Urug’lanish deb, xromosomalarning gaploid to’plamiga EGA bo’lgan tuxum hujayraga xuddi shunday urug’ hujayraning qo’shilishiga aytiladi. Urug’lanish natijasida hosil bo’lgan hujayra zigota



Download 221,54 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2022
Hajmi221,54 Kb.
#531533
  1   2
Bog'liq
Urug\'lanish.Egamqulova Zilola Bio 20-3 guruh


Urug’lanish. Urug’lanish va urchish bosqichlari
Reja:
1.Urug’lanish haqida umumiy tushuncha. 2. Jinsiy hujayralarning urug’lanishga moslashuvi. 3.Tashqi va ichki urug’lanish . 4.Urug’lanish fazalari.
Urug’lanish deb, xromosomalarning gaploid to’plamiga ega bo’lgan tuxum hujayraga xuddi shunday urug’ hujayraning qo’shilishiga aytiladi.Urug’lanish natijasida hosil bo’lgan hujayra zigota deyiladi. Zigotaning hosil bo’lishi bilan xromosomalarning diploid to’plami tiklanadi. Ko’pgina biologik omillarning birgalikdagi ta’siri erkak va urg’ochi jinsiy hujayralarining qo’shilishini ta’minlaydi.Urug’lanish jarayoni hayvonlarda ham o’simliklarda ham kuzatiladi. Urug’lanish jarayonini erkaklik jinsiy hujayralari-spermatazoidlar va urg’ochilik jinsiy hujayralari ya’ni tuxum hujayra amalga oshiradi. Spermatazoidlar urug’donlarda tuxum hujayra tuxumdonda yetiladi. Har ikkala organizmda jinsiy hujayralar bir vaqtda yetilishi lozim.
Urug’ hujayralar tuxum hujayralarga nisbatan ko’p sonlidir. Spermatazoidlarning ko’p sonli bo’lishi, ularning saqlanishi uchun muhit yaratishga, tushgan joyining kislotali muhitini ishqoriy muhitga keltirishga va boshqa organizmning uning immun tizimiga ta’sir etmasligini ta’minlaydi.
Spermatazoidlar urg’ochi jinsiy yo’lining ma’lum darajadagi suyuqligiga qarshi (reotaksis) va tuxum hujayra joylashgan tuxum yo’li tomon tuxum hujayraning taxasus moddasini sezgan holda (ximotaksis)2-4mm/min tezlikda harakat qiladi.Odam spermatazoidi 1-2mm/min tezlikda harakat qiladi.Spermatazoidning siljishi faqat o’zining harakati hisobiga sodir bo’libgina qolmay, balki bachadon muskullarining qisqarishi hisobiga ham sodir bo’ladi. Bachadon bo’ynidan to tuxum yo’lining oxirigacha bo’lgan masofani spermatazoid taxminan 3 soat davomida bosib o’tadi.Spermatazoid ayol jinsiy yo’lida 1-2 kunga qadar urug’lantirish qobliyatini saqlab qoladi.Spermatazoid tanadan tashqarida termostatda urug’lantirish qobliyatini bir haftadan ortiq saqlab qoladi. Ularning uzoq muddat yashashi pH muhitga, temperaturaga, ularning konsentratsiyasiga va shu kabi omillarga bog’liq.Spermatazoidlar urug’lanish jarayonida quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1)bo’lajak organizmga otalik genlarini olib kiradi;
2)tarkibidagi gialuronidaza fermenti yordamida tuxum hujayraga boshchasi va bo’ynini olib kiradi;
3)tuxum hujayraga urug’langan tuxum hujayraning bo’linishi uchun zarur bo’lgan sentrosomani olib kiradi.
1-rasm.
Urug’lanishning monospermiya va polispermiya turlari farqlanadi.Monospermiya bu tuxum hujayraga faqatgina bitta spermatazoid kirib, uni urug’lantiradi. Polispermiyada tuxum hujayra ichiga ko’plab spermatazoidlar kiradi ammo ulardan faqat bitta spermatazoidgina urug’lantiradi. Qolgan spermatazoidlar esa sariqlikning qayta so’rilishida va sariqlik endodermasining hosil bo’lishida ishtirok etadigan merotsit hujayralariga aylanadi. Polispermiya teloletsital tuxum hujayra uchun xosdir.
Har xil organizmlarda jinsiy hujayralarning soni va o’lchami turlicha.Tuxum hujayra bilan spermatazoidning uchrash ehtimoli qancha kam bo’lsa, shuncha ko’p jinsiy hujayralar hosil bo’ladi. Baliqlarda urug’lanish suvda kechishi tufayli ularning tuxum hujayrasi yirik va ko’p sonlidir. Yuqori tuzulishga ega umurtqalilarda esa tuxum hujayra kam, lekin spermatazoidlar soni juda ko’p.Sutemizuvchilarda urug’lanish bachadon nayining yuqori (1/3)qismida sodir bo’ladi.Urug’lanish tuxum hujayraning tuxumdondan chiqqan (ovulyatsiya) vaqtida sodir bo’ladi.
Urug’lanish tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. Tabiiy urug’lanish barchamizga ma’lum. Sun’iy urug’lanishda erkaklik jinsiy hujayralari tuxum hujayra tomon sun’iy yo’llar bilan yuboriladi. Sun’iy urug’lantirishga oid ishlarni avval sovuqqonli hayvonlarda (baqa, qurbaqalarda) so’ngra issiqqonlilarda o’tkazish XVII asrda boshlangan. Hozirgi vaqtda butun dunyo chorvadorlari sun’iy urug’lantirish metododan foydalanmoqda. Sun’iy urug’lantirishni chorvachilikda keng qo’llashni M.F.Ivanov boshlagan edi.
Yuqori darajada tuzilgan hamma hayvonlar jinsiy yo’ bilan urchiydi. Urug’lanish erkaklik va urg’ochilik jinsiy hujayralarining qo’shilishidan iborat. Urug’lanish natijasida jinsiy hujayralardan sifati jihatidan farq qiluvchi, ota-ona irsiyatiga ega bo’lgan yangi hujayra zigota hosil bo’ladi.Zigota bo’lina boshlaydi va ko’p hujayrali embrionga aylanadi.Urug’lanish natijasida vujudga keladigan ikkilanma irsiyat katta ahamiyatga ega.U organizmning yashash sharoitlariga moslashuvini va uning yashovchanligini orttiradi.
Odatda erkaklik jinsiy hujayrasi ham tuxum hujayra ham yetilgandan so’ng bo’linmaydi va rivojlanmaydi.
Agar urug’lanish sodir bo’lmasa, spermatazoid o’z aktivligini juda tez yo’qotadi va yashashga qobliyatsiz bo’lib qoladi. Tuxum hujayra esa urug’lanmasa juda kichik yadro bilan ko’p miqdordagi sitoplazma o’rtasidagi keskin nomuvofiqlik tufayli juda tez halok bo’ladi.Shu sababdan urug’lanish va rivojlanish sodir bo’lishi uchun jinsiy hujayralar mumkin qadar tezroq ucharshishi zarur.
Urug’lanishning 4 ta bosqichi farqlanadi:

  1. Spermatazoidning tuxum hujayraga yaqinlashishi;

  2. Tuxum hujayra bilan spermatazoidning birlashishi;

  3. Tuxum hujayra yadrosi bilan spermatazoid yadrosining qo’shilishi;

  4. Zigota hosil bo’lishi.

Urug’lanish
Download 221,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish