Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet48/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Mmk = -------------
Im in
Bunda: Imax - ma'lum davrdagi eng ko‘p sarflangan kunlik mehnat sarfi, kishi-kuni, kishi-soat;
Imin - maium davrdagi eng kam sarflangan kunlik mehnat sarfi, kishi-kuni, kishi-soat;.
Ushbu koeffitsiyentning miqdori 1-1,2 ga teng boigani maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida uning miqdori belgilangan me'yordan yuqoriroq boimoqda. Bu mehnat resurslarining ishlab chiqarish jarayonida bir me'yorda qatnashmayotganligidan dalolat beradi. Bu holni yumshatish zarur, buning uchun kam mehnat sarflanadigan oylarda ishlab chiqarishning boshqa sohalarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu masalani har bir korxona o‘zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal etishi mumkin.
g) mehnat unumdorligi darajasi. Ushbu ko'rsatkichni aniqlash haqiqatda sarflangan jami mehnat sarfi miqdorini shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga yoki qiymatiga taqsimlash zarur:

Bunda: S M - ma'lum davrda sarflangan mehnat, kishi-kuni, kishi-soat;


YM - ushbu davr mobaynida yetishtirilgan mahsulot miqdori
yoki qiymati.
Bu ko'rsatkich yetishtirilgan bir birlik (sentner, tonna, so‘m) mahsulot uchun qancha mehnat sarflanganligini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich mehnat sig'imi ham deyiladi va mehnatni tejash iqtisodiy qonunining talabidir.
Amaliyotda esa mehnat unumdorligi haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotning, bajarilgan ishning miqdori yoki qiymatini unga sarflangan ish vaqtiga taqsimlash orqali aniqlanadi:


119


Mazkur ko‘rsatkich sarflangan bir birlik (kishi-kuni, kishi-soat) mehnat sarfi evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligining, xizmatlar bajarilganligining darajasini ifodalaydi. Bu ikki usul bir-birini inkor etmaydi, balki to'ldiradi. Mahsulot birligiga sarflangan mehnat miqdori kamaysa yoki sarflangan bir birlik mehnat sarfi evaziga yetishtirilgan mahsulot birligi ko'paysa, mehnat unumdorligi oshganligidan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligi ko'rsatkichi qishloq xo‘jaligida ayrim mahsulot turlari bo‘yicha hamda xo‘jalik miqyosida natural hamda qiymat ko‘rinishida aniqlanadi. Uning darajasini qiymat ko'rinishida bir necha yillar davomida aniqlashda qiyosiy baholardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shunda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘zgarishining mehnat unumdorligi o'zgarishiga ta'siri bartaraf etiladi. Yuqorida keltirilgan ko'rsatkichlar yordamida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida qatnashayotgan mehnat resurslaridan qanday foydalanilayotganlik hamda sarflanayotgan mehnatning unumdorlik darajasi aniqlanib, chuqur tahlil etiladi.
Shunga asoslangan holda kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash va sarflanishi zarur bo'lgan mehnatning unumdorligini oshirish uchun qanday tadbirlami ishlab chiqish kerakligi belgilanadi.
h) qishloq xo'jaligi tarmog‘ida band bo‘lgan mehnat resursl salmog‘i. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun tarmoqda band bo‘lgan mehnat resurslari soni mamlakat miqyosida band boigan mehnat resurslari soniga taqsimlanadi va natija 100 ga ko'paytiriladi. Uni aniqlashda quyidagi fonnuladan foydalanish mumkin:
TMRs = -- V * -Jtioo
MMRns
Bunda: TBMR - tarmoqda band boigan mehnat resurslarining umumiy soni;
Rus - mamlakat miqyosida mehnat resurslarining umumiy soni.
Ushbu ko‘rsatkichlar yordamida qishloq xo‘jalik tarmogida band boigan mehnat resurslarining mamlakat mehnat resurslari umumiy sonidagi salmog'i aniqlanib, tahlil qilinishi mumkin. Mazkur ko‘rsatkich tarmoqdagi mehnat resurslarining mehnat unumdorligiga baho berishda ham foydalanilishi mumkin. Masalan, qishloq xo'jaligi intensiv rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Gollandiya, Isroil va boshqalar) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mamlakat mehnat resurslari umumiy sonining atigi 4-7 foizi mehnat qiladi. Ularda tarmoq moddiy-texnika bazasining mustahkamlanishi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanilishi natijasida mehnat unumdorligining yuqori bo'lishiga erishilgan. Ularda qishloq xo'jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir kishi 120 nafargacha kishini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta'minlamoqda. Respublikamiz miqyosida bu ko‘rsatkich darajasi hozirgi davrda ancha yuqori, uni pasaytirishga alohida e'tibor berilmoqda. Qishloq xo‘jaligidan bo'shayotgan mehnat resurslarini ish bilan ta'minlash uchun qishloq joylarda tadbirkorlikning
120


boshqa shakllarini, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish lozim.
Mehnat resurslarining ish bilan ta'minlanmagan qismi ishsizlar hisoblanadi. Qonuniy jihatdan ishsiz hisoblanishi uchun ular tumanlardagi bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat etishi zarur. Bandlikka ko‘maklashish markazi murojaat etgan ishsizlami belgilangan tartibda ro‘yxatga olib, ularga mutaxassisligi bo'yicha ish topib bera olmasa, ularga ishsiz maqomini beradi. Ishsiz maqomini olgan fuqaro esa ijtimoiy jihatdan himoyalanishi uchun unga belgilangan miqdordagi mablag1 ma'lum davr mobaynida berib boriladi.
Bandlikka ko'maklashish markazlari ish bilan ta’minlanmaganlarga tumandagi imkoniyatlami e'tiborga olgan holda malakasini oshirish yoki kasblarini o‘zgartirish bo‘yicha tadbirlarai amalga oshiradi. Shular natijasida ulaming ish bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Bu esa mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti yuksalishini ta'minlaydi.
Qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlantirilishi tarmoqdagi mehnat resurslarining ma’lum bir qismini sanoat va boshqa tarmoqlarga o‘tishiga ta’sir etmoqda. Shu orqali qishloq joylardagi mehnat resurslarining ish bilan ta'minlanganlik darajasi oshirilmoqda.
Tarmoqda mavjud bo‘lgan mehnat resurslarini ishlab chiqarishga jal'o etish, ulaming mehnatlari unumdorligini yuksaltirishda moddiy hamda ma'naviy rag'batlantirishning, ya'ni ularning mehnatlariga yarasha haq to'lash, yaxshi ishlaganlami esa rag‘batlantirishning ahamiyati ulkan. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida mamlakatimiz miqyosida mehnatga toianadigan ish haqining eng kam miqdori belgilanadi. Uning yuqori darajasi esa xo‘jaliklaming iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamda ishchi- xizmatchilaming qobiliyatlariga, imkoniyatlariga va tashabbuskorligiga qarab belgilanadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2008-yilda iqtisodiyotda band
bo‘lganlar soni 11035,4 ming kishini tashkil etib, 2007-yilga nisbatan 2,8 foizga oshgan. Iqtisodiyotda band bo'lganlar sonining o‘sishi noishlab chiqarish sohasida band bo'lganlar sonining 3,2 foizga, moddiy-ishlab chiqarish sohasida band boiganlaming 2,6 foizga o'sishi natijasida yuz bergan. Bu respublikamiz hukumati tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng y o i ochib berilishi, shuning asnosida aholining bandligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlaming izchillik bilan amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi.
Surxondaryo viloyatida ham aholining asosiy qismi qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholini ish bilan ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlami amalga oshirayotganda ushbu holatga e'tibor berish lozim.
121


Surxondaryo viloyatida 2010-yil 1-yanvar holatiga aholi soni 2082,3 ming nafami tashkil etgan bo‘lib, mehnat resurslarining soni 1158,8 ming nafarni tashkil etgan. Bundan 792,8 ming nafari iqtisodiy faol hisoblanib, 366,0 ming nafari esa iqtisodiy faol bo'lmagan aholidan iborat. Iqtisodiy faol aholining 754,0 ming nafari ish bilan ta'minlangan bo‘lib, shulardan 462,3 ming nafari iqtisodiyotning rasmiy sektorida, 275,1 ming nafari iqtisodiyotning norasmiy sektorida band boiganlami tashkil qiladi. Iqtisodiy faol aholining 38,8 ming nafari yoki 4,9 foizi ishga joylashtirishga muhtoj, ya'ni band boimagan aholini tashkil etib, shundan 1628 nafari bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari hisobida turganlami tashkil etadi.
Surxondaryo viloyatida aholini ish bilan ta'minlash bo‘yicha ishlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2009-yil 1- yanvar holatiga xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish maqsadli kompleks Dasturlarini amalga oshirish doirasida chorvachilik va kasanachilik yo'nalishida viloyat bo'yicha 44,3 ming ish o'rinlari tashkil qilingan.
Qishloq xo‘jaligida mehnatning unumdorlik darajasi so‘nggi yillarda yuksalmoqda. Uning oshishiga tarmoqda ekiladigan ekinlar asosiy qismining hosildorlik darajasi oshganligi, chorva mollari mahsuldorligining yaxshilanganligi ta'sir etgan. Mehnat unumdorligi darajasining oshishiga qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholarining oshishi ham ta’sir etmoqda. Lekin baholar oshishiga nisbatan mehnat unumdorligining oshish sur’ati yuqori. Chunki qishloq xo‘jalik xodimlarining mehnatga bo'lgan munosabatlari o‘zgarmoqda.



Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish