Endospermli urug’larning tuzilishi. Endospermli urug’lar g’allaguldoshlar, lolaguldoshlar va qiyoqdoshlar oilasi vakillari uchun hosdir. Endosmpermli urug’lar quyidagi qismlardan tuzilgan bo’ladi.
1. Urug’ po’sti. 2. Endosperm. 3. Murtak.
Qalqoncha bir pallali urug’lar uchun xarakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi endospermadagi zapas oziq moddalarni diostaza fermenti ta’sirida parchalab murtak qismiga o’tkazib berishga xizmat qilishdir.
Ayrim o’simliklar endosperm o’rniga zapas oziq moddalarni peresperm qismida to’plash xususiyatiga ega bo’ladi.
Perisperm urug’kurtakning nutsellus qismidan hosil bo’ladi. Perisperimning farqi uning tarkibida oqsil va yog miqdori kamroq bo’lib, asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Perisperm hosil qilish chinnigul, lavlagi, shura, olabuta uchun xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |