Ҳусанов Нишонбой Абдусатторович,
Тошкент молия институти.
Esse – саводхонлик ва ижодкорлик манбаи
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk iqtisodchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent moliya institutida moliyachi-bakalavrlarga “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani kiritildi. Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda iqtisodiy nutq asoslarini shakllantirish, iqtisodiy til, iqtisodiy atamashunoslik, iqtisodiy matnlarni tilining sohada qo‘llanishi”kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani iqtisodiy nazariya va iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda iqtisod tili va uslubi, iqtisodiy terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini iqtisod sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak iqtisodchilar iqtisod tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston iqtisodini yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak moliyachilar davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart.Zero, fan talabalarga iqtisodiy til bilimlarini chuqur va atroflicha o’rgatishga mo’ljallangan.
Mazkur fanning o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr iqtisod tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni,matnlar va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi.
Talaba oʻzbek iqtisodiyot tilining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari, nutq odobi,nutq turlari, nutqiy faoliyat, lotin yozuviga asoslangan alifboni va imlo qoidalari, savodxonlik masalalari haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi kerak.
Mutaxasislikka oid matn, maqola va esselarni mazmunli va xatosiz yozish, - matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilishi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashni, tadqiqotga taqriz yozishni, iqtisodiy terminlarning yasalishi va qoʻllanish usullarini, iqtisodiy so‘zlar va birikmalarni toʻgʻri tanlashni, iqtisodiy matnlar tuzisha olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.(1,5)
Talabalarning yozma nutqini, savodxonligini oshirishda esse muhim ahamiyatga ega. Esse – fransuz tilida `essai `- tajriba, ingliz tilida `essay` - intilish ma`nosini bildiradi. Esse- aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr mulohaza asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish bo’lib, mavzudagi muammoga fakt va dalillarni keltirish orqali muallif o`z shaxsiy fikriniini bildiradi.
Mustaqil janr sifatida dastlab A.Montel ijodida ishlatilgangan.Onore de Balzakning XIX asr fransuz yozuvchilariga maktubi, Jon Golsuorsining “Adabiyot va hayot”, Yuxan Borgenning “ Yozuvchi bo’lmoq nima degani”, Lev Tolstoyning “ Iqrornoma”, Gogolning “ Al Ma’mun” esselarida insonlar ongidagi o’zgarishlar, narsa va hodisalarning mazmun-mohiyati aniq va ta’sirchan ifodalangan.Bu janr G‘arbda oldinroq ishlatilgan bo‘lsa-da, o‘zbek adabiyotida XX-asrdan boshlab, aniqrog’i Fitratning “ Sharq siyosati” asaridan esse yozish boshlandi. O’zbek adabiyotida essening janr sifatida rivojlanishida taniqli adib va shoir Abdusaid Ko’chimovning “Buni hayot deydilar”( 2) asarlari muhim o’rin tutadi.Esse muallifi qahramonlarning bir lahzadagi holatini, ularning suhbat chog’ida aytgan so’z, ibora va gaplarini aslida, hech narsa qo’shmasdan mahurat bilan tasvilagan. Usmon Azimning “Rauf Parfi” essesi, Iqbol Qo’shayeva,Shukur Qurbon, Shodmonbek Otabek va boshqalarning esselarida ham qahramonlarning xarakteri, turmush tarsi, o’ziga xos jihatlari ochib berilgan.
Esse erkin kompozitsiyali uncha katta bo‘lmagan nasriy asardir. Umuman, esse ilmiy yoki publitsistik xarakterdagi ocherkka o‘xshash,ammo undan farqlanuvchi janrdir.Esse publisistik janrga xos asar bo’lgani uchun muallifdan olimlar va yozuvchilarga xos ijodkorlik, jurnalistlarga xos kuzatuvchanlik va mahurat talab etiladi.
Esse inshodan quyidagi xususiyatlariga ko’ra farq qiladi:
1. .Esse erkin kopozitsiya asosida quriladigan, tuzilish jihatdan ixcham nasriy asardir.
Insho – asarni chuqur tahlil qilib, uni badiiy til bilan o`z fikriga asoslanib yoziladigan asar/
2.Essening mavzusi reja asosida tuzilmaydi. Insho tuzilishi jihatidan murakkab asar bo’lib, reja va epigraf asosida yoziladi
3.Essening turlari bir necha xil bo`lib u yozilish maqsadiga ko`ra qay turga mansubligi aniqlanadi. Esselar xususiyatlariga ko’ra tavsiflovchi esse,mulohazali esse,umumlashtiruvchi esse, asosli esse, ijodiy esselarga bo’linadi.
Insho shartli ravishda uch guruhga bo`linadi : adabiy, adabiy-ijodiy va erkin mavzudagi insholar.
4.Essening maqsadi –talabani fikrlashga va fikr - mulohazani dalillashga o’rgatiish, so’z vaq adabiy til vositalaridan o`z o’rnida foydalanish orqali fikrni to`g`ri yetqizib berish ko`nikmasini shakllantirishdan iborat.
Inshoning maqsadi – talabalarda yozma nutqni rivojlantirish va savodxonlikni ta’minlashdan hisoblanadi.
Umuman,esse talabaning nazariy fikrlarga asoslanib hamda fakt-dalillardan foydalanib o’z xulosasini aniq va mantiqiy izchillikda aks ettiruvchi ijodiy ishidir.
Esse kirish,asosiy qism,xulosa kabi qismlardan tashkil topadi.
Kirishda mavzuning dolzarbligi mantiqiy va uslubiy izchillikda beriladi, talabaning nuqtai nazari, fikri aks ettiriladi hamda asosiy qismiga bog`lovchi gap kiritiladi.
Asosiy qismning kirish gapi talabaning mavzuga oid masalaga o’z munosabatini bildirishdan boshlanadi, u ko’tarilgan masalaga,fikirga, muammoga savol qo’yadi hamda savolni muhokama qilib shaxsiy munosabat bildiradi. Talaba o’z fikrlarini isbotlaydigan ikkita- uchta dalil keltiradi va fikrini misollar bilan isbotlaydi. Fikrni isbotlash uchun keltiriladigan dallillar - maqol,sitata,hikimatli so’z,rivoyat yoki statistik,ilmiy- amaliy ma’lumotlardan iborat bo’lishi mumkin.
Xulosada dalillarga suyanib asosiy qismdagi muammo yechimi va mohiyati qisqa yoritiladi hamda masalaga aniq javob yoziladi. Adabiy esse erkin kompazitsiya asosida yozilgani uchun mavzuni yaxshi tushungan va o’quvchini o’ylanishga majbur eta oladigan ijodkor(gina yozadi.Esseda bir qolipdagi so’zlardan foydalanish,so’zlarni qisqartirish mumkin emas. Esse mavzusini aniqlash, hajmini va maqsadini belgilab olish katta ahamiyatga ega.Muallif esseda badiiy to’qima va fantaziyadan foydalanmaydi, u adabiy tildan to’g’ri va o’rinli foydalanishi zarur. Esse ixcham bo’lgani uchun keng fikr mulohaza bildirish, katta hikoyalashdan cheklanish,keltirilgan ma`lumotni atroflicha bayon etishdan saqlanish, takrorlarga yo’l qo’ymaslik kerak. Uzun,aralash turdagi qo’shma gaplar o’rniga qisqa va ixcham gaplarni qo’llash samarali hisoblanadi.
Esse xat boshilarga to’g’ri ajratilishi, yozib bo’lgach uni qayta o’qib chiqish zarur. Ensklopediya va turli manbalardan olingan ma`lumotlar o’z o’rnida qo’llanilisa essening badiiy va ta`sirchanligi oshadi.
Talabalarning mavzu bo’yicha faqatgina umumiy tushunchalar bilan tanish bo’lishi yetarli emas. Talabalar mavzuga oid qarama-qarshi fikrlar va qarashlarni o‘zlashtirishlari, ya’ni ularni tahlil hamda tanqid qilib o‘rganishlari talab qilinadi. Bunda muhokama va bahs olib borish usullari hamda ilmiy tarzda o‘z xulosalarini taqdim etish yo‘llari muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
1.Husanov N.A.,Xo’jaqulova R.Sh. Biznes muloqot va akademik yozuv.Toshkent, “IQTISOD-MOLIYA”,2019, 320 s.
2.Кўчимов Абдусаид. Буни ҳаёт дейдилар.Тошкент, Чулпон номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2019, 360 с
Do'stlaringiz bilan baham: |