187
9-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGINING YALPIVA TOVAR MAHSULOTI, ULARNI KO'PAYTIRISH YO‘LLARI
• Qishloq xo'jaligi yalpi va tovar mahsuloti to‘g‘risida tushuncha, ulami aniqlash tartibi.
• Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini sotish va taqsimlash yo'nalishlari.
• Yalpi mahsulotni ko'paytirish va uning tovarlilik darajasini oshirish yoilari.
9.1. Qishloq xo‘jaligi yalpi va tovar mahsuloti to‘g‘risida tushuncha, ularning ahamiyati.
Qishloq xo‘jaligidagi barcha korxonalar ishlab chiqarish jarayonida turli mahsulotlami yetishtiradi, ishlar va xizmatlami bajaradilar. Jumladan, paxta, bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, kartoshka, karam, pomidor, sabzi, sut, go‘sht va boshqa mahsulotlami yetishtiradilar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ma'lum davr mobaynida, odatda bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, bajarilagn ish va xizmatlar yig‘indisi tarmoqning yalpi mahsuloti deyiladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining alohida turlari bo‘yicha natural holidagi yalpi mahsulotni aniqlash mumkin. Masalan, 2009-yilda mamlakatimizda 6 million 600 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan. Natural holidagi yalpi mahsulot qishloq xo'jalik mahsulotlari turlari bo‘yicha alohida hisoblanadi. Lekin, natural o‘lchov birligida barcha qishloq xo‘jaIik mahsulotlarini bir-biriga qo‘shib bo‘lmasligi sababli tarmoqning yalpi mahsulotini mazkur o‘lchov birligida aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti qiymat oichov birligida aniqlanadi. Buning uchun bir yil mobaynida tarmoqda yetishtirilgan barcha mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatlarining yigindisi aniqlanadi.
Yalpi mahsulot tarmoqning, korxonaning bir yillik faoliyatini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichdir. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining tarkibi quyidagilardan iborat bo'Iadi:
- tayyor mahsulot;
- tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida bir yil davomida yetishtirilib, yig‘ishtirilib, hisobga olingan, taqsimlashga va sotishga tayyor boigan mahsulotlar qishloq xo‘jaligining tayyor mahsuloti hisoblanadi.
188
Kelgusi yillarda mahsulotlar yetishtirish uchun joriy yilda sarflanadigan xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Masalan, kuzgi bug‘doy yetishtirish uchun mamlakatimiz sharoitida oktabr oyidan boshlab ko‘plab xarajatlar qilinadi. Jumladan, yerlami shudgorlash, tekislash, urug'lik, o‘g‘it, yoqilg'i-moylash materiallari, mehnat haqi sarfi va hokazo. Lekin mahsulot keyingi yilda tayyor boiadi. Bundan tashqari, asosiy podaga o‘tkazish uchun moijallangan yosh chorva mollariga qilingan xarajatlar, mevali bog‘ yaratishda nihollar voyaga yetguncha qilingan xarajatlar ham tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlaridir.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini aniqlashda yetishtirilgan
mahsulotlar quyidagi baholarda aniqlanadi:
- sotilgan mahsulotlar sotish baholarida;
- xo‘jalik ichki ehtiyoji uchun sarflanganlari tannarxi bo‘yicha.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ehtiyoj uchun ishlatilgan mahsulotlami tannarxi bo‘yicha baholash xo'jalik ehtiyojlarini, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanganlaming moddiy manfaatdorligi oshishini yetarli darajada ta’minlay olmaydi. Ichki ehtiyojlar uchun ishlatilgan mahsulotlar tannarxda baholanganligi uchun ishlab chiqaravchilar uni yetishtirishdan foyda ololmaydilar. Foyda bo‘lmagach, ishchilarni mahsulot ishlab chiqarish natijasiga ko‘ra, rag‘batlantirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ichki ehtiyojlarga berilgan mahsulotlaming qiymatini ham o‘rtacha sotish baholarida aniqlash yoki ichki baholami belgilash maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining turlari bo‘yicha jami yalpi mahsulot qiymatidagi salmog'ini aniqlab, tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida yetishtirilgan yalpi mahsulotning jami yalpi mahsulotdagi ulushini ham tahlil etish mumkin. Bu ko'rsatkichlar asosida qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiyotiga oid umumiy xulosalar chiqarish mumkin bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishiga quyidagi omillar ta'sir ko‘rsatadi:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi;
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarining baholari darajasi;
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishida ishlab chiqarish tarkibi ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni yuqori baholi mahsulotlaming jami ishlab chiqarishdagi salmog‘i o‘zgarishi yalpi mahsulot hajmining ham o‘zgarishiga olib keladi.
Tarmoqdagi yoki xo‘jalilcdagi qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotining bir necha yillik o‘zgarish dinamikasini tahlil etishda haqiqiy baholar orqali chuqur tahlil qilib bo‘lmaydi. Chunki haqiqiy baholar har yili o‘zgarib turadi. Masalau, 1 tonna paxta xomashyosining davlat xarid bahosi 2002-yilda 104,7 ming so‘m
189
darajasida belgilangan bo‘lsa, 2009-yilda 502,0 ming so‘mga yaqin bo‘lgan. Shu yillar ichida uning mutlaq miqdori 5 marta oshgan. Yalpi mahsulotning umumiy qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi bunday holatning oldini olish uchun yalpi mahsulot qiymatining yillar bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini tahlil etishda qiyosiy baholarda aniqlanadi. Bunda baho o‘zgarishining yalpi mahsulot o‘zgarishiga ta’siri bartaraf etilib, yalpi mahsulotning haqiqiy o‘zgarishini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Hozirgi davrda qiyosiy baholar sifatida 1996- yildagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari haqiqiy baholarining o‘rtacha yillik miqdori olingan. Keyinchalik boshqa yilning o‘rtacha baholari qiyosiy baho sifatida olinishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligidagi tayyor mahsulotlar ichki va tashqi bozor talabini e'tiborga olgan holda sotiladi, ya’ni qishloq xo‘jaligida ham tovar-pul munosabatlari amalga oshiriladi. Mahsulotlarning tovar-pul munosabatlari asosida sotilgan miqdori tovar mahsuloti deb ataladi. Shunga asoslangan holda mahsulotlaming tovarlilik darajasi ham aniqlanadi. Uni aniqlash uchun sotilgan mahsulot qiymatini jami yetishtirilgan mahsulotning miqdoriga taqsimlab, natijani 100 ga ko‘paytirish lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Td = SM xl 00
YJM
Bunda: Td— mahsulotning tovarlilik darajasi, foizda;
SM — sotilgan mahsulot miqdori, tonna;
YJM - yetishtirilgan jami mahsulot miqdori, tonna.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarining tovarlilik darajasi turlicha bo'lishi mumkin. Ayrim texnika ekinlarini qishloq xo‘jalik korxonalarining o‘zida qayta ishlash yo‘lga qo'yilmaganligi sababli ulaming tovarlilik darajasi 100 foizga teng bo‘ladi. Masalan, paxta xomashyosi, kanop va boshqalar. Ayrim mahsulotlar esa faqat ichki talablami qondirish maqsadida yetishtirilishi mumkin. Bunday hollarda ulaming tovarlilik darajasi aniqlanmaydi. Jumladan, chorva mollari uchun ozuqa sifatida yetishtirilgan yem-xashak va boshqalar.
Yalpi va tovar mahsulotlaming mamlakat, tarmoqlar hamda korxonalar iqtisodiyotidagi ahamiyati katta. Jumladan, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi, qiymati o‘sishi natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulotining ham o‘sishi ta'minlanadi. Korxonalar yalpi va tovar mahsulotining ko‘payishi ulaming iqtisodiyoti yuksalishini ta'minlaydi. Xo‘jalik yalpi mahsulotining, natural holdagi miqdori ko‘payishi tayyor mahsulot miqdori oshishiga sabab bo‘lib, ichki va tashqi talab to‘liqroq qondirilishiga imkoniyat yaratadi. Natijada sotiladigan mahsulot miqdori ortadi. Uni sotish evaziga korxonalarning pul daromadlari ko'payadi. Bu qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining kengaytirilgan holda rivojlanishini, ishchi-xizmatchilaming esa
190
moddiy rag'batlantirilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham respublika hukumati qishloq xo'jalik mahsulotlari miqdorini oshirishga, ulaming sifatini yaxshilab, raqobatbardorligini yuksaltirishga katta e'tibor bermoqda. Chunki qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chet davlatlarga sotish natijasida mamlakatning valyuta tushumi ortib bormoqda. Ulaming evaziga qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo'lgan ishlab chiqarish vositalari, yangi texnikalar, ilg'or texnologiyalar sotib olinmoqda.
Qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalar, samarali texnologiyaiar kiritilib, uning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanmoqda. Tarmoqdagi ishchi- xizmatchilaming bilimlari, malakalari, tadbirkorlik qobiliyatlari yuksaltirilmoqda. Natijada so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti yil sayin ortib bormoqda.
2008-yilda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti yetishtirish 2007-yilga nisbatan 4,5 foizga, 2009-yilda esa qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2008-yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sgan.
Mamalakatimiz viloyatlarining yalpi hududiy mahsulotida qishloq xo'jaligi tarmog‘ining salmog‘ida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda (9.1- jadval).
9.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |