Xom ashyoni navlash va inspektsiyalash. Barcha meva va rezavorlar inspektsiyalanadi konditsiyasi mos emaslari (urilgan, ezilgan, pishib yetilmagan, pishib o’tgan, kasalga chalingan va qishloq xo’jalik zararkunandalari zarar yetkazgan mevalar brakga ajratiladi) hamda yot unsurlar ajratib olinadi.
Ayni vaqtda meva va sabzavot pishish darajasi va rangi bo’yicha navlanadi. Xom ashyo sifati bo’yicha 0,1 m/s tezlik bilan harakatlanuvchi konveyerda qo’l mehnati bilan navlanadi. Meva lenta ustida tekis bir qavat yoyiladi. Mahsulotni hamma tomondan ko’rish imkoniyatini beruvchi rolikli transportyorlarni ishlatish maqsadga muvofiq. Braklarni ajratish opera-tsiyasini fotoelektron sezgir elementlardan foydalanib avtomatlashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |