13.4. Dehqonchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va samaradorligini oshirish yo‘Uari.
Dehqonchilik tarmoqlarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyatini inobatga olgan holda uni rivojlantirib borish lozim.
267
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish va ulaming samaradorligini yuksaltirish yo‘llari quyidagilar:
a) dehqonchilik mahsulotlari yalpi hosilini ko'paytirish uchun:
- ekin maydonlarini kengaytirish;
- ekinlaming hosildorligini oshirish zarar;
b) hosildorlikni oshirish uchun:
- ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash;
- ekin maydonlarining suv bilan ta’minlanishini yaxshilash va sug'orishning zamonaviy, tejamkor usullarini qo‘llash ;
- urug‘lami sermahsul, tezpishar navlarini ekish;
- mineral va maballiy o‘g‘itlardan oqilona foydalanish;
- boshqa kimyoviy vositalardan samarali foydalanish;
- agrotexnik tadbirlarni muddatida va sifatli bajarish;
- almashlab ekishni joriy etish;
- ishchi va xizmatchilami moddiy va ma'naviy rag'batlantirish;
- ishlab chiqarish vositalaridan to‘liq va samarali foydalanish lozim.
d) mahsulot yetishtirishda xarajatlami tejash uchun:
- zamonaviy texnikalami, ilg‘or texnologiyalami joriy etish;
- mahsulot yetishtirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishga e'tibor berish.
e) ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va ekinlami maqsadga muvofiq joylashtirish zarar;
f) yetishtirilgan hosilni tashish va saqlash jarayonlarini samarali tashkil etish lozim;
g) mahsulotlarni bozor talablari asosida sotishni amalga oshirish kerak. Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishning ikkita —
ekstensiv va intensiv usullari mavjud.
Ekstensiv usulda mahsulot miqdori asosan ekinlar maydonini ko‘paytirish hisobiga, intensiv usulda esa ekinlarning hosildorligini oshirish hisobiga ta'minlanadi. Dehqonchilik mahsulotlari miqdorini intensivusul orqali ko'paytirish uchun tuproq unumdorligi oshishini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, masalan, irrigatsiya-melioratsiya tizimini qurish, ta’mirlash, yerlami tekislash, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, almashlab ekishni joriy etish kerak.
Yetishtirilayotgan mahsuiotlar samaradorligini yuksaltirish uchun esa
ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlari tejalishini ta’minlaydigan tadbirlami oqilona amalga oshirish zarur. Buning uchun mehnatni tashkil etishning bozor iqtisodiyoti talablariga mos shakllarini tatbiq qilish, ishlab chiqarish, hosilni yig'ishtirib olish, saqlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, ishlab chiqarish vositalaridan to iiq va samarali foydalanish, zamonaviy texnika, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishchi-xizmatchilarning moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishini izchillik bilan amalga oshirish kerak.
268
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni ko'paytirish, uning samaradorligini yuksaltirish maqsadida xo'jaliklarda faoliyat ko'rsatayotgan barcha a'zolaming ishlab chiqarishga bo‘lgan munosabatlarini bozor talablari asosida tubdan o‘zgartirish lozim. Ya’ni, ular mahsulot yetishtirish, yig‘ishtirib olish, saqlash va sotish bilan bogiiq boigan munosabatlarni vaqtida, oqilona amalga oshirishdan moddiy manfaatdor boiishlari kerak.
Yuqorida ta’kidlangan barcha tadbirlar vaqtida, sifatli amalga oshirilishi natijasida dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish hajmi ko‘payib, ulaming samaradorligi yuksalishi ta'minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |