Urmaiov N. J


Foiz - qarzga olingan pullar yoki moddiy buyumlardan foydalanganlik uchun kreditorga qarzdorning ustama to'lovi. Globallashuv



Download 21,58 Mb.
bet125/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Foiz - qarzga olingan pullar yoki moddiy buyumlardan foydalanganlik uchun kreditorga qarzdorning ustama to'lovi.
Globallashuv - davlatlar va mintaqalar o'rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chuqurlashuvi, yagona umumjahon iqtisodiy, madaniy va axborot makonlarining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir.
Ijara haqi - vaqtincha foydalanish uchun berilgan yer maydoni, bino, inshoot, transport vositalari, qishloq xo‘jalik texnikalari va boshqa shu kabilar uchun mulk egasining ijaraga oluvchidan oladigan haqi (mukofoti). Ijara haqining tarkibiga ijaraga olingan mulk qiymatidan ajratiladigan amortizatsiya ajratmasi va mulkdan foydalanish natijasida olinadigan daromadning bir qismi kiradi.
Ijtimoiy soha - insonning hayot faoliyati darajasiga bevosita ta'sir
ko‘rsatuvchi mahsulot va xizmatlarni taqdim etuvchi tarmoq va sohalar (masalan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san'at, uy-joy kommunal xo‘jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport va boshqalar)ni o‘z ichiga olgan iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi.
Injiniring —tijorat asosida injener-maslahat xizmatlarini sanoat obyektlari,
infratuzilmani tashkil etish masalalarini o‘rganib chiqish bo'yicha faoliyat turi. Loyiha xarakteridagi, ekspluatatsiyasi bo‘yicha tavsiya xizmatlari kiradi.
Investitsiya - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo'yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar,


291


mashinalar, asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boylik.
Innovatsiya - fan yutuqlari va ilg‘or tajribadan foydalanishga asoslangan texnika, texnologiya, mehnatni tashkil qilish, boshqaruv sohasida yangilik kiritish.
Infratuzilma - asosiy tarmoq yoki sohaga xizmat ko‘rsatuvchi, uning to'laqonli faoliyati uchun shart-sharoit yaratib beruvchi soha. Yo‘nalishiga ko‘ra, ishlab chiqarish, ijtimoiy, bozor va boshqa infratuzilmalami ajratib ko'rsatish mumkin.
Integratsiya - 1) turli bo'limlar, elementlar harakatining bir butunga birlashish jarayoni; 2) iqtisodiy integratsiya - iqtisodiy subyekt (davlat, korxona, firmajlaming iqtisodiy, texnologik munosabatlaming o‘zaro bog'liqligi natijasida vujudga keluvchi hamkorlikning chuqurlashuvi.
Intensiv rivojlanish - samaraliroq ishlab chiqarish vositalari va texnologik jarayonlami qo'llash, mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullari, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish asosida rivojlantirish.
Ipoteka - ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish bilan beriladigan ssuda. Ushbu ssudani ta'minlashga xizmat qiluvchi garov kreditorga berilmaydi, balki qarzdoming o'zida qoladi.
Iqtisodiy sikl - iqtisodiy rivojlanishning bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalami bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr hisoblanadi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish - xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlami, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash - iqtisodiyot tarmoq va korxonalaridagi ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma'naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlami o‘z ichiga oluvchi jarayonni tartibga solishga qaratilgan faoliyat.
Irrigatsiya - suv resurslari bilan ta’minlash va suv inshootlari faoliyatini tartibga soluvchi tizim.
Jismoniy shaxs —iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi va bu jarayonning to‘la huquqli subyekti sifatida faoliyat ko'rsatuvchi shaxs. Jismoniy shaxs o‘zining nomidan ish yuritadi, firma yoki korxona kabi hokimiyatda ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod.
Kapitallashuv — aksiyadorlik kompaniyalari, banklar tomonidan chiqarilgan va kapitalga aylantirilgan barcha qimmatbaho qog'ozlaming umumiy summasi.
Kichik biznes subyektlari - korxona ko‘lami, ishlab chiqarish hajrni, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag‘lari miqdori va boshqalar jihatidan


292


kichikroq bo'lgan subyektlar. Respublikamizda kichik biznes subyektlari toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar kiradi.

Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish