Bog'liq Urug\'lanish.Egamqulova Zilola Bio 20-3 guruh
tashqi va ichki urug’lanishga ajratiladi. Tashqi urug’lanish suvda yashovchi organizmlarda uchraydi (baliqlarda,amfibiyalarda ). Bunda urg’ochi organizmlar tuxumlarni tashqi muhitga ya’ni suvga qo’yishadi va tuxumlarga erkak organizmlar urug’ hujayralarini sochib ketishi natijasida tashqi urug’lanish kuzatiladi.bu holda embrionning rivojlanishi hamma vaqt suvli muhitda kechadi. Ichki urug’lanishda ko’p miqdordagi spermatazoid urg’ochi jinsiy yo’liga to’kiladi(sutemizuvchilarda).Bunda embrion ona organizmida yoki tashqi muhitda rivojlanadi. Embrionning tashqi muhitda rivojlanishi tuxum qo’yuvchi organizmlarga xosdir. 2-rasm. Urug’lanishg chizmasi. A-Tuxum hujayraning spermatazoid ichiga kirishi. B- Spermatazoid boshchasidan yadro va bo’ynichasidan sentriola hosil bo’lishi. D- Ikkita yadroning qo’shilishi. E-gomologik xromosomalarnning qo’shilishi va birinchi bo’linishi: 1- tuxum hujayra yadrosi; 2-spermatazoid yadrosi; 3-qabul qiluvchi do’mboqcha; 4-sentrosoma; 5- tuxum hujayra xromosomalari; 6-urug’ hujayra xromosomalari;7-tuxum hujayra va urug’ hujayra yadrolari. Urug’lanishning 2 ta fazasi farqlanadi: ichki fazasi va tashqi fazasi. Urug’lanishning tashqi fazasi spermatazoidlarning tuxum hujayraga intilishi va tuxum hujayrada qabul qiluvchi do’mboqchalarning hosil bo’lishi bilan ifodalanadi.Effektiv ya’ni chaqqon spermatazoidlarning 1tasi shu do’mboqchaga yetib borib unga yopishadi.Spermatazoid tuxum hujayraga tekkan zahoti spermatazoid orasidagi va tuxum hujayra qobig’idagi glikozaminoglikanni eritadi. Spermatazoid boshchasi, bo’yni va tanasi tuxum hujayraga kirib, dumi tashqarida qoladi va kortikal granulalar boshqa spermatazoidlarning kirishiga to’sqinlik qiluvchi urug’lanish qobig’ini hosil qilishi natijasida po’stloq qavat yo’qoladi. Shu davrdan boshlab urug’lanishning ichki fazasi boshlanadi. Urug’lanishning ichki fazasida spermatazoid yadrosi joylashgan boshchasi sitoplazmaga kirgandan so’ng shishadi va tuxum hujayra yadrosiga nisbatan 180o ga buriladi va spermatazoidning sentrosomadan iboran bo’yni oldinda bo’lib qoladi va tuxum hujayraning yadrosi tomon harakatlanadi. Sentrosoma atrofida axromatin to’ri hosil bo’ladi. Tuxum hujayraning yadrosi ham shishib spermatazoidning yadrosi tomon harakatlanadi. Tuxum hujayra va spermatazoidning yadrolari qo’shiladi(turg’un yadro bilan harakatchan yadroning qo’shilishi sinkarion deyiladi) va urug’lanish davri zigota hosil bo’lishi bilan yakullanadi.
Mavzu yuzasidan savol va test topshiriqlar. 1.Spermatazoidlar soni ko’p bo’lishining ahamiyati nimada?
2.Sutemizuvchilarda urug’lanish bachadon nayining qaysi qismida sodir bo’ladi?
3.Spermatazoidning harakati nimalarga bog’liq?
4.Merotsit hujayrasining vazifasi nimadan iborat?
5.Urug’lanish jarayoninig ahamiyatini tushuntiring.
6.Polispermiya hodisasini tushuntiring.
7.Polispermiya hodisasi qaysi turdagi tuxum hujayra uchun xos?
8.Tuxum hujayraning tuxumdondan chiqish jarayoni nima deyiladi?
9.Nima sababga ko’ra tuxum hujayraning po’stloq qavati yo’qolishi yuz beradi?
10.Spermatazoidning uzoq muddat yashashi qanday omillarga bog’liq?
11.Urug’lanish jarayonida spermatazoidning eng muhum vazifalarini aytingrayonida spermatazoidning eng muhum vazifalarini ayting.
12.Urug’lanishning tashqi fazasi haqida ma’lumot bering.
13.Urug’lanish tuxum hujayraning qaysi holatida sodir bo’ladi?
14.Nima sababdan tuxum hujayrani faqatgina bitta spermatazoid kirib urug’lantiradi?
15.Urug’lanishning biologik ahamiyati haqida gapiring.
1.Turg’un yadro bilan harakatchan yadroning qo’shilishiga nima deyiladi?
a) delyaminatsiya
b)sinkarion
c)duplikatsiya
d)rezorbsiya
2.Spermatazoidning akrosomasidagi qaysi modda tuxum hujayra qobig’ini eritadi?
a) Glikozaminoglikan
b) gialuron kislotasi
c) gialuronidaza fermenti
3.Spermatazoidning qaysi qismlari tuxum huyjayra ichiga kiradi?
a) tanasi, dumi
b) dumining asosi, bosh qismi
c) bosh va bo’yin qismi
d)dumi va boshi
4.Spermatazoidning sentriolasi qanday vasifani bajaradi?
a) urug’langan tuxum hujayraning bo’linishida
b)Spermatazoidning dumini tashqarida qoldirish vazifasini bajaradi
c)spermatazoidning irsiy belgilarini o’zida saqlaydi
d)Spermatazoid dumnini harakatlantirish vazifasini bajaradi
5.Odam spermatazoidi harakat tezligi to’g’ri berilgan qatorni toping.
a)3-4 mm/min
b)1-2 mm/min
c)5-6 mm/min
d)1-2 m/min
6.Spermatazoid akrosomasidagi gialuronidaza fermenti tuxum hujayraning qobig’idagi qaysi moddani eritadi?
a)sariqlik moddasini
b)glikozaminoglikanni
c)eleidinni
d)oraliq moddani
7.Tashqi urug’lanish qaysi organizmlarda(hayvonlarda) kuzatiladi?
a)reptiliyalarda sutemizuvchilarda
b)triton, toq tuyoqlilarda
c)baliqlarda, amfibiyalarda
d)barcha reptiliyalarda va baliqlarda
8.Polispermiya hodisasi to’ri berilgan javobni toping.
a)Tuxum hujayralarni urug’lantirishda ko’plab spermatazoidlarning urug’lantirishi
b)Bitta tuxum hujayrani ko’plab spermatazoid urug’lantirishi
c)bitta tuxum hujayraga ko’plab spermatazoidlar kirib lekin ulardan faqat bitta spermatazoid tuxum hujayrani urug’lantirib, qolganlari merotsit hujayralariga aylanishida ishtirok etishi yoki nobud bo’lishi
9.Merotsit hujayralarining vazifasi nima?
a) sariqlik endodermasining hosil bo’lishida ishtirok etadi
b)tuxum hujayraga spermatazoid sentriolasi kirishini ta’minlaydi
c)Urug’lanish qobig’I hosil bo’lishida qatnashadi
d)Yo’ldosh hosil bo’lishini ta’minlaydi
10.Spermatazoidlar urg’ochi jinsiy yo’lining ma’um darajadagi suyuqligiga qarshiligi-
a)ximotaksis
b)metaplaziya
c)determinatsiya
d)reotaksis
11)Spermatazoidlar ayol jinsiy yo’lida urug’lantirish qobliyatini qancha muddatgacha saqlab qoladi?
a) 5-6 kun
b) 3-4 kun
c) 1-2 kun
d) 3-5 kun
12.Bachadon bo’ynidan tuxum yo’li oxirigacha bo’lgan yo’lni spermatazoid taxminan qancha muddatda bosib o’tadi?
a)1 soatda
b)3 soatda
c) 1,5 soatda
d)2 soatda
13.Spermatazoidning tuxum yo’li tomon tuxum hujayraning taxassus moddasini sezgan holda harakatlanishi-
a)reotaksis
b)integratsiya
c)ximotaksis
d)epiboliya
14.Spermatazoid tanadan tashqarida ya’ni termostatda qancha muddat urug’lantirish qobliyatini saqlab qoladi?
a) bir haftadan kam muddatda
b)bir haftadan ortiq
c)uch kungacha
d) bir necha oylab
15.Urug’lanish davri……… yakunlanadi.
a)tuxum hujayraning qobig’i erishi bilan
b)zigota hosil bo’lishi bilan
c)urug’lanishning tashqi fazasi tugashi bilan
d)
16.Baliqlarda tuxum hujayrasi……… .Sutemizuvchilarda tuxum hujayra…….. va spermatazoidlar……
a)kichik va kam sonli; tuxum hujayra kam va spermatazoid ko’p sonli
b)yirik va kam sonli; tuxum hujayra ko’p va spermatazoid kam sonli
c)yirik va ko’p sonli; tuxum hujayra kam va spermatazoid ko’p sonli
d)kichik va ko’p sonli; tuxum hujayra ko’p va spermatazoid ham ko’p sonli
17.Sun’iy urug’lantirishga oid ishlarni issiqqonlilarda nechinchi asrlarda qo’llanila boshlangan?
a) XXI asrda
b) XVI asrda
c) XVII asrda
d)IX-XVI asrda
18. Sun’iy urchitishni chorvachilikda keng qo’llashni dastlab qaysi olim boshlagan?
a)I.P. Ivanov
b)M.F. Ivanov
c)A.A.Tixomirov
d)I.M.Tixomirov
19.Sun’iy urug’lantirish hodisasi dastlab qaysi organizmlarda amalga oshirilgan?
a)qoramollarda,sudralib yuruvchilarda
b)sovuqqonli hayvonlarda va otlarda
c) issiqqonli hayvonlarda
d)baqalarda qurbaqalarda
20.Ichki urug’lanishga oid ma’lumotlar tog’ri keltirilmagan javobni toping.
a)Ichki urug’lanish tashqi muhitda sodir bo’lmaydi
b)ichki urug’lanishdan hosil bo’lgan embrion faqat ona organizmidan ajralmagan holda rivojlanadi.
c)ichki urug’lanish natijasida hosil bo’lgan embrion ona organizmidan ajralmagan holda hamda tuxum qo’yuvchilarda tashqi muhitda rivojlanadi
c)a va c javoblar to’g’ri.
Kalit