11.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholarining shakllanishini takomillashtirish yoTlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif o‘zgarishini e'tiborga olgan holda baholaming shakllanishini takomillashtirib borish lozim. Bu nihoyatda muhim masala. Uning ijobiy hal etilishi juda ko‘p omillarga bogTiq. Respublika miqyosida bu masalani hal etishda o‘tish davrining hozirgi bosqichida davlatning roli ancha ulkan. Shuning uchun bu jarayonda
235
agrosanoat majmuasini rivojlantirishda qo‘llanilayotgan baho va moliya-kredit siyosati quyidagi vazifalami yechishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak:
• davlatning iste'mol mollari bilan o‘zini-o‘zi ta'minlashini tezlashtirish;
• qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari baholari o'rtasidagi mutanosiblikni ta'minlashga erishish;
• qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining daromadlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta'minlaydigan darajada rag'batlantirish;
• fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilishda ko‘mak berish;
• jahon bozorlariga erkin chiqish imkoniyatlarini kengaytirish.
Bozor iqtisodiyotida baho munosabatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
• erkin baholami davlat tomonidan boshqariladigan baholar bilan uyg‘unlashtirish;
• tovar ishlab chiqaruvchilarning daromad olishlarini ta’minlash;
• ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va samaradorlikni oshirish;
• baho va moliya-kredit munosabatlarining o‘zaro aloqasini optimallashtirish;
• talab va taklif ta'siri natijasida muvozanatli baholami shakllantirish;
• fan-texnika taraqqiyotini, ilg‘or texnologiyalami rag'batlantirish va boshqalar.
MaMumki, qishloq xo'jalik korxonalarida yetishtirilgan paxta xomashyosi « 0 ‘zpaxtasanoatsotish» uyushmasi tomonidan sotib olinmoqda. Kelgusida paxta xomahyosi bozorini rivojlantirish, mazkur mahsulotlarga belgilanadigan baholami liberallashtirish, erkin bozomi shakllantirish va raqobat muhitini yuzaga keltirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining baholarining shakllanishini takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
• qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlari baholari o‘rtasida mutanosiblikni ta'minlash;
• tarmoqda yetishtirilayotgan mahsulotlar bozorini rivojlantirish, erkin sotish imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozoriga chiqishni rag‘batlantirish;
• qishloq xo'jaligida marketing faoliyatini rivojlantirish;
• qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlovchi inshootlami ko‘paytirish va ular faoliyatini rivojlantirish.
Ma'lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari bir vaqtda pishib yetiladi va ko‘pgina turlari saqlash va tashish uchun noqulaydir. Shu sababli mahsulot pishib yetilgan paytda taklif miqdori keskin ortib, ular bahosining past darajada shakllanishiga olib keladi. Ushbu mahsulotlarni ma’lum muddat saqlab, keyin sotish natijasida bahoning maqsadga muvofiq darajada bo'lishiga erishish
236
mumkin. Bundan tashqari, mazkur holat aholini yil davomida qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta'minlashga ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bahosini takomillashtirishda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy minitexnologiyalarga asoslangan kichik korxonalami barpo etishga alohida e'tibor berish lozim. Shu orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talabni oshirish, mahsulotlami sotishda erkin bozomi shakllantirish ta'minlanadi va qishloq hududlarida qo'shimcha ish o‘rinlari tashkil etishga ham erishiladi. Shuningdek, qishloq xo'jalik korxonalarining o‘z mahsulotlarini tashqi bozorda erkin sotish jarayonini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining baholari barcha xarajatlami qoplab, optimal miqdorda foyda olishni ta’minlashi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun qishloq xo‘jalik korxonalari fan-texnika yutuqlarini, samarali texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etishlari, ishchi va xizmatchilarning bilim va malakalarini hamda tadbirkorlik faoliyatlarini yuksaltirishga erishish orqali mahsulot sifatini yaxshilash va xarajatlami tejashga erishishlari lozim.
Bunday tartibda shakllangan baholar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lib, ular o‘z vazifalarini to‘liq bajarishlari mumkin. Shtmday baholargina tomonlaming manfaatlarini samarali ravishda qondirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |