Markaziy Osiyoda don yetishtirish hajmi to‘g‘risida ma'lumot
Ekin maydoni, Yalpi hosil, Hosildorlik, Davlatlar mln. ga mln. tonna s/ga
1992 2005 1992 2005 1992 2005
Qozog'iston 13,72 11,50 18,29 11,10 13,0 10,0
Qirg‘iziston 0,25 0,42 0,68 0,95 27,0 22,0
Turkmaniston 0,20 0,90 0,38 2,83 19,0 31,0
Tojikiston 0,18 0,32 0,17 0,63 9,0 20,0
0 ‘zbekiston 0,63 1,40 0,96 5,75 15,0 41,0
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Markaziy Osiyoda Qozog'iston Respublikasi don yetishtirish bo‘yicha yetakchi bo'lib, ikkinchi o'rinni mamlakatimiz egallaydi. Mamlakatimiz donli ekinlar hosildorligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida keyingi yillarda dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishda xo‘jalik yuritish shakllari salmog'i ham o‘zgarmoqda. 2007-yil holatiga boshoqli donning 81,6 foizi fermer xo‘jaliklarida, 16,7 foizi esa dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan (13.4-jadval).
256
13.4-jadval 2007-yilda dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning xo‘jalik yuritish
shakllari bo‘yicha tarkibi, jamiga nisbatan foizda
Qishloq xo‘jalik Fermer Dehqon Mahsulotlar korxonalari xo'jaliklari xo'jaliklari
Boshoqli don 1,7 81,6 16,7
Kartoshka 0,5 15,0 84,5
Sabzavot 0,9 33,2 65,9
Poliz 1,7 49,5 48,8
Meva 2,1 45,7 52,2
Uzum 1,9 54,5 43,6
Manba: Davlat statistika qo'mitasi axborotnomasi ma'lumotlari.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida muhim o'rinni egallovchi mahsulotlardan yana biri paxtadir. 2008-yilda 3400,5 ming tonna paxta xomashyosi davlatga sotilgan bo‘lib, 2007-yilga nisbatan 92,3 foizni tashkil etadi. Paxta ekin maydoni 2008-yilda 1425,0 ming gektar bo‘lib, 2007-yilga nisbatan 98,2 foizni tashkil etgan. 2009-yilda esa paxta ekin maydoni 1347,1 ming gektami tashkil etgan.
Yurtimiz g‘o‘za o‘simligi ekiladigan eng shimoliy mamlakatlardan biri bo‘lib, uni yetishtirish uhcun qulay shart-sharoit va xalqimiz tomonidan to‘plangan boy tajriba mavjud. 0 ‘zbekiston hozirgi vaqtda paxta yetishtirish bo'yicha dunyoda oltinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa ikkinchi o'rinda turadi.
Ta'kidlash kerakki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta'siri oqibatida jahon bozorida paxta xomashyosiga boTgan talabning pasayishi kuzatilmoqda. Biroq bu jarayon o‘zbek paxtasiga boTgan ehtiyojga jiddiy ta’sir ko'rsatmayapti. Chunki serquyosh zaminimizda yetishtirilgan paxta tolasi rangi, tolasining uzunligi, pishiqligi jihatdan tashqi bozorda raqobatbardosh boTib, sifat ko'rsatkichlari bo'yicha ustunlikka ega. Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir paytda mamlakatimizda paxta eksporti hajmini oshirish, uning raqobatbardoshligini ta'minlash bo‘yicha tegishli chora- tadbirlar amalga oshirilayotgani o‘z samarasini berayotganini ta’kidlash joiz. Milliy sertifikatlashda jahon amaliyotida qoTlanilayotgan “HVI” tizimiga o'tilgani, paxta terminallari, transport infratuzilmasi va logistikaning yaxshi yoTga qo‘yilgani, eng muhimi barcha xaridorlarga teng imkoniyatlar yaratilib, shartnoma hajmlari, yetkazib berish va hisob-kitob shartlari bo'yicha hech qanday cheklovlarga yo‘1qoyilmayotgani bu borada muhim omil boTayotir.
257
Mustaqillikning ilk yillarida mamlakadmiz aholisining kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoji to'liq qondirilmas va shu sababli ehtiyojning ma'lum qismi chetdan sotib olingan kartoshka hisobidan qondirilar edi. Ushbu holatga barham berish va o‘zimizda yetishtirilgan kartoshka bilan mamlakatimiz aholisi ehtiyojini to‘liq qondirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Jumladan, yurtimizda kartoshka seleksiyasi va urug'chiligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, mahalliy sharoitlarga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli navlar yaratildi. Gollandiyadan ham kartoshkaning yuqori hosilli navlari olib kelib ekildi va mahalliy sharoitlarga moslashtirildi. Buning natijasida yurtimizda kartoshka yetishtirish hajmi keskin oshdi.
Mamlakatimiz viloyatlari bo‘yicha 2008-yilda kartoshka ekin maydoni, hosildorligi va yalpi hosili to‘g‘risidagi ma'lumotlar 13.5-jadvalda keltirilgan.
13.5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |