Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet120/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

281


14.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.

2008-yil 28-noyabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


«Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoilab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoilab-quvvatlash, ulaming barqaror ishlashini taininlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastuming ikkinchi qismida mamlakatimizning tovar ishlab chiqaruvchilari va xizmat ko'rsatuvchilari mahsulotiga ichki talabni noinflyatsiyaviy rag‘batlantirish bo‘yicha choralar belgilab berilgan. Unda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarga bag‘ishlangan alohida punkt bo‘lib, quyidagi tadbirlami amalga oshirish nazarda tutilgan:
- 2009-yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini joylashtirishni optimallashtirish va samaradorligini oshirish hisobidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish: go‘sht yetishtirishni - 6,0 foizga, sut yetishtirishni - 6,5 foizga, tuxum yetishtirishni - 8,0 foizga;
- 2009-yilda naslchilik ishlarini, zooveterinariya tarmog‘ini kengaytirish va parrandachilik rivojini jadallashtirish hisobiga yirik qoramol sonini 5,6 foizga va parrandalarni 7,5 foizga ko'paytirish.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida chorvachilikni rivojlantirish masalasiga ham alohida e'tibor berilgan. Jumladan, oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarda 2012-yilning 1-yanvarigacha go'sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun bo'shagan mablag‘larni ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modemizatsiya qilishga maqsadli ravishda yo'naltirish sharti bilan yagona soliq to‘lovi slavkasi 50 foizga qisqartirildi.
Bundan tashqari ”Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida ham chorvachilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu dasturda 2009-yil mobaynida quyidagi ishlami amalga oshirish nazarda tutilgan edi:
- barcha mintaqalarda ilg‘or xorijiy texnologiyalami joriy etgan holda meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini saqlash, chuqur qayta ishlash va idishlarga joylash bo‘yicha korxonalar tashkil etish (8 ta yangi korxona tashkil etish va 12 ta mavjud korxonani modemizatsiya qilish);
- yetakchi xorijiy kompaniyalar - minitexnologiyalar va ixcham asbob- uskunalar ishlab chiqaruvchilami jalb etgan holda minitexnologiyalar va
282


ixcham asbob-uskunalar bo‘yicba doimiy ishlaydigan ko‘rgazma-savdolar va yarmarkalar tashkil etish;
- chorvachilikda, parrandachilikda va issiqxona xo‘jaligida 35 mingta, qishloq xo‘jaligi va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashda 8 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qarori bo‘yicha chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxsiy yordamchi, dehqon va fenner xo‘jaliklariga quyidagi imtiyozlar berish nazarda tutilgan:
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklariga qoramol sotib olish uchun imtiyozli mikrokreditlar berish;
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarini omuxta yem va shirali ozuqa bilan ta'minlash;
- 2006-2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko'paytirishni rag‘batlantirish;
- chorvachilik bilan shug‘ullanadigan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklaridagi fuqarolaming mehnat davri ish stajiga kiritilishi, ularga nafaqa va ijtimoiy sug'urta to'lovlari to'lash va mehnat daftarchalarini yuritish;
- 2010-yilgacha naslchilik xo‘jaliklarini naslli mol uchun bojxona to‘lovlaridan, zooveterinariya xizmati va sun'iy qochirish punkdarini yagona soliq to'lovlaridan ozod etish.
Ushbu qarorga asosan, “0 ‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida hozirgi vaqtda 494 ta omuxta yem sotish shoxobchasi ishlab turibdi. Ular tomonidan chorva mollari uchun ozuqa arzon narxlarda yetkazib berilmoqda.
Jamiyatning ekologik jihatdan toza mahsulotlarga boigan talabi o‘sib bormoqda. Ammo bu boradagi talab hozirgi davrda to iiq qondirilgani yo‘q. Muammoni hal etish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlami amalga oshirish, jumladan, chorvachilikda iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish kerak. Bu jarayonni bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirish mumkin. Masalan, respublika hududlarining, xo'jaliklarning yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda chorvachilik tarmoqlarini maqsadga muvofiq joylashtirib, ulami ixtisoslashtirish jarayonlarini rivojlantirishga e'tibor berish lozim.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng aholi farovonligini
ta'minlashning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat tovarlari bilan ta'minlashda chorvachilik tarmog‘ining rivojlanishi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.


283


Hozirgi kunda mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish asosan uch yo'nalishda amalga oshirilmoqda (14.1-chizma).


Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish