12.3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yoMlari.
Qishloq xo‘jalik korxonalarining iqtisodiy samaradorlik darajasiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar:
• qishloq xo‘jaligi yerlarining holati, ulardan foydalanish darajasi;
• xo‘jaliklaming ishlab chiqarish fondlari bilan ta'minlanganlik va ulardan foydalanish darajasi;
• mehnat resurslaridan foydalanishning holati va mehnat unumdorligi darajasi;
• ishlab chiqarishning intensivlashganlik darajasi;
245
• qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi va chorva hayvonlarining mahsuldorligi;
• baholar, soliqlar va to'lovlar darajasi;
• suv resurslaridan foydalanishning holati;
• qishloq xo'jaligi korxonalarining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik holati;
• xodimlaming moddiy va ma’naviy manfaatdorlik darajasi;
• davlat, mahalliy byudjetdan ajratilayotgan mablag' va boshqalar.
Qishloq xo'jaligining daromadlarini, yalpi va sof foydalarini kelajakda yanada ko'paytirish uning barcha tarmoqlarida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan tashkiliy, texnikaviy, texnologik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimi hayotga o‘z vaqtida, sifatli tatbiq etilishini obyektiv ravishda taqozo etadi.
Qishloq xo'jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarga e'tibor berish lozim:
1) Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotinini ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash tadbirlari:
• ekinlarning serhosil navlarini, chorva hayvonlarining esa sermahsul zotlarini yaratish, ulami ishlab chiqarishga joriy etilishini ta'minlash;
• yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, suv ta'minoti tadbirlarini rivojlantirish, sug‘orishning tejamkor usullarini joriy etish;
• chorva hayvonlarini sifatli ozuqa bilan ta'minlash va oziqlantirishni talab darajasida amalga oshirish;
• ekologiyani e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlarida mahalliy va mineral o‘g‘itlardan hamda kimyoviy vositalardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni talab darajasida ta'minlash;
• mahsulotlaming sifatini, ulami tashish va saqlash jarayonlarini yaxshilash tadbirlarini tezkorlik bilan amalga oshirish va boshqalar.
2) Qishloq xo‘jaligida moddiy, mehnat va pul xarajatlari tejalishini ta'minlovchi tadbirlar:
• ishlab chiqarishni samarali joylashtirish, ixtisoslashtirish va tashkil etishni jadallashtirish;
• yangi texnikalami, ilg‘or texnologiyalami joriy etish, mavjud ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanish natijasida ish jarayonlarini to‘liq mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va elektrlashtirish;
• ishchi-xizmatchilami rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish;
• davr hamda mohyaviy faoliyat xarajatlarini tejash va boshqalar.
3) Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini qishloq xo‘jaligiga joriy etishni erkinlashtirish va jadallashtirish tadbirlari:
• sanoat hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, sotish jarayonini erkinlashtirish;
246
• kichik biznes va xususiy tadbirkorlik turlarini rivojlantirish;
• investitsiyalar jalb etilishini ta'minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish;
• qishloq xo‘jaligida infratuzilma sohalarini rivojlantirish;
• qishloq xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalami jalb etishni jadallashtirish;
• qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni qo‘llab-quwatlash va hokazo.
Bu tadbirlar, avvalo yetishtiriladigan mahsulotlar miqdorini talab darajasida ko‘paytirishga va ulaming sifatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi zarur. Mahsulotlar miqdori ekin maydonlarini kengaytiiish hamda ulaming hosildorligini oshirish hisobiga ko‘paytirilishi mumkin. Ekin maydonlarini ko'paytirish uchun yangi yerlarni o‘zlashtirish talab etiladi, lekin buning imkoniyatlari cheklangan. Shuning uchun asosiy e'tibomi ekinlaming hosildorligini oshirishga qaratish zarur. Buning uchun ekinlaming yangi, serhosil, tezpishar navlarini yaratish, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari holatini yaxshilash, agrotexnik tadbirlami o‘z vaqtida amalga oshirish natijasida tuproqning unumdorligi oshishini ta’minlash lozim. Shu bilan birgalikda ekinlarni almashlab ekishni ilmiy asoslangan holda keng joriy etish maqsadga muvofiq. Alohida e'tibor ishchi-xizmatchilarni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirishga qaratilishi zarur.
Yuqoridagilar bilan birga ishlab chiqarish, davr hamda moliyaviy xarajatlami tejab amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi texnika, ilg'or texnologiyalami hayotga joriy etish natijasida mehnat xarajatlari kamayishiga erishish mumkin. Bu jarayon ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, agrosanoat integratsiyasining rivojlantirilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Chorva hayvonlari mahsuldorligini ham oshirish lozim, buning uchun naslchilik ishlarini rivojlantirish zamr. Chorva hayvonlarini to‘yimli ozuqa bilan ta’minlashga erishish maqsadga muvofiqdir. Bu tarmoqda ham barcha xarajatlami tejash bilan bog‘liq bo'lgan tadbirlar sifatli amalga oshirilishini ta'minlash zarur.
Korxonalarda iqtisodiy samaradorlikni ta'minlashda iqtisodchi
kadrlarning ham o‘mi bor. Eng avvalo, ular yil boshida korxonaning biznes rejasini mukammal tuzishlari va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalangan holda korxonaning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib borishi lozim. Amalga oshirilgan tahlil natijasida korxonada samaradorlikni oshirish borasida yo‘l qo'yilayotgan kamchiliklami o‘z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish bo'yicha takliflarni ishlab chiqib, korxona rahbariyatiga taqdim etishi lozim.
Yalpi foydaning ko'payishi mahsulotlami sotish bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar tejalishini ham taqozo etadi. Shuning uchun mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni takomillashtirish lozim. Yuqorida
247
ta'kidlangan tadbirlarni arnalga oshirish qishloq xo'jaligi tarmog1^ ^ samaradorligi oshishini ta'minlaydi- *qtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |