabul» 

saodatga,  «ahli  rad»  esa  qilmishlariga  yarasha  jazoga  erishadilar.  Ichki 

qissalaridagi  bu  timsollar  asar  bosh  qahramoni  Bahromshoh  uchun  ham  ibrat 

sifatida keltiriladi. Ammo hukmdor o‘z xirsu havaslarini jilovlab ola bilmaganligi, 

begunoh  jonzotlar  qonini  ayovsiz  to‘kkanligi  kasofatidan  o‘zi  ham  er  yutib  halok 

bo‘ladi.  

«Saddi  Iskandariy»  (Iskandar  devori)  –  Alisher  Navoiyning  adolatli  va 

ma’rifatli  hukmdor  rahnamoligida  markazlashgan  davlat  barpo  etish,  xalq 

oshoyishtaligi va yurt ma’murligini ta’minlash, o‘zaro toj-taxt kurashlari, ixtilof-u 

nifoqlarga  barham  berish  singari  umumbashariy  g‘oyalarini  o‘zida  badiiy  ifoda 

etgan  dostondir.

24

  Buyuk  jahongir  taqdiri  haqidagi  oxirgi  «Saddi  Iskandariy» 



(Iskandar  devori)  dostoni  shaklan  ma’lum  darajada  «Xamsa»  ning  birinchi 

                                                           

23

  Vohidov  R,.  Eshonqulov  H.  O’zbek  mumtoz  adabiyoti  tarixi.  –Toshkent:  O’zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi 



Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006. –B.346. 

24

  Vohidov  R,.  Eshonqulov  H.  O’zbek  mumtoz  adabiyoti  tarixi.  –Toshkent:  O’zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi 



Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006. –B.378-379. 


29 

dostonini  eslatadi.  Unda  ham  har  bobda  turli  ijtimoiy-axloqiy  mavzudagi  falsafiy 

mulohazalar, ibratli kichik hikoyat va hikmat-xulosa beriladi. SHundan so‘nggina 

Iskandar  hayotidan  bir  voqea  hikoya  qilinadi.  Iskandar  timsoli  yaqingacha  ham 

E.E. Bertels talqiniga binoan odil shoh timsoli deb qabul qilib kelindi. Faqat Aziz 

Qayumov 1975 yilda nashr etilgan ushbu mavzudagi maxsus risolasida asli Navoiy 

qahramoni  murakkab  timsol  ekanini,  dostonda  Iskandar  qiyofasi  tadrijiy 

o‘zgarishda ochib berilganini ilmiy isbot etdi.

25

 YUnon shahzodasi avval shohlikka 



o‘zini  noqobil  deb  bilgan  jur’atsiz  va  kamtar  o‘smir  bo‘lsa,  hayot  va  fotihlik 

siyosati  taqozosi  bilan  asta-sekin  o‘zbilarmon  va  shafqatsiz  istilochiga  aylanib 

boradi  va  faqat  o‘limi  yaqinlashganini  sezgach,  joh  va  kibr  yo‘lidagi  butun 

urinishlari sarob ekanligini anglab etib, ko‘zi ochiladi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  «Xamsa»da  majoziy  ishq  tasvirlanadi,  insonning 

insonga  munosabatidan,  ya’ni  axloqiy  munosabatlaridan  boshlab,  hukmdorning 

fuqarolarga va,  umuman,  hukmdorlikka, toj-taxtga  munosabati,  o‘z  navbatida  toj-

taxtning,  hukmdorlik  mavqeining  insonga  ta’siri,  ya’ni  insonlar  hayotiga  oid 

ijtimoiy,  axloqiy  munosabatlar  majmui  Tavhid  e’tiqodi  nuqtai  nazaridan  ko‘rib 

chiqiladi.  «Xamsanavislik»  an’anasi  islom  mintaqa  ma’naviyati  takomilining 

badiiy  tafakkurdagi  o‘ziga  xos  mahsuli  bo‘lib,  shunga  yarasha  munosabatni  talab 

qiladi. Bu an’ana tadqiqotchidan ham, oddiy kitobxondan ham har bir dostonnning 

shakl  va  mazmuniga  alohida  e’tibor  talab  qiladi,  chunki  bir  mavzuda  yozilgan 

o‘nlab dostonlar diqqat bilan o‘qilsa, aslo bir-birini takror etmagani, balki o‘zaro 

ijodiy bahsda yozilgani ma’lum bo‘ladi. Shu sababdan har bir dostonni o‘qiganda 

ham uning ushbu mavzu silsilasidagi o‘rniga, ham har bir shoir ijodiy merosidagi 

mavqeiga  ahamiyat  qaratish  lozim.  Shundagina  uning  tamomila  o‘ziga  xosligi  va 

mazmun qamrovini anglab etish mumkin. 

 

                                                           



25

 Қаюмов А. Садди Искандарий. –Тошкент: Фан, 1975. -Б. 49-56. 




30 


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish