Agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligi o‘zgarishi
2009-yilda 2005-yilga
Ko‘rsatkichlar 2005 2006 2007 2008 2009 nisbatan
o‘zgarish, foiz hisobida
1 so'mlik investitsiya-
ga to‘g‘ri keladigan 28,87 31,40 37,07 28,13 22,50 77,9 qishloq xo‘jaligi
yalpi mahsuloti, so‘m
Qishloq xo'jaligiga jalb qilingan investitsiyalaming
yillik o‘sish sur’ati, 100,0 113,8 123,8 174,3 268,3 168,3 2005-yilga nisbatan
foiz hisobida Qishloq xo‘jalik mahsulotlari
hajmining yillik 100,0 .124,4 146,1 170,7 209,1 109,1
o'sish sur'ati, 2005- yilga nisbatan foiz hisobida
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko‘rinadiki, 2005-2007-yillarda 1 so'mlik investitsiyaga to‘g‘ri keladigan qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti qiymati o‘sish tendensiyasiga ega bo'lgan. Bu esa, mazkur davr mobaynida qishloq xo‘jalik mahsulotlari o‘sish sur'ati investitsiyalarning o‘sish sur'atidan yuqori bo'lganligi bilan izohlanadi. 2008-2009-yillarda esa 1 so'mlik investitsiyaga to‘g‘ri keladigan qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti qiymatining pasayishi kuzatildi. Bu ushbu yillarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari o‘sish sur'ati investitisiyalaming o'sish sur’atidan past bo‘lganligi bilan izohlanadi. 2009-yilda qishloq xo‘jaligiga jalb qilingan investitsiyalaming 2005-yilga nisbatan o‘sish sur'ati 168,3 foizli punktni tashkil qilgani holda, mazkur davrda
176
qishloq xo'jalik mahsulotiarining o‘sish sur'ati 109,1 foizli punktni tashkil qilgan.
Keyingi yillarda agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibi ham o‘zgarmoqda (8.2-jadval).
8.2-jadval
O‘zbekiston Respubiikasida agrar sohaga jalb qiiingan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalariga ko‘ra tarkibi
2009-yilda Ko‘rsatkichlar 2005 2006 2007 2008 2009 2005-yilga
nisbatan o‘zgarishi
Markazlashgan 28,1 27,4 15,6 22,7 31,5 +3,4 f.p. manbalar
Markazlashmagan 71,9 72,6 84,4 77,3 68,5 -3,4 f.p. manbalar
2005-2008-yillarda agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar umumiy hajmida markazlashgan investitsiyalaming salmog'i pasayish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Bu esa, mazkur davr mobaynida agrar sohaga byudjetdan ajratiladigan mablag'lar kamaygani holda, fermer va dehqon xo‘jaliklarining o‘z mablagiari va banklaming kreditlari salmogi oshib borganligi bilan izohlanadi. Masalan, 2008-yilda bank kreditlarining agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalaming umumiy hajmidagi salmogi 46,8 foizni tashkil qildi, bu banklaming tarmoqdagi investitsion faolligi kuchayganligini ifodalaydi.
2009-yilda markazlashgan manbalaming agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmidagi salmog‘i 2005-yilga nisbatan 3,4 foizli punktga oshgan. Ayniqsa, 2009-yil ushbu ko'rsatkich keskin oshgan. Bu mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda agrar sohani davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab- quvvatlash tadbirlari amalga oshirilganligi bilan izohlanadi. Xususan, 2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb nomlandi, ushbu yilga bag'ishlangan davlat dasturi qabul qilindi va shu dastur asosida ko‘plab mablag‘lar agrar sohaga yo‘naltirildi. Masalan, 2009-yilda yerlaming meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan loyihalami amalga oshirish uchun 130 mlrd. so‘m mablag* yo‘naltirildi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat baho siyosati bilan fermerlar daromadi barqarorligini qoTlab-quvvatlaydi va shu orqali fermer xo'jaligining investitsiya jamg'armasini tashkil etuvchi daromadlaming minimal darajasini ta’minlashga harakat qilinadi. Ushbu mamlakatlar amaliyotida agrar sohadagi investitsiya faoliyatini boshqarishning ikkita zamonaviy modeli keng qoTlanilmoqda: Amerika va Yevropa modellari. Agrar sohadagi investitsiya
177
faoliyatini boshqarishning Amerika modeli AQSh va Kanada davlatlari uchun xos bo‘lib, ularda davlat byudjeti mablagiari hisobidan qishloq xo'jaligiga ajratiladigan assignatsiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul toiovi koiinishida amalga oshiriladi. Bunda, ayniqsa, imtiyozli kreditlar, fermerlarga investitsiyalar uchun soliq imtiyozlari, kreditni qaytarish muddatlarini uzaytirish kabi usullardan samarali foydalaniladi. Soliq tizimidagi imtiyozlar qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmini oshirish, yerlaming mahsuldorligini oshiruvchi muhitni ta'minlashda muhim o‘rin tutadi.
Asosiy kapitalga investitsiyalaming iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha
tarkibi 8.3-jadvalda keltirilgan.
8.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |