Uchlar ittifoqi
Avstriya-Vengriya serb millatchiligiga barham berib, Bolqonda o‘z pozitsiyasini mustahkamlashni istardi. U janubiy chegaralarida bir slavyan davlati tuzilishini istamasdi;
Germaniya Avstriya-Vengriyani Serbiyaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u Yevropada o‘z so‘ziga ega bo‘lishga intilar edi. Buning uchun Fransiya va Rossiyani kuchsizlantirishi kerak edi. Shuningdek, Afrikada yangi koloniyalarga ega bo‘lishni ham istayotgan edi;
Usmonli imperiyasi Rossiya tomonidan egallangan butun turkiy xalqlar yashaydigan hududlarga ega bo‘lishni va o‘z chegaralarini Rossiya tajovuzidan himoya qilishni istar edi. Chunki Rossiya o‘zining issiq dengizlarga chiqishdek azaliy orzusi yo‘lida Usmonliga xavf tug‘dirayotgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |